Yengil atletika va uni


-rasm. Tezlik olishga  tayyorgarlik 92-rasm


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

91-rasm. Tezlik olishga 
tayyorgarlik
92-rasm. Dastlabki holat, 
sapchishga tayyorlanish
Bunday holatga tanani uloqtirish yo‘nalishiga teskari tomonga 
optimal egiltirish, burish yoki “burash”, shuningdek,, oyoqlarni 
(birinchi navbatda – tayanch oyoqni) optimal chegaragacha bukish 
yordamida erishiladi (tana og‘irligi o‘ng oyoqda). Snaryadga kuch 
berish yo‘lini oshirish uchun oyoqlarning joylashish kengligi ham 
muhim ahamiyatga ega. Biroq oyoqlarni joylashtirish kengligi har bir 
uloqtiruvchi uchun faqat tajriba yo‘li orqali belgilab olinishi mumkin. 
Final kuchlanishga tayyorlanish jarayonida sportchining gavda 
egilishini kamaytirish hisobiga harakat tezligi bir oz oshishi mumkin. 
Umuman olganda, final kuchlanishga tayyorlanish passiv palla 
hisoblanadi, chunki bu paytda tezlanish yo‘qligi sababli “uloqtiruvchi-
snaryad” tizimining harakatlanish tezligi kamayadi.
93-rasm. Sapchip yadro itqitish texnikasi


453
94-rasm. Aylanib yadro itqitish texnikasi
95-rasm. Yadro itqitish joyi
Final kuchlanishi. Itqitishning bu qismi vazifasi – snaryadni 
fazoda to‘g‘ri joylashtirgan holda optimal burchak ostida snaryadga 
maksimal tezlik berish. Bu vazifa mushaklarning, birinchi navbatda, 
oyoqlar mushaklarining tez, qat’iy tartibda ketma-ket qisqarishi 
hisobiga bajariladi. 
Itqituvchi sapchishdan so‘ng qo‘sh tayanch holatni egallashi 
bilanoq, oyoqlar mushaklari qisqarib, gavdani ko‘taradi, bir vaqtning 
o‘zida tos oldinga chiqariladi. Oyoqlarni tekislash va tosni oldinga 
chiqarish shuning uchun kerakki, gavda mushaklari cho‘ziluvchan 
holatda qolishi, tekis chap oyoq esa a’zolarning harakatlarini to‘xtatish 
uchun tayanch bo‘lishi lozim. 
Itqituvchining tekislangan oyog‘i tana mushaklari qisqarishi uchun 
zarur bo‘lgan qattiq tayanch hisoblanadi. Tana mushaklari to‘liq 
qisqargandan so‘ng qo‘l mushaklari ishga qo‘shiladi. 
Mushaklarning ketma-ket qisqarishi final kuchlanishda katta 
ahamiyatga ega. Aniqlanishicha, agar mushaklarning ketma-ket 


454
qisqarishiga rioya qilinsa, keyingi mushak kuchi oldingi mushak 
kuchi nolga teng bo‘lgan paytda ishga tushadi va shu orqali snaryad 
harakatlanishining eng katta tezligiga erishiladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling