Yengil atletika va uni


Harakatning asosiy bosqichlarida snaryadning uchish yo‘li


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Harakatning asosiy bosqichlarida snaryadning uchish yo‘li 
uzunligi nisbatlari (o‘rtacha ko‘rsatkichlar)
Harakat bosqichlari 
Yadro 
sapchib/ burilib
Zarb bilan yugurib kelish, m
1,20/2,30
Yakunlovchi kuchlanish, m
1,70
Umumiy yo‘li, m
2,90/4,00


449
Havo muhiti qarshiligi uloqtirishning barcha turlarida uzoqlikka 
ta’sir ko‘rsatadi, lekin bu ta’sirning o‘lchamlari har xil. Havo muhiti 
hammadan ko‘p diskka, eng kam nayzaga (hozirgi paytda ta’sirning 
kamayishi snaryadning uchish xususiyatini kamaytirgan tuzilishdagi 
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu zamonaviy musobaqa qoidalarining 
talablariga ko‘ra yuz berdi) va kichkina koptokchaga (og‘irligi kichik 
bo‘lgani uchun – 140 g) ta’sir ko‘rsatadi. Bosqon, granata uloqtirish 
va yadro itqitishda bu ta’sir ahamiyatsiz. 
Uloqtirishlar texnikasini o‘rganishda qulay bo‘lishi uchun uni 
quyidagi vazifalarga muvofiq holda qismlarga ajratish maqsadga 
muvofiq:
1)snaryadni ushlash;
2)sapchishga tayyorlanish va sapchish;
3)final kuchlanishga tayyorlanish;
4)final kuchlanish;
5)snaryadning uchib chiqishi va uchishi. 
Snaryadni ushlash. Bu harakatning vazifasi – snaryadni shun-
day ushlashdan iboratki, uloqtirishni erkin, optimal harakat ampli-
tudasi bilan bajarish lozim bo‘ladi. Snaryadni to‘g‘ri ushlash uloq-
tiruvchining snaryadni kerakli yo‘nalishda eng katta yo‘l bo‘ylab 
hara katlantirishi uchun, shuningdek,, snaryadni katta tezlik bilan 
itqitish uchun snaryadga kuch berishga yordam qilishi zarur. Buning 
uchun itqitayotgan qo‘l barmoqlarining kuchidan foydalanish kerak. 
Misolni yadro itqitishda ko‘rsatamiz. 
Sapchishga tayyorlanish va sapchish. Asosiy vazifa – “uloq tiruv-
chi-snaryad” tizimiga optimal boshlang‘ich tezlik berishdir. Ushbu 
holda optimal tezlik deganda final kuchlanishni bajarishda eng qulay 
sharoitlarni yaratish uchun sportchi o‘z harakatlarini nazorat qilishga 
qodir bo‘lgan eng katta tezlik tushuniladi. 
Itqituvchi sapchib yoki aylanma harakat bilan yugurib kelishda 
erishgan energiya burchak tezligi kattaligiga tana og‘irligiga va uning 
aylanish radiusiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Aylanish radiusi oshishi 
bilan burchak tezligi o‘shanday bir xil bo‘lganda snaryad tezligi ortadi. 
Burilish shaklidagi yugurib olishda uloqtiruvchi faqat oyoqlari bilan 
yerga tayangan holatdagina snaryadga tezlanish qo‘shishi mumkin. 


450
Boz ustiga, qo‘sh tayanch holatda sportga yakka tayanch holatiga 
nisbatan snaryadga katta kuch bilan ta’sir ko‘rsatadi va unga katta 
tezlanish beradi. Shuning uchun uloqtiruvchi yakka tayanch holatida
ayniqsa, tayanchsiz holatda turish vaqtini minimumgacha qisqartirishi 
lozim. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling