Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Musobaqalashuv davrida o‘nkurashning asosiy turlaridan
mashg‘ulotlar bahorgidan deyarli farq qilmaydi. Ammo yozgi mashg‘ulotlar maqsadga muvofiqlashtirib olib boriladi. Bu davridagi trenirovkalarning asosiy vositalari yugurish, sakrash, uloqtirish va maxsus mashqlardir. Bundan tashqari, 100 va 400 m yugurishga tayyorlash uchun 40 dan 500 m gacha takror yugurishlar, 50 m gacha 300 m gacha o‘zgaruvchan yugurishlar va yurib kela turib 30 dan 100 m gacha yugurishga o‘tish qo‘llaniladi. 1500 m yugurishga tayyorlash uchun: 15x100 m, 7-10x200 m, 5-8x300 m, 4-6x400 m dan o‘zgaruvchan yugurish, 800, 1200, 1500, 2000 m va kross yugurishlar qo‘llaniladi. Yozgi davrdagi trenirovka o‘nkurashchi qatnashadigan musobaqalar kalendariga qarab tuziladi. Asosiy musobaqalarga yaxshi tayyorlanish uchun o‘nkurash turlaridan bir necha marta musobaqaga qatnashish kerak. Bunday musobaqalar trenirovkaning bahorgi bosqichidan keyin o‘tkazilsa, ancha qulay, chunki bunda o‘nkurashchining musobaqalashuv davriga tayyor ekanligi aniqlash mumkin. Bu musobaqalar uchun alohida tayyorlanish talab qilinmaydi. O‘nkurashchi musobaqalar davrida u yoki bu turga o‘zgartirishlar kiritib, musobaqalashishni takomillashtiradi. 511 Musobaqalasha olish, ayniqsa, uchkurashda (100 m, balandlikka sakrash, yadro itqitish) yaxshi takomillashtiriladi. Bundan tashqari, (klassik) beshkurash va «texnikali» oltikurashda (100 m, uzunlikka va balandlikka sakrash, langarcho‘p bilan sakrash, yadro itqitish, g‘ovlar osha 100 m yoki tekis 100 m yugurish, yadro itqitish, balandlik va langarcho‘p bilan sakrash, g‘ovlar osha 110 m va 800 m yugurish) qatnashish ancha foydalidir. Sportchi musobaqalashuv davrida maxsus tayyorgarlikni oshirish bilan har bir turning texnikasini takomillashtirishi kerak. Ayniqsa, yuqori natija ko‘rsata olish mumkin bo‘lgan turlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Yaxlit o‘nkurashda mahoratni oshirish bilan bir vaqtda, uning ayrim turlaridan qoloqlikni qanday qilib yo‘qotish mumkin? Avvalo, shu qoloq turning texnik elementlarini o‘rganib olishga harakat qilish kerak. Mashg‘ulot 1-2 haftalik kompleksini o‘tkazgandan keyingi haftada, yuklamani pasaytirib, qoloq turlarni takomillashtirish va jismoniy fazilatlarni rivojlantirish kerak. Ertalabki zaryadkada ham taqlid mashqlarini bajarib, qoloq turlarni takomillashtirish kerak. Musobaqalashuv davridagi ertalabki zaryadkalar o‘nkurashchini charchatadigan bo‘lmasin. Zaryadkadagi katta yuklama asosiy mashg‘ulotlarga salbiy ta’sir qiladi. O‘nkurashga taalluqli bo‘lgan asosiy mashqlar ustida ko‘p ishlashga qaramay, kuchni yozda ham, shuningdek,, doim rivojlantirish kerak. Kuchni rivojlantiruvchi mashqlarni 400 va 1500 m ga yugurish oldidan, o‘nkurashning ikki-uch turidan keyin yoki jadalligi yuqori bo‘lmagan mashg‘ulotning oxirida bajarish o‘rinlidir. Kuchni yadro va toshlar bilan rivojlantirish ma’qul. Bundan tashqari, haftada bir marta kuchni rivojlantirish uchun maxsus trenirovka mashg‘uloti o‘tkazish zarur. Kuchni rivojlantirish va oyoq muskullarining elastikligini yaxshilash uchun o‘nkurashchi har bir trenirovkaning oxirida sakrash mashqlarini bajarishi shart. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling