«yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari» K
Ekologik ekspertizasiga topshirish tartibi hamda yangi texlika va texnologiya materiallari buyumlar ekspertizasi
Download 1.38 Mb.
|
AMALIY MASHG\'ULOT METODICHKA
Ekologik ekspertizasiga topshirish tartibi hamda yangi texlika va texnologiya materiallari buyumlar ekspertizasi: «Loyiha»ning yoki «ishchi loyiha»ning «Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish» bo‘limini tuzish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmaga asosan ishlab chiqilishi kerak. AMTB tarkibidagi ekologik xavfli xo‘jalik faoliyatining turlarini rivojlantirish loyihalarini rejalashtirishning butun davri mobaynida faoliyatning ekologik xavfsizligi ta’minlanipshga kafolat beruvchi tadbirni bajarishga, hatgo faoliyatni tugatishga ham qaratilgan «Ekologik oqibatlar to‘g‘risida bildirish»ni o‘z ichiga olishi kerak. YAngi texnika, texnologiya, materiallar va moddalarning ekspertizasidan o‘tishi lozim: YAngi mahsulotning istiqbolli texnik saviyasini belgilovchi hujjatlar, hujjat loyihalari, shu jumladan: normativ texnik hujjatlar; me’yoriy-xuquqiy loyihalar, shu jumladan yangi mahsulotni ishlab chiqishda qo‘yiladigan tabiat muhofazasi me’yorlari va talablariga rioya qilishning nazoratini aniqlaydigan, reglamentlaydigan tarmoq me’yoriy texnik hujjatlari; Ma’lum (konkret) yangi mahsulotga texnik hujjatlarning loyihalari, konstruktorlik va texnologik hujjatlar, tajriba (tekshirish) natijalari va shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotning dastlabki hujjatlarga mos kelishini va uning texnik saviyasini ta’kidlovchi boshqa hujjatlar: O‘zbekiston Respublikasida va chet elda o‘xshashi (analogi) bo‘lmagan, prinsipial yangi turdagi mahsulot ishlab chiqilganda; Rahbar organlarning topshirig‘iga asosan; Tarmoqda yangi mahsulot ishlab chiqilayotganda tabiatni muhofaza qilish me’yorlariga rioya qilinishini rejaga asosan va tanlov asosida nazorat qilish tartibiga binoan; YAngi mahsulot ishlab chiqarish jarayonida vazirliklar, boshqarmalar, korxonalar, buyurtmachi va hujjatni tayyorlovchi tashkilotlar o‘rtasida ekologik masalalar bo‘yicha sezilarli kelishmovchilik kelib chiqqanda; O‘zbekiston Respublikasiga, shuningdek respublika hududida pudrat asosida yoki hamkorlikda qurilayotgan korxonalarga texnika, texnologiya, materiallar va modsalarning ayrim turlari keltirilganda ekspertiza o‘tkazilishi zarur.
Yuqorida qayd qilingan hujjatlarni DEEdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat ekologik ekspertizasi topshirig‘iga binoan viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari bo‘limlarining ekspertlari tomonidan mas’ul tashkilotlarni jalb qilish bilan amalga oshiriladi. Yangi texnika, texnologiya, materiallar va modsalarni yaratish bo‘yicha hujjatlar quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: Texnik vazifa; texnik shartlar loyihasi; texnik saviya va sifat kartasi; ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma loyihasi; yangi mahsulotning texnik vazifasi; standart; sanitar-gigienik va tabiat muhofazasi me’yor va qoidalarga mos kelishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish dasturi to‘g‘risida ma’lumotnoma; ekspluatatsiya davrida atrof-muhitni ifloslantiruvchi tashlandiqlar va boshqa ta’sir turlarining solishtirma (rejalashtirilgan) miqdori, ularni neytrallash, ushlab olish, qayta ishlash yoki yo‘qotish usullari va manbalar haqida ma’lumotnoma; ishlab chiqarilishi mo‘ljallanayotgan yangi mahsulotning ekspluatatsiyasi davridagi ekologik oqibatlar (atrof- muhitga ta’sirini baholash natijasi sifatida) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; Yangi mahsulotni ishlab chiqayotganda tabiat muhofazasi me’yorlari va talablariga rioya qilinishini nazorat natijalari to‘g‘risida tarmoq xulosasi; DEE talabiga binoan boshqa materiallar; Ekologik ekspertizaga topshiriladigan hujjatlar quyidagi tavsifnomalardan iborat bo‘lishi kerak; Yangi texnika va texnologiya texnogen tavsifnomalari (xarakteristikalar): Chiqindilar, tashlandiqlar, oqindilarning turlari bo‘yicha fizikaviy va kimyoviy tarkibi, ularni massa va hajmi bo‘yicha, xavflilik sinfi, zaharlilik darajasi, biologik chidamlilik, portlash xavfi bo‘yicha bo‘linib hisoblangan va me’yoriy parametrlarga nisbatan taqqoslangan yiriklaigtirilgan moddiy va energetik balans hisoblari; b) Havoga va suvga chiqit tashlovchi manbalarning (gaz-havo aralashmasi, ifloslangan oqava suvlar hajmi, aralashmalarning temperaturasi, o‘tish tezligi, konsentratsiyasi, massasi, ifloslantiruvchi manbalarning konfiguratsiyasi va boshqalar) hisoblash va eksperimental tavsiflari; v) Me’yoriy parametrlarga taqqoslangan shovqin, vibratsiya (tebranishlar), eleyuromagnit, ionizatsiyalanuvchi va issiqlik nurlanishlarining tuproq qatlamiga ta’sirlar, sanitariyaviy himoya zonalari va sanitariyaviy buzilish o‘lchamlarining hisoblangan va eksperimental darajalari. Ekologik - texnogen tavsifnomalar: a) kam va chiqitsiz, resurs va energiya tejovchi texnologik echimlarning, havo va suvga tashlangan chiqitlarni tozalash tizimlarining, tashlash usuli va ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash, ekspluatatsiya mudsati bilan eng yangi texnikani yo‘qotish prinsiplari va sxemalari; b) har xil bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari (ular zararli moddalarni chiqarib tashlash bilan bog‘liq bo‘lsa) vaqt, massa va hajmni inobatga olgan hisoblar va modellar, shuningdek avariya holatlarini va uning oqibatini tugatish usullari va sxemalari; v) chiqndilar tashlanuvchi zararli moddalarning hajmi va konsentratsiyalari, issiqlik va elektr yuklamalrining, bir birlik mahsulotga sarflangan tabiiy resursning solishtirma o‘lchami yoki narx tavsifi, metall-material, energiya sarflash hajmi, birbirlik yo‘lga ketgan yoqilg‘i sarfi, yuk ko‘tarish qobiliyatini me’yoriy parametrlar bilan taqqoslangan hisoblaridan iboratdir. Yangi material va moddalar: Texnogen tavsifnomalar. hisoblangan fizikaviy tavsifnomalar, biologik faktorlarning tavsifnomalari, zaharlilikdarajasi, biochidamlilik, portlash xavfi, xavflilik sinfining hisoblangan kattaliklari va ularning me’yoriy parametrlar bilan taqqoslanishi, yangi materiallarni ekspluatatsiya qilish yoki saqlashning hisoblangan muddati, ekologik-texnologik tavsifnomalar, yangi materiallarni olishdagi kam va chiqitsiz, resurs va energiya tejovchi texnologik yechimlarning prinsiplari va sxemalari, yangi materiallarni qayta ishlash yoki foydalanish muddati tugagach yo‘q qilish yoki saqlash usullari; transportirovka qilish, saqlash, qo‘llanish va qayta ishlash yoki yo‘q qilishdagi ekologik xavfsizlik choralaridir. Ekologik-iqtisodiy tavsifnomalar: a) yangi materiallarni ishlab chiqishni ta’minlovchi yangi texnika va texnologiyaning atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirning oldini oluvchi tadbirlarga hisoblangan sarf-harajatlar, shuningdek materiallarning antropogen ta’sirini kamaytirishning ekologik tadbirlari va ularni iqgisodiy zarar bilan taqqoslash; b) yangi materiallarning tabiatni muhofazalash me’yori va qoilalari inobatga olingan hisoblangan baho belgilash tavsifnomalaridir. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling