Yengil atletika va uni
Траектория полета ядра зависит от
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Траектория полета ядра зависит от:
• СКОРОСТИ ВЫЛЕТА СНАРЯДА (наиболее важна) • УГЛА ВЫЛЕТА СНАРЯДА • ВЫСОТЫ ВЫПУСКА Jack Sweeney “Fundamentals of throwing” 3 of 17 87-rasm. Yadro itqitish joy burchagi Snaryadning boshlang‘ich uchib chiqish tezligi “uloqtiruvchi- snaryad” tizimi tomonidan final kuchlanishi boshlanishiga qadar yugurib kelishda to‘plangan harakatlar soniga, shuningdek,, final kuchlanishi fazasida, snaryadga tushadigan kuch ta’sirining uzoqligi va kattaligiga bog‘liq. Yugurib kelish yo‘lakning uzunligi bo‘yicha turli qismlarida (bo‘laklarida) harakatlar bilan snaryadga tezlik beriladi. Yadro itqitishda boshlang‘ich tezlik – 2-3 m/s hosil qiladi, yakuniy tezlik esa yadro irg‘itishda boshlang‘ich tezlikka nisbatan 4-5 marta oshib ketadi. Snaryadga beriladigan boshlang‘ich tezlik oyoq va gavda mushaklari ishi hisobiga amalga oshiriladi, yakuniy tezlik esa yelka 444 kamari hamda qo‘llar mushaklarini ishga solish hisobiga beriladi. Uloqtirishlar uchun mushaklarning ballistik ishi xos bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyati oldindan cho‘ziltirilgan mushaklarning tez qisqarishidan iborat. Mushaklar harakat tugagunga qadar faol ishlashni ertaroq tugatadi. Ko‘p sonli mushaklarning bunday qisqa muddatli va shiddatli ishi harakat koordinatsiyasiga katta talablar qo‘yadi. Shunday qilib, snaryadga avval ancha uzoq yo‘lda kichikroq kattalikdagi kuch bilan, keyin esa qisqaroq yo‘lda kattaroq kuch bilan tezlik beriladi. Yengil atletikada bu omillar har bir holda uloqtirishlar samaradorligini belgilab beradi. Ularning tahlili snaryadni otayotgan uloqtiruvchining barcha harakatlarining to‘g‘ri ketma-ketlikda bajarilishi to‘g‘risida zarur tasavvur hosil qiladi. Belgilab o‘tilgan har bir omillarning ahamiyati bir xil emas. Boshqa barcha teng sharoitlarda snaryadning boshlang‘ich uchib chiqish tezligining eng katta tezligi har doim ijobiy holat hisoblanadi va, asosan, uloqtirish uzoqligi uning oshishiga bog‘liq. O‘z navbatida, snaryadning uchib chiqish tezligi snaryadga beriladigan kuch kattaligiga, snaryadga kuchning ta’sir qilish yo‘li uzunligiga va kuch berish vaqtiga bog‘liq. Bunday bog‘liqlikni shartli ravishda quyidagicha aniqlash mumkin: ; l t F V ⋅ = bu yerda v – snaryadning uchib chiqish tezligi; F – snaryadga beriladigan kuch; l – kuchlarning ta’sir qilish yo‘li uzunligi; t – kuch berish vaqti. Agar F/t kuch gradiskti (uning o‘sib borish tezligi) sifatida qaralsa, snaryadning uchish uzoqligi kuch gradisktiga va snaryadga kuchlanish berish yo‘lining uzunligiga bog‘liq. Ayni paytda, tezkorlik – insonning harakatlarni ma’lum bir sharoitlar uchun minimal vaqt oralig‘ida bajarish qobiliyatidir. Shuning uchun kuch qancha katta tezlik bilan o‘sib borsa, tezkorlik shuncha katta bo‘ladi. Boshqacha aytganda, tezkorlik kuch gradisktiga bog‘liq. Uloqtirishlarda kuchning o‘sib borishi snaryad va tana qismlarining harakati bilan kuzatilishi tufayli ushbu holda tezkorlik kuchning o‘sish tezligi yoki kuch gradiskti hisoblanadi. 445 ; t F V = bu yerda V – tezlik, F – kuch, t – kuchning o‘sib borish vaqti. Agar kuch gradisktini tezlik-kuch indeksi bilan o‘lchasak, snaryadga kuch berish yo‘li uzunligini texnik mahorat darajasi sifatida e’tiborga olsak, oxir-oqibat quyidagi xulosaga kelamizki, sport uloqtirishida natija uloqtiruvchining tezlik-kuch tayyorgarligiga va texnik mahoratiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Snaryadning harakat tezligini oshirish uchun shu narsa o‘ta muhim sanaladiki, butun yo‘l davomida kuchlanishlar ortib borishi lozim. Ya’ni, butun yo‘l davomida mushaklarning qat’iy ketma- ketlikda qisqarishi hisobiga erishiladigan tezlanish kerak bo‘ladi. Mushaklarning bunday qisqarishi, o‘z navbatida, kuchlanishlarning o‘sishiga, snaryadning harakat tezligi oshishiga sharoitlar hamda inson tanasi qismlarining barcha mushaklaridan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Barcha snaryadlar uchun optimal uchib chiqish burchagi 45 0 dan kamroq. III razryad va undan kattaroq darajadagilarning natijalari uchun snaryadning optimal uchib chiqish burchagi yadro irg‘itishda – 38-41 0 atrofida bo‘ladi. Shuni ham e’tirof etish joizki, optimal kattaliklar zonasida uchib chiqish burchagining 1-3 0 atrofida o‘zgarishi (uchib chiqish tezligiga nisbatan) natijaga kam ta’sir ko‘rsatadi (11-jadval, V.N. Tutevich ma’lumotlari bo‘yicha). Snaryadning eng baland uchib chiqish nuqtasi ham uchish uzoqligiga ta’sir ko‘rsatadi. Aniqlanishicha, yadroning uchish uzoqligi snaryad sportchining qo‘lidan chiqib ketayotgan balandlikka bog‘liq holda oshadi. Snaryadning uchish uzoqligini belgilovchi asosiy shartlar o‘rtacha kattaliklar va ahamiyati darajasi quyidagicha – natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablar: -Snaryadning uchish tezligi – 14 m/s; -Snaryadning uchish burchagi, daraja – 39-42 0 ; -Havo muhitining qarshiligi (ahamiyati) – kichik; 446 -Snaryadning qo‘ldan uchib chiqish balandligi (ahamiyati) – katta. Formuladan aks etib turibdiki, uloqtirishning natijasini ta’minlovchi eng ahamiyatli omil – bu snaryadning uchib chiqish tezligidir. Uchish uzoqligi snaryad qo‘ldan uchib chiqqan vaqtda erishgan tezligining kvadrati kattaligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. 11 – jadval Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling