«yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» K


Ekologik ekspertizaning asosiy


Download 1.38 Mb.
bet10/25
Sana18.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1211429
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
AMALIY MASHG\'ULOT METODICHKA

Ekologik ekspertizaning asosiy tushunchalari: - ishlab chiqaruvchi kuchlar va xalq xo‘jaligi tarmoqparini joylashtirish va kengaytirning sxemalari va asosiy yo‘nalishlari, konsepsiyalari, davlat rejalari loyihalari;
- barcha turdagi qurilishlar uchun maydon tanlash materiallari, rejadan olsingi va loyiha hujjatlari;
- tabiiy resurslardan foydalanish, ekologik holatni baholash bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy izlanish ishlarining dasturlari;
- tabiiy resurslardan foydalanish va xo‘jalik faoliyatini belgilovchi instruktiv-uslubiy loyihalar va me’yoriy-texnik hujjatlari;
- yangi materiallar va moddalarning texnologiyasi va texnikasini yaratish bo‘yicha hujjatlar, shu jumladan chet eddan sotib keltiriladiganlar, shuningdek boshqa texnika va hujjatlar, mahsulot standartlari;
- O‘zbekiston Respublikasiga keltiriladigan va undan olib chiqib ketiladigan mahsulotlar;
- Kimyoviy moddalar;
- ayrim regionlar, hududlar, joylar va ob’ektlarning ekologik vaziyati;
- atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar.
Loyihalarni DEEning ijobiy xulosasisiz amalga oshirish ta’qiqlanadi.
Maxsus ahamiyatga molik bo‘lgan xalq xo‘jaligi muammolarini echishga mo‘ljallangan hujjatlar, xalq xo‘jaligining rivojlanishi tarmoq sxemalari, katga shaharlarning bosh rejasi, davlat dasturlari, yangi texnika, texnologiya, materiallar va moddalar, katga va murakkab ob’ektlar, komplekslarning loyihalari va texnika-iqgisodiy asoslari Davlat ekologik ekspertizasidan, Bosh kosmos ekspertiza ekspertlari tomonidan ham mustaqil ravishda hamda tabiatni muhofaza qilish viloyat qo‘mitalari bo‘limlarining ekspertlari tomonidan o‘tkazilishi lozim.
Davlat ekologik ekspertizasiga buyurtmachi tomonidan hujjatning «qaror qabul qilish» bosqichidagi (xalq xujaligining rivojlanish tarmoq sxemalari, bosh rejalar, sanoat va boshqa ob’ektlarni qurishga maydon tanlash, texnika-iqgisodiy asoslar, texnik-iqgisodiy hujjatlar (TIX) va boshqalar). Xo‘jalik ob’ektlari va komplekslar qurilishi (rekonstruksiyasi, kengaytirish, texnikaviy qayta jihozlash) loyihalarini, TIX ishlab chiqishda, maydon tanlashda atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB) tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga mos ishlab chiqilgan holda AMTB bo‘limiga topshiriladi.
Atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB) quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: maqsadni bildirish, loyihani ishlab chiqish, atrof-muhitga ta’sirni xabarlash, jamoatchilik orasida muhokama qilish, keyingi tadbirlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqmasligi to‘g‘risida qaror rejalashtirilayotgan paytda atrof- muhitga ta’sirning ahamiyatga ega emasligi aniqlangach qabul qilinadi.
Qurilish uchun maydon tanlash to‘g‘risidagi aktga imzo qo‘yish uchun AMTBning birinchi to‘rt bosqich vazifalari bajarilishi kerak.
«Loyiha», «ishchi loyiha» bosqichida DEEga AMTBning «Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish» bo‘limiga topshiriladi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling