«yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» K


Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi


Download 1.38 Mb.
bet13/25
Sana18.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1211429
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
AMALIY MASHG\'ULOT METODICHKA

Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi:- ekologik oqibatlar va loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari to‘g‘risida xulosalar;
- qiziquvchi tomonlarning fikr va takliflarini ko‘rib chiqish davomida paydo bo‘lgan mulohazalar;
- ko‘rilayotgan xo‘jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish shart-sharoitlari bo‘yicha buyurtmachi va qiziquvchi tashkilot va muassasalar uchun tavsiyalardan iborat bo‘ladi.
«DEEning xulosasi» O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiat qo‘mitasi ekspert kengashi majlisiga muhokamaga chiqarilishi mumkin.
«DEE xulosasi» loyiha buyurtmachisiga va boshqa qiziquvchi tashkilotlarga yuboriladi.
Xo‘jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish uchun mablag‘‘ faqat «DEE xulosasi» ijobiy bo‘lsagina ajratiladi.
Ekspertiza tugagach, hujjatlarning to‘liq komplekti buyurtmachilarga qaytariladi.
Hujjatlarning nusxasi ekspertiza o‘tkazgan organ arxivida olib qolinadi, rasmiylashtiriladi va belgilangan ish yuritish tartibiga asosan saqlanadi.
DEEni o‘tkazishda tomonlarning vazifalari va javobgarligi xo‘jalik faoliyati loyihasining va boshqa hujjatning buyurtmachisi va ishlab chiquvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
- mazkur hujjatning bo‘limlariga mos ravishda DEEga beriladigan hujjatlarning to‘la komplektini;
- DEEni o‘tkazish ishlariga Respublikada belgilangan tartibda haq to‘lashni;
- ekspertiza o‘tkazilayotgan organ talabiga binoan, ekspert komissiyasi (guruhi, ekspert)ning ishlashi uchun zarur qo‘shimcha axborot berishni ta’minlaydi.
Ekspert komissiyasi (guruh, ekspert) javob beradi:
- ekspertizaga berilgan hujjatlarni o‘z vaqgida va sifatli ko‘rib chiqilishiga, jamlama xulosani tayyorlash, xulosa va takliflarning asosligiga;
- ekologik ekspertizani o‘tkazish me’yor va qoidalariga rioya qilinishiga mas’ul hisoblanadi.
DEEni o‘tkazuvchi ekspert organ javob beradi:
- ekspert komissiyasini (guruhini) tuzish, ekspertlarni tanlash, ularning mehnatini to‘g‘ri tashkil qilishga;
- ko‘rib chiqilayotgan xo‘jalik faoliyati loyihasi amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan (yoki amalga oshirilayotgan) hududning atrof-muhiti holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ekspertlarni ta’minlashda yordam berishga;
- ekspertiza o‘tkazishning oshkoraligini ta’minlashga, ko‘rilayotgan faoliyat loyihasini ekspertlar tomonidan ob’ektiv ravishda baholash uchun shart-sharoit yaratishga;
- DEEni o‘tkazishda me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishiga;
- ekspertlar ishiga o‘z vaqtida haq to‘lashga mas’uldir.



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling