Yengil atletika va uni


Tayyorgarlikning-yillik stikli


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Tayyorgarlikning-yillik stikli. Ko‘pkurashchilarning-yillik stikli 
tuzib chiqishda bu bosqichda bitta siklli yoki ikki siklli tavsifga ega 
bo‘lishi mumkin. 
Qishki mavsumda o‘tkaziluvchi musobaqalarga tayyorgarlikda-
yillik stiklning bitta stikl tavsifida rejalashtirilishi maqsadga 
yo‘naltirilgan tavsifga ega hisoblanmaydi. Qishki musobaqalarda 
ko‘pkurashchilarning chiqishlari erishilgan texnik va jismoniy 
tayyorgarlik darjasini obyektiv tarzda baholash imkonini beradi. 
Tayyorgalikning-yillik stikli o‘z tarkibiga uchta davrni qamrab oladi 
(bitta siklli rejalashtirishda): tayyorgarlik, musobaqaga oid va o‘tish 
davri (26 – jadval).
Tayyorgarlik davrining boshlanishida (6 – 8 hafta davomida) 
umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan 
mashg‘ulotlar vositalaridan keng foydalaniladi. Asta-sekin mashg‘u-
lotlar yuklamalarining hajmi oshirib borilishi amalga oshiriladi. Bun-
da kross va kuchga qaratilgan mashqlarga sezilarli o‘rin ajratiladi. 
Dekabr va yanvar oylarida mashg‘ulotlarda maxsus yo‘naltirishga oid 
mashqlarning hajmi oshirilishi xos xususiyat hisoblanadi. Shu bilan bir 
vaqtda to‘siqlar osha yugurish, yadro uloqtirish, uzunlikka sakrash va 
balandlikka sakrash kabi turlar bo‘yicha texnik mahoratni oshirishga 
sezilarli o‘rin ajratiladi. Fevral oyi qishki musobaqalarda ishtirok 
etishga bag‘ishlanadi, bunda asosiy maqsad – funksional jihatdan 
tayyorgarlik va texnik mahoratni tekshirib ko‘rishdan tashkil topadi. 
Qishki musobaqalarga maxsus tayyorgarlik amalga oshirilmaydi. 
Sportchilar ko‘pkurashda 1 – 2 marta va alohida turlar bo‘yicha 2 – 3 
marta chiqish qilishlari talab qilinadi. 


536
Mart va aprel oylari funksional jihatdan tayyorgarlik darajasini 
oshirishga bag‘ishlanadi. Bunda asosiy diqqat – e’tibor kuch sifatlari, 
umumiy va maxsus chidamlilikni rivojlantirishga qaratiladi. Texnik 
tayyorgarlik bo‘yicha to‘siqlar osha yugurish, nayza uloqtirish va 
balandlikka sakrashga urg‘u beriladi. Aprel oyi va may oyining 
boshlarida mashg‘ulotlar jarayoni yugurish tezligi va tezlikka oid 
chidamlilikning rivojlantirilishiga yo‘naltiriladi. Tezlik – kuchga oid 
imkoniyatlar rivojlantirilishga sezilarli o‘rin ajratiladi. Texnik jihatdan 
tayyorgarlikda nayza uloqtirish va uzunlikka sakrashga alohida e’tibor 
berish afzal deb topiladi. 
May oyining oxiri va iyun oyida musobaqa davri bo‘yicha sport 
formasini rivojlantirish amalga oshiriladi. Asosiy maqsad – tezlik 
sifati va tezlikka oid chidamlilik darajasining maksimal holatiga 
erishishga qaratiladi. Texnik mahoratning takomillashtirilishi barcha 
turlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Iyun va avgust oylarida musobaqa 
davri bo‘yicha kulminatsion davr qayd qilinadi.
Bunda sportchilar o‘z imkoniyatlarini musobaqalar sharoitida 
ro‘yobga chiqarishlari imkoniyati yuzaga keltiriladi. O‘tish davri 
sentyabr yoki oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi (3 – 4 hafta) va bu davr 
faol holatda dam olish tavsifiga ega hisoblanadi. Bu davrning maqsadi 
– sportchilar organizmini oldinda turgan yangi mashg‘ulotlar stikliga 
tayyorlashdan tashkil topadi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling