Yengil atletika va uni
200mga yugurish, s 27.5 – 28.0 26.5 – 27.0 4
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.6. Chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirilish bosqichi
3. 200mga yugurish, s
27.5 – 28.0 26.5 – 27.0 4. 600mga yugurish, s 1.50.0 – 1.53.0 – 5. 800mga yugurish, s – 2.28.0 – 2.30.0 6. Turgan joydan uzunlikka sakrash, m 2.20 – 2.10 2.40 – 2.30 7. Turgan joydan uch hatlab sakrash, m 6.70 – 6.50 7.00 – 6.80 2.6. Chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirilish bosqichi Bu bosqichning davomiyligi 3 – 4-yilni tashkil qiladi. Mashq qiluvchilarning yoshi: katta yoshdagilar (16 – 17 yosh) va yoshlar yoki yunior (18 – 19 yosh) guruhidan tashkil topadi. Bu guruhlar jismoniy va morfologik belgilariga ko‘ra sezilarli darajada o‘zaro farqlanadi. Shu sababli, bu yosh guruhlarida mashg‘ulotlar jarayoni ushb farqlanishlar hisobga olinishi asosida tuzib chiqilishi talab qilinadi. Qarab chiqilayotgan bosqichning dastlabki ikki-yil davomida amalga oshiriluvchi mashg‘ulotlar keng ko‘lamdagi mashg‘ulotlar vositalari yordamida belgilangan vazifalarni hal qilishga yo‘naltiriladi. Bunda umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) sezilarli o‘rinni egallaydi. Mashg‘ulotlar yuklamalarining sakrash tarzidagi ortib borishi – bu bosqichning asosiy o‘ziga xosligini belgilab beradi. Navbatdagi ikki- yil davomida (18–19 yosh) tayyorgarlik nisbatan ko‘proq darajada ixtisoslashtirilish tavsifiga ega hisoblanadi. Mashg‘ulotlarning 532 bajarilishi intensivligi keskin ortadi. Foydalaniluvchi mashg‘ulotlar vositalari tavsiflari asosiy musobaqa mashqlariga maksimal darajada yaqinlashtiriladi. Har bir yoshga oid guruhlarda yettikurash bilan shug‘ulla- nuvchilarning erishuvchi sport darajalari quyidagilardan tashkil topadi: qizlar uchun (16 – 17 yosh) – I razryad uchun belgilangan normativlarni bajarish; ayollar uchun (18 – 19 yosh) – sport ustasi nomzodi uchun belgilangan normativlarni bajarish. Bu bosqichning maqsadi: sportchilar organizmining funksional potensialini oshirish va ko‘pkurash tarkibiga kiritiluvchi yengil atletika turlar bo‘yicha texnik mahoratni shakllantirishdan tashkil topadi. Bu bosqichning vazifalari: ko‘pkurash turlarida texnikani takomil- lashtirish; maxsus kuchga oid tayyorgarlik va maxsus chidamlilik darajasini oshirish; yugurish tezligini oshirish; ma’naviy – axloqiy va iroda sifatlari darajasini oshirish; musobaqa amaliyoti tajribasini egallashdan tashkil topadi. Yillik stiklda ko‘pkurashchilarning mashg‘ulotlar va musobaqa yuklamalari parametrlari 22 – jadvalda keltirilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan musobaqa yuklamalari hajmini o‘zlash- tirish rejalashtirilgan natijalarga erishish va shuningdek,, sportga oid takomillashish bosqichida nisbatan yuqori intensivlikdagi katta hajmga ega bo‘lgan yuklamalarni bajarishga qiynalmasdan o‘tish imkonini beradi. Bu bosqichda mashg‘ulotlar jarayonining muvafaqiyatli amalga oshirilishi haqida jismoniy tayyorgarlikni baholash uchun belgilangan nazorat normativlarini bajarish bo‘yicha xulosalar chiqarish mumkin. Bu davr kuch va tezlik – kuch sifatlarining rivojlantirilishi uchun qulay hisoblanadi. Bunda shtanga va boshqa og‘irlik yuklamalari bilan bajariluvchi mashqlardan keng foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling