Yengil beton
Download 51.3 Kb.
|
Yengil beton va uning turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu: Yengil beton va uning turlari Reja: Yengil beton olishda ishlatiladigan to’ldiruvchilar. Yengil beton haqida malumot. Yengil beton to’diruvchilari. Yengil beton — quruq holatdagi hajmiy massasi 500—1800 kg/m3 boʻlgan beton. Tayyorlanishiga koʻra, gʻovak toʻldirgichlar asosidagi tabiiy (mas, pemzobeton, tufobeton) va sunʼiy (agloporit-beton, keramzit-beton va b.); yirik gʻovakli va yacheykali xillarga; vazifasiga koʻra, issiqlik izolyasiya, konstruksion va konstruksion-issiqlik izolyasiyali xillarga boʻlinadi. Ye. b. asosan bino va inshootlarning toʻsuvchi qurilmalarida qoʻllaniladi. Bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan energiyaning turli tuman toifalari orasidan faqatgina issiqlik energiyasining eng qimmat energiya sinfiga kiritilishi bejizga emas, chunki issiqlik energiyasi boshqa energiyalardan farqli o’laroq bir turdan ikkinchi turga o’tmaydi, umuman qayta tiklanmaydi, u faqat yonadi va tugaydi. Aynan shuning uchun ham biz rivojlangan deb tan olgan yevropa qit’asi mamlakatlari bugungi kunda issiqlik izolyasion qurilish materiallaridan foydalanmay turib bino yoki inshoat qurishni qonun normativlari bilan taqiqlab qo’yishgan. Keyingi yillarda respublikamizda ham qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tarmoqni jadal rivojlantirish, yangi zamonaviy qurilish materiallari, konstruktsiyalari va buyumlari ishlab chiqarishni koʼpaytirish hamda uning turlarini kengaytirish boʼyicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Xususan prezidentimiz tomonlaridan 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida, jumladan milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishda energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish jumladan, qurilish tarmogʼini binolarning energiya samaradorligini oshiruvchi sifatli qurilish materiallari va konstruktsiyalari bilan taʼminlash maqsadida energiya tejamkor, ekologik sof bo’lgan materiallardni qo’llagan holda, yuqorida belgilangan vazifalarni bajarish ayni shu soha olimlarining muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Yengil betonlarni qurilish sanoatida ko’p miqdorda ishlab chiqarish va uni keng miqyosida qo’llash 2020-yilning 11 yanvar kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida tabiiy gaz bo‘yicha debitor qarzdorlikni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda ham alohida ta’kidlab o’tildi. Jumladan ushbu video selektorda: tuproqni qayta tiklab bo‘lmasligi, yerning unumdorligi pasayib ketishini, ekologiya va atrof-muhitga salbiy ta'siri yuqoriligi bilan g’isht ishlab chiqarishni kamaytirish kerakligi sobiq ittifoq mamlakatlaridan tashqari, ko‘plab davlatlar, xususan, Yevropa davlatlarida g‘isht ishlab chiqarishdan allaqachon voz kechishgan. Buning o‘rniga issiqlik izolyasion, yengil materiallardan ishlab chiqarishni kengaytirish kerakligi va buning natijasida uyning haroratini me'yorda saqlanishi va boshqa bir qator qulay jihatlari bosh vazir tomonidan ham keltirib o’tilgan. Bino yoki inshootlar qurilishida qurilish uchun ketadigan muddatni kamaytirish, qurilayotgan bino yoki inshoot tashqi va ichki devorlarini issiqlikdan himoyalash, buning uchun samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish zarurdir. Samarador sinfga kiruvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishning resursbop yo‘llaridan biri bu g‘ovak to‘ldiruvchili yengil betonlardan samarali foydalanish eng ma'qul yo‘nalishlardan biridir. Bir necha yillar muqaddam keramzit bino qurilishining asosi hisoblanib, qurilish hajmining ortishi, mehnat sarfining kamayishi hamda qurilish muddatlarining qisqarishiga olib kelganligi ilmiy izlanuvchilar tomonidan ko’p bora e'tirof etilib kelingan. So‘nggi yillarda keramzitni bino yoki inshootlar qurilishida qo’llash doirasi kamayib ketdi. Bunga asosiy sabab, keramzit ishlab chiqarish uchun xom ashyo bazasining kamligi asosiy faktor sifatida e’tirof etiladi. Shunga qaramay so‘nggi yillardagi ilmiy izlanishlar keramzit uchun xom ashyo bazasi O‘zbekiston hududida yetarli ekanligini va bu borada ayniqsa Navoiy viloyatida keramzit ishlab chiqarish uchun asosiy hom ashyo sanalgan bentanit qumining yetarlicha uchrashini ko‘rsatibgina qolmay balki shu bilan birga uning ekologik sof material ekanini ham yana bir bor isbot qila oldi. Ayniqsa, ushbu materialning issiqlik izolyasion xarakteristikasi respublikamiz iqlim sharoiti uchun muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Issiqlik va sovuqdan izolatsiyalash keskin iqlimli O‘zbekiston hududida katta ahamiyatga egadir. Chunki, yozning jazirama kunlarida havo harorati 42–48°C, qishda esa 20–30°C haroratgacha sovuq bo‘lishi bino, konstruksiyalar hamda agregatlarni samarali va ishonchli materiallar bilan izolatsiyalashni taqozo etadi. Bugungi kunga kelib qurilish ishlab chiqarish hajmlarining ortishi, bino va inshootlar qurilishida samarali sinfdagi issiqlikdan himoyalashni yaratish bilan bir qatorda, binolarining havfsizligiga ham alohida e'tibor berish lozim. Chunki keramzit betondan barpo qilingan bino yoki inshoot odatdagi og’ir betondan qilingan binodan vazn jihatdan ancha yengil bo’ladi, birgina shu sababning o’zi ham bino yoki inshootlarning zilzilabardoshlik koeffisientini bir necha barobarga oshirishi isbotlangan faktdir. Biz ushbu jadvalda keramzit asosidagi yengil beton va oddiy og’ir betonlarning eng asosiy fizik-mexanik xususiyatlarini keltirib o’tdik, jadvaldan ko’rinib turganidek zichlik jihatdan keramzit betonning oddiy betondan bir muncha farqli ekanini ko’rishimiz mumkin va bu farq tabiiyki materiallarning issiqlikni kam o’tkazish xususiyatiga ham bevosita aloqadordir chunki bizga ma’lumki materialning zichligi qanchalik kichik bo’lsa uning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti ham shuncha past bo’ladi. Bizga ma’lumki issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,175 W/(m·°C) dan yuqori bo‘lmagan (25°C) qurilish materiallari issiqlik izolatsiyasi materiallari sinfiga kiradi. Aynan shuning uchun ham biz keramzit betonni issiqlikni kam o’tkazuvchi matreriallar sinfiga kirita olamiz. Aynan shu jihat sababli bino va konstruksiyalarning issiqlik izolatsiyasi katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi. Bundan tashqari, bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham mutanosib ravishda kamayadi. Qurilish tizimida 1 t samarali ishlatish 200 t gacha shartli yoqilg‘ini tejaydi. Keramzit aosidagi betonning yuqorida keltirib o’tgan bir qancha jihatlari bilan boshqa turdagi materiallarga nisbatan samarali bo’lishiga asosiy sabab bu uning g’ovak strukturasidir. Hozirgi paytda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida materiallarning o’rtacha zichliklarini kamaytirish ikki xil bosqichda amalga oshiriladi va bu usullar bir biridan tubdan farq qiladi: birinchi bosqich mahsulotni qoliplash jarayonida mahsulot xajmida g’ovakliklar hosil qilish yo’li bo’lsa; ikkinchi usulda materialni bir nechta texnalogik usullar orqali g’ovaklikini oshirish orqali erishiladi. Yana shuni ham aytish joizki ichki havo konveksiyasi tufayli mahsulotning hajmiy strukturasida juda katta bo’shliqlarni hosil qilish mumkin ammo bu jarayon faqat materialning issiqlik o’tkazuvchanlik xususyatlariga yomon ta’sir o’tkazishiga olib kelishi ham mumkin. Amalyotda 40% dan ortiq bo’shliqli materiallarni olish mumkinligi lekin bu jarayon katta texnalogik qiyinchiliklar bilan amalga oshirilishi isbotlangan. Aynan shuning uchun ham yengil beton ishlab chiqarish uchun to’ldiruvchi sifatida aynan keramzitning tanlanishi biz yuqorida keltirib o’tgan o’rtacha zichlikni kamaytirish vazifani yechish uchun xizmat qiladi va bu usul materialni qoliplash jarayonida material tarkibida g’ovakliklar hosil qilish usuliga o’xshashdir faqat birgina farqli jihati biz ko’rib chiqayotgan yengil beton ishlab chiqarishda qoliplash jarayonida g’ovak hosil qiluvchi emas balki tayyor g’ovakli qo’shimcha (keramzit)dan foydalaniladi. Aynan keramzitning bo’shliqli ichki strukturasi orqali biz yengil beton ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Shu bois keramzitning qo‘llanilish sohasi juda keng qamrovli bo‘lib, uning zichligi, mustahkamligi, granulometrik tarkibi kabi xossalarini o‘zaro mujassamlantirib, qurilish sohasida undan turli-tuman buyumlar tayyorlash imkonini beradi. Keramzitni tayyorlash jarayoni sanoat korxonalarida yuqori darajada mexanizasiyalashgan va avtomatizasiyalashgan liniyalarda amalga oshiriladi. Uni tayyorlashda turli konstruktiv yechimlarni tanlash, jumladan kompozisiya tarkibini, bog‘lovchi turini, undan tayyorlanadigan buyumlarning o‘lchamlari va shaklini o‘zgartirish imkoniyatlari ham mavjud. Bunday ko‘p variantlilik turar joy binolarini loyihalashdagi bir hillikdan voz kechish, samarali qurilish materiallari bazasini izlab topish, yangi tabiiy iqlim va tarixiy an'analarga mos keluvchi me'moriy va konstruktiv yechimlar izlab topish imkonini beradi. Jumladan, AQSh, va Yevropa mamlakatlarida keramzitga o‘xshagan materiallardan foydalanish XX asrning II yarmidan boshlangan. Bugungi kunga kelib ham ushbu mamlakatlarda yengil betondan tayyorlangan oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar ko‘p qavatli binolarni barpo etish jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Keyingi yillarda keramzit betonni respublikamiz qurilish ishlab chiqarish sanoati, sanoat va fuqaro qurilish sohalarida ham qo’llash surati sezilarli darajada o’sdi, Shu bois, yengil beton va uning boshqa turlaridan foydalanish keng miqqiyosida ommalashmoqda. Bu jarayonni quydagi rasm orqali ham yetarlicha tushinib olishimiz mumkin. Ushbu rasmdan ko’rinib turganidek 210 sm qalinlikdagi devorning issiqlik o’tkazuvchanligi 90 sm qalinlikdagi keramzit betonning issiqlik o’tkazuvchanligi bilan bir hildir. Aynan shuning uchun ham bu turdagi qurilish materiallaridan keng miqyosida foydalanish davlat siyosati darajasiga ko’tarilib ulgurdi. Bilamizki bugungi kunda uy-joy qurilishi sohasida har bir metr kvadrat metr yer 3 million so’mdan 6 , 7 million so’mgacha (viloyatlar kesimiga qarab, joylashgan hudud infrastrukturasiga qarab) baholanmoqda, demak yengil betonlardan bin ova inshootlar qurilishida keng miqyosida foydalanish qurilish uchun ajratilgan yer maydonidan unumli foydalanishni ta’minlaydi. Bundan tashqari bino yoki inshoatning poydevori ushbu inshoatga tushadigan yuklanishga qarab hisob kitob qilinishini ham hisobga oladigan bo’lsak qurilishda yengil betonlardan foydalanish konstruktiv xarajatlar jihatdan ham iqtisodiy yutuqqa erisha olishimizni ta’minlaydi. Zamonaviy bino va inshootlar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanish, amaldagi ananaviy qurilish materiallari o'rniga bugungi kunda dolzarb muammolardan biri bo'lib ulgurgan energiyani iqtisod qiluvchi qurilish ashyolaridan foydalanish talabi tobora ortib bormoqda. Yildan yilga yer aholisining progressiya ko'rinishida oshib borishi natijasida insonlarning uy-joylarga bo'lgan talabi ham jadal sur'atlarda oshib bormoqda. Dunyo bo'yicha qurilish sohasida yangi turdagi ekologik toza materiallardan foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni samarali qo'llashning salmog'i tobora ortib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda, jumladan AQSh, Germaniya, Yaponiya kabi mamlakatlarda yangi qurilish materiallarini yaratish va ularni ishlab chiqarish va bu orqali bino va inshootlarning jismoniy holatini yaxshilashda ma'lum yutuqlarga erishilgan bo'lib, bino va inshootlarni qurish, ularning mustahkamlik va ustuvorligini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan yangi qurilish materiallari, jumladan qurilish industriyasining asosiy qismi sanalgan betonlarning yengil turini ishlab chiqarishda qo'shimchalarning mahalliy homashyo asosidagi tarkiblari va ularni ishlab chiqarishning energiyatejamkor texnologiyalarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ishlab chiqarish sanoati va jamoat binolarini qurilishida issiqlik va shovqindan ximoyalovchi materiallardan foydalanish konstruksiyalarning qalinligini, og'irligini hamda xom-ashyoni taqchil bo'lmagan resurslardan foydalangan holda va mahalliy xom-ashyolar asosida ishlab chiqish, va xom-ashyo sarfini kamayishiga olib keladi. Va bu xususiyatlardan tashqari bugungi kunda juda zarur hisoblangan jihat ya'ni qurilish tan narxini ham ma'lum bir miqdorgacha arzonlashishiga olib keladi. XX asrning 80-yillarida G'arbiy yevro'pada boshlangan energetik inqiroz qurilish sohasidagi muammolarga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Bu esa o'z navbatida dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida yirik masshtabli energiya tejamkorlik bo'yicha milliy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqazo qildi. MDH doirasida ham oxirgi 25 yil ichida yoqilg'i-energetika resurslarini harajatlarini sezilarli qisqartirishga qaratilgan yirik tadbirlar amalga oshirildi. Shular jumlasidan qurilish sohasida TEZ-1 (qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, tashish va montaj qilishga taalluqli) va TEZ-2 (to'suvchi konstruksiyalarga ko'rsatiluvchi talablarni 2-3 barobar kuchaytirish, xonadonlarga o'rnatiluvchi avtonom isitish tizimini va o'lchash-rostlash uskunalarini takomillashtrishga qaratilgan) tadbirlari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. MDH mamlakatlarining qurilish industriyasi va uy-joy kommunal xo'jaligida har yili juda katta miqdorda yoqilg'i-energetika resurslari sarflanadi. Ulardan taxminan 73% i TEZ-1 ni qoplash uchun, qolganlari esa TEZ-2 ni qoplash uchun sarflanar ekan. Agar barcha harajatlarni MDH mamlakatlarida foydalaniluvchi binolarning umumiy maydoniga bo'lsak, u holda bir yilda 1 m2 maydondan foydalanish uchun 90 kg shartli yoqilg'i sarflashga to'g'ri kelar ekan. Ushbu ko'rsatkichni dunyoning eng ilg'or mamlakatlaridan biri hisoblanuvchi Shvetsiya ko'rsatkichi bilan taqqoslasak ularda ushbu ko'rsatkich deyarli 3 barobar kam. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko'ra ko'p qavatli uy-joy binolarini isitish uchun Rossiyaning o'rta mintaqalarida bir yilda 350 dan 600 kVt-soat/m2gacha issiqlik energiyasi sarflansa, Skandinaviya mamlakatlarida shunday uylarni isitish uchun atigi 135 - 150 kVt-soat/m2 issiqlik energiyasi sarflanadi. Energiya resurslarining bunday ortiqcha sarflanishi MDH mamlakatlarida uzoq vaqtlardan beri energiya tejamkorlik konsepsiyasining mavjud emasligi, binolar loyihalari, me'moriy-qurilish tizimlarining nomukammalligi, binolarning va energiya tarmoqlarining avariya holatda ekanligi bilan izohlanadi. Shuning uchun oxirgi yillarda MDH mamlakatlarida energiya tejamkorlik masalasini yechishga qaratilgan bir qator jiddiy direktiv va me'yoriy hujjatlar majmui qabul qilindi. Bunday me'yoriy hujjatlar qatoriga MDH mamlakatlari hududida 1995 yilda amalga kiritilgan "Qurilish teplotexnikasi" QMQ siga o'zgartirishlarni kiritish mumkin. Uy-joy va jamoat binolarida TEZ-2 ekspluatatsion va konstruktorlik-texnologik harajatlarga taxminan bab-baravar taqsimlanadi. Ekspluatatsion harajatlar (100%) gazning yo'qotlishi (30%), suvdan nooqilona foydalanish (18%), issiqlik tashuvchining yo'qotishlaridan (42%) tashkil topadi. Bunda yo'qotishlar energiyaning barcha turlari bo'yicha sodir bo'ladi. Devorlarga issiqlikdan himoyalash bo'yicha talablarning keskin ortishi qurilish materiallari sanoatining katta qismi uchun tarkibiy o'zgarishlar qilishga, yangi loyihalar, yangi qurilish texnologiyalarini ishlab chiqishga, ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilishga, ulardagi xodimlarni qayta tayyorlashga undaydi. Bu tadbirlarni qurilish hajmlarini bajarish sur'atlarini pasaytirmasdan amalga oshirish ancha vaqt va moddiy resurslar sarflashni talab qiladi. Issiqlik izolyasiya materiallari deb atrofdagi muhitga issiqlik yo'qotilishini kamaytirish maqsadida turar-joy va madaniy-maishiy binolarni, issiqlik agregatlari, texnologik uskunalarni, quvurlarni, sovutish va isitish xonalari va jihozlarini issiqlik va sovuqlik ta'siridan izolyasiyalashda ishlatiladi. Issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti 0,175 W/(m0C) dan yuqori bo'lmagan (250 C haroratda) qurilish materiallari issiqlik izolyasiya materiallari deyiladi. Bino va konstruksiyalarni issiqlik izolyasiyalash orqali katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi. Bundan tashqari bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham mutanosib ravishda kamayadi. Qurilish tizimida 1 t samarali issiqlik izolyasiya materiallarini ishlatish 200 t atrofida shartli yoqilg'ini tejashi mumkin. Issiqlik va sovuqlik agregatlarini izolyasiyalash issiqlik va sovuqlikni yo'qotilishini 20-50% kamaytiradi. Binoning tashqi devorini issiqlik izolyasiya uchun 1 m2ga 0,64 m3 pishiq g'isht yoki 0,32 m3 keramzit betoni, 0,14 m3 fibrolit, 0,1 m3 mineral paxta plitalari va 0,04 m3 poroplastlar talab etiladi. Issiqlik va sovuqdan izolyasiyalash, ayniqsa, quruq issiq iqlim sharoitli Markaziy Osiyo, xususan O'zbekiston xududida katta ahamiyatga egadir. Chunki, yozning jazirama kunlarida havo harorati 42-480C atrofida, qishda esa - 20-300C haroratgacha sovuq bo'lishi bino, konstruksiyalar va agregatlarni samarali va ishonchli issiqlik izolyasiya materiallari bilan izolyasiyalashni taqazo etadi. Issiqlik izolyasiya kompozitsion materiallami ilmiy-tadqiqot etishda, ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishda A.I.Jilin, V.A.Kitaysev, K.E.Goryaynev, YU.P. Gorlov, A,P. Merkin va boshqalar katta hissa qo'shdilar. Issiqlik izolyasiya materiallari asosiy xom ashyoning turi, strukturasi, tuzilishi, shakli va tashqi ko'rinishi, bog'lovchining mavjudligi, yonuvchanligi, o'rtacha zichligi va issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti bo'yicha klassifikatsiyalanadi. Asosiy xom ashyoning turiga nisbatan issiqlik izolyasiya materiallari quyidagicha klassifikatsiyalanadi: mineral xom ashyo (tog' jinslari, shlak, kullar, shisha, asbest) asosida olinadigan noorganik materiallar; organik xom ashyo (yog'och chiqindilari, lignin, polimerlar va boshqalar) asosida olinadigan organik materiallar. Qo'shimchalar asosida olinadigan yengil betonlarga ishlab chiqarish usuliga qarab turli hil qo'shimchalarni qo'shish mumkin, bunday qo'shimchalar orasida eng keng tarqalgani organik qo'shimchalar hisoblanadi. Organik qo'shimchalar asosida yengil beton ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida turli yog'och, ayrim qishloq xo'jalik ekinlarining poyalari: bug'doy, g'o'za, kanop va boshqalar xizmat qilishi mumkin. Qishloq xo'jaligi va yog'och chiqindilari asosida olingan o'ta yengil betonlar ishlab chiqarishning chet el tajribalarini o'rganish jarayonida guvohi bo'lganimiz shuki Rossiya hududida joylashgan Krasnodar o'lkasidagi Kurganinsk kanop zavodida 1974 yildan buyon kanop o'zagi asosidagi yengil beton ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Chexoslavakiyada zig'ir va kanop qayta ishlash chiqindilaridan yondirishda yonuvchi qo'shimcha sifatida foydalanish bo'yicha tadqiqotlar olib borilyapti. NIIJB va Moskva o'rmonchilik instituti bilan birgalikda guruch po'chog'i asosidagi arbolitdan tayyorlangan bir qavatli konstruksiyalar ishlab chiqilgan. Xulosa qilib aytganda, an'anaviy qurilish materiallarini ilmiy asosda sifatli ishlab chiqarish, ularni yaratish texnologiyalarini zamon talablariga moslash, arzon, tejamkor, sifatli ashyolar va texnologiyalar ishlab chiqish, yangidan-yangi va puxta materiallar olish, ularning tejamkor texnologiyalarini yaratish, binolar va inshootlarni ta'mirlash va rekonstruksiya qilish usullarini mukammallashtirish hamda bu jarayonda ashyolardan samarali foydalanish kabi vazifalar muhim masalalari safidan o'rin egallaydi. Qurilishda yengil betonlarga bo'lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Bugungi kunda yengil betonlardan foydalanish tufayli turar-joylar uchun yuqori sanitar-gegienik va energiya tejovchi resurslardan foydalanish, energiya resurslarini iqtisod qilish va ekologik talablar hamda devor qurish ishlarida materiallarining issiqlik o'tkazuvchanlik bo'yicha ko'rsatkichlarini oshirib bormoqda. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoatida ikkilamchi resurslardan foydalanish katta miqdorda energiya hamda xom ashyo zaxiralarini tejashga olib keladi. O'zbekiston Respublikasida qurilish materiallari va buyumlarini tayyorlashda qishloq xo'jaligi chiqindilari va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, quyidagi dolzarb vazifalarni yechishga yordam beradi. Qurilish materiallari ishlab chiqarishning asosiy xom ashyo bazasini, ya'ni resurslarni tejaydi, tabiiy xom ashyo zaxirasi yetishmasligini bartaraf etadi, atrof-muhit tozaligi, ekolgik sistema masalalarini hal qiladi, yerlarni band bo'lishini kamaytiradi, energiya manbalarini tejaydi, sarf xarajatlarni keskin kamaytiradi. Issiqlik izalyatsiyalovchi yengil beton ishlab chiqarish va qo'llash an'anaviy qurilish materiallariga nisbatan qator afzaliklarga ega: binonnig massasini kamaytiradi, binoning qurilishidagi og'ir ishlar kamayadi, turar-joy binolarining termik qarshliklari yuqori bo'ladi. Beton (frans. beton va lot. bitumon— togʻ smolasi)—boglovchi modda (mas, sement), suv, toʻldirgichlar (mas, shagal, qum), ayrim hollarda qoʻshilmalar qoʻshib tayyorlanadigan qorishmaning zichlashib qotishi natijasida hosil boʻladigan qurilish material i. Qadimda B.dan gumbaz, qubbalar, ravoqlar, katta inshootlar qurishda ishlatishgan. Bunda boglovchi material sifatida loy, gips, ohak, asfaltdan foydalanishgan. B. texnologiyasining takomillashuvi sement ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq. 19-asrda temirbetonning ixtiro qilinishi B.ning keng tarqalishiga olib keldi. Hajmiy massasiga (kgGʻm3 larda hisoblanadi) koʻra, B.ning juda ogir (2500 dan yuqori), ogʻir (1800 dan 2500 gacha,) yengil (500 dan 800 gacha) va alohida yengil (500 dan past); boglovchi moddaning turiga koʻra, sementli, silikatli, gipeli, asfaltbetonlar, polimerbetonlar va boshqa xillarga; vazifasiga kura, oddiy (sanoat, fuqaro qurilishi uchun ishlatiladigan), gidrotexnika, yoʻl qurilishi, issiqlik izolyatsiyasi, manzarali ishlarga, maxsus ishlarga (kimyoviy turgun, olovbardosh, yadro nurlanishlaridan himoya qmlish va boshqa uchun) moʻljallangan xillari bor. B.ning asosiy sifat koʻrsatkichi siqilishga mustahkamligi hisoblanadi va shu xususiyati bilan uning markalari belgilanadi. Beton 4000 yildan oshiq vaqt maʼlum (Qadimgi Mesopotamiya), ayniqsa Qadimgi Rimda keng qoʻllaniladi . Italiya — tarkibiy qismlarga osonlik bilan kiradigan vulkanik mamlakat, betondan tayyorlangan puzolan va lava ezilgan toshlar. Rimliklar jamoat binolari va inshootlarini, jumladan, Pantheonni qurish uchun betondan foydalangan, uning qubbasi hali dunyoda beton boʻlmagan betondan qurilgan. Shu bilan birga, davlatning sharqiy qismida bu texnologiya tarqalmagan, qurilishda anʼanaviy ravishda tosh ishlatilgan, keyin esa arzon plitalar — bir xil gʻisht. Gʻarb Rim imperiyasining pasayishiga, monumental binolar va inshootlarni keng koʻlamli qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi yoʻqolishi olib keldi hunarmandchiligi va ilm-fan umumiy degradatsiyasi bilan birgalikda beton notoʻgʻri foydalanish, hech narsa keldi. erta Oʻrta asr faqat yirik meʼmoriy ob’ektlar toshdan qurilgan cherkovlar, edi. tsement bogʻlovchi zamonaviy beton 1844 (I. Jonson) buyon maʼlum qilindi. Portlend Yusuf Aspdin tomonidan 1824 yilda uchun patent oldi; a „Roman tsement“ uchun patent 1796, Jeyms Parker edi. beton ishlab chiqarishda dunyo rahbarlari Xitoy (2006 yilda 430 million m³) bor va Amerika Qoʻshma Shtatlari (2005 yilda 345 million m³ va 2008-yilda 270 million m³) Rossiyada 2008-yilda 52 million m³ ishlab chiqarildi. Beton aralashmasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri qumdir. Betonni tayyorlash uchun oʻrta qumdan tabiiy qumni ishlatish yaxshiroqdir. Qumning kattaligi va uning katta agregati bilan aloqasi (ogʻir betonda kesilgan tosh yoki shagʻal, oʻpkada kengaytirilgan loy) betonning tarkibida sementning harakatlanishi va miqdori taʼsir koʻrsatadi. Qumning miqdori qanchalik koʻp boʻlsa, minerallar miqdori va suv miqdori koʻpayadi. Tabiiy qumni qoʻllashda eng muhim cheklov — bu qum tarkibidagi loydan yoki loy zarralaridan foydalanishni cheklashdir. Betonning kichik (gil) zarralarining kuchi juda taʼsir qiladi. Hatto ularning oz miqdori ham betonning kuchini sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Shuning uchun loy zarralari boʻlmagan tabiiy qum boʻlmasa, mavjud boʻlgan qum quyidagi usullar bilan yaxshilanadi (boyitiladi): qumni yuvish; qumni suv oqimidagi fraktsiyalarga ajratish; kerakli fraksiyani qumdan ajratish; Ish joyida mavjud boʻlgan, yuqori sifatli qum bilan aralashtirilgan qum. Boyitish va tayyorlashdan soʻng, qum, standart tekshirish maydoni deb ataladigan shartlarga muvofiq boʻlishi kerak. Qumni turli xil teshiklari boʻlgan elekkalar orqali ajratib olish bilan aniqlangan don tarkibiga mos keladigan shaklda koʻrsatilgan joyga mos kelishi kerak. Qumni zarracha oʻlchamlari bilan soyabon maydoni boʻlgan va boʻlmagan holda, faqat 150 gradusli va pastki betonlar uchun ishlatish mumkin. Tayyorlash va qadoqlashdan keyin beton aralashmasi imkon qadar tezroq boʻlishi kerak. Siqilish jarayonida havo choʻntaklarida havo yoʻqotiladi, shuningdek betonning qattiq fraktsiyalari bilan yanada yaqinroq aloqa qilish uchun sement suti qayta tarqatiladi. Bu esa, tayyor betonning kuchini oshiradi. Vibratsiyali siqish uchun ishlatiladi. Monolit inshootda vibrokompressiyadan foydalanib, blok-vibropresslarda qoʻlda ishlatiladigan vibratorlar qoʻllaniladi. Oʻrnatish harorati +5 ° C dan +30 ° C gacha. Betonning suv oʻtkazmaydigan himoyasi birinchi va ikkinchi darajali boʻlinadi. Asosiy tarkibga strukturaning strukturaviy materialining sızdırmazlığını taʼminlovchi choralar kiradi. Ekologik toza taʼsirning toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiridan suv oʻtkazmaydigan materiallar (membranalar) bilan jihozlangan qoʻshimcha qoplama sirtlari. Asosiy himoya choralari tajovuzkor muhitda korroziyaga qarshi chidamliligi oshib, shuningdek, betonning past oʻtkazuvchanligini taʼminlaydigan materiallardan foydalanishni nazarda tutadi. asosiy himoya tomonidan chora-tadbirlar qisqa yorilish, uning oʻtkazmaslikni inobatga beton himoya qatlamining qalinligi maqsadi kategoriyalar qarshilik va yuk birikmalar maksimal ruxsat xafa qilma kengligi eʼtiborga yorilish tayinlash va aniqlash, tanlash, shuningdek, savol oqilona geometrik shakllar va qurilish shakllarini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, asosiy muhofaza integral kapillyar materiallardan foydalanishga bogʻliq — suv oʻtkazuvchanligi qurilish aralashmalari bilan suv oʻtkazmasligi. Qachon bu xususda aniq tuzilishi va suv qarshilik, sovuq qarshilik, bosim kuchi va korozyon qarshilik umr ortishi. Ikkinchi darajali muhofaza qilish vazifasi agressiv muhit va beton bilan aloqa qilish imkoniyatini oldini olish yoki cheklashdir. oʻrta himoya lmas poklaydigan İmpregnasyon, ingichka-kino qoplamalar, oʻz-oʻzini tekislash Qavatlar va juda toʻlib qoplamalar sifatida foydalanish. Odatda, epoksi, poliuretan va poliester komponentlari polimer kompozisyonlarının ishlab chiqarishda bir majburiy sifatida ishlatiladi. Beton tayanchni himoya qilish mexanizmi sirt qatlamini mustahkamlash va sirtni yopishdir. kimyo va galvanik korozyon aniq muammoning himoya adashgan qochqinning oqimlari agressiv kimyoviy taʼsir bilan birga temir yoʻl muassasalari, uchun, ayniqsa, dolzarbdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. R.A.Rahimov - "Keramika va olovbardosh materiallar" Toshkent-2008 2. N.A.Samig'ov - "Qurilish materiallari va buyumlari" Darslik 3. R.Raximov, A.Karakulov T.Atakuziyev - "Влияние добавок природного волластонита и пыли цементного производства на свойства силикатного кирпича на основе барханного песка" nomli scopus bazasidagi ilmiy maqola. Chexiya Respublikasi. 4. R.Rakhimov, G.Marupova, F.Rakhimov - "Strengthening the coupling of silicate materials with improved operational properties" nomli scopus bazasidagi ilmiy maqola. (Scopus 2020 may Australia). Download 51.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling