Yer resurslariga innovatsion yondashuvlar
Korxonaning o‘z ilmiy markazi
Download 423.9 Kb.
|
YER RESURSLARIGA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Korxonaning o‘z ilmiy markazi
Mubolag‘a emas, korxonada har bir yumushga ilmiy asosda, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali yondashish barcha tarmoqning eng muhim vazifasiga aylangan. Endi yerlar odatdagidek shudgor qilinmaydi, balki o‘sha haydov darajasidagi chuqurlikda maxsus texnika vositasi orqali yumshatiladi. Bunday haydov yer yuzasidagi kislorod bilan yashaydigan hamda tagidagi kislorodda yashay olmaydigan, yer unumdorligiga xizmat qiluvchi foydali bakteriyalar nobud bo‘lishining oldini olar ekan. O‘z navbatida, ekin maydonining tekisligi ham buzilmasligi kafolatlanadi. Korxona yerlarida o‘stirilayotgan ekin turlarining yangi va istiqbolli navlarini yaratish, ulardan mo‘l hosil olish, saqlash hamda qayta ishlashni ilmiy jihatdan asoslangan holda to‘g‘ri amalga oshirish uchun malakali mutaxassis va olimlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Yangi texnika hamda ilg‘or texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq choralar belgilab olindi. Masalan, bunga qishloq xo‘jaligi sohasiga aloqador oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining malakali olimlarini, qolaversa, xorijdan ham mutaxassislarni jalb qilgan holda, “Bek klaster” MChJ qo‘shma korxonasining “O‘simlik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari ilmiy markazi” tashkil qilinayotgani fikrimiz dalilidir. Hozircha bu borada Guliston davlat universitetida tashkil etilgan laboratoriyani ilk qadam, deyish mumkin. Markaz esa shu yilning birinchi yarim yilligida ish boshlashi kutilayotir. Shuningdek, ishlab chiqarishda muhim omil hisoblangan — mahsulot bozorini topish masalasiga ham katta e’tibor qaratilgan. Buning uchun zamonaviy IT-texnologiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Social web solution” dasturi orqali elektron savdo yoki internet marketingni tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Turli ekinlar urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish ham korxonaning rejalar portfelidagi muhim vazifalardan biridir. Maqsad mamlakatimizning bu boradagi import hajmini keskin qisqartirish hamda kelgusida eksport salohiyatini oshirishga hissa qo‘shishdir. Hozircha “S-6524”, “Sulton” va birlamchi elita g‘o‘za urug‘chiligi laboratoriyalari tashkil etilganini ushbu sohadagi dastlabki harakatlar, deyish mumkin. Download 423.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling