Yer taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Download 87.91 Kb.
bet20/23
Sana03.02.2023
Hajmi87.91 Kb.
#1156602
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
geomorfologiya javoblari

Glatsial jarayonlar
Glyatsial‖ so‗zi yunoncha bo‗lib, muzlik degan ma‘noni anglatadi. Muzlikning harakati bilan bog‗liq barcha tabiiy hodisalar glyatsial jarayonlar deb ataladi. Muzlik ikki yo‗l bilan - suvning muzlashidan va qorning metamorfiklashuvidan (firn), ya‘ni uning tuzilishining fizik sabablar ta‘sirida o‗zgarishidan hosil bo‗ladi. Muzliklar geografik qobiqning xionosfera (yunoncha xion-qor, sfera-qobiq) deb ataluvchi qismida tarqalagan. Xionosferaning yuqori chegarasi atmosferaning troposfera qatlamidan boshlanib, ostki chegarasi qor chizig‗igacha, ya‘ni yog‗gan qor bilan erigan qor teng bo'lgan chegaragacha cho‗ziladi. Hozirgi davr muzliklari Yer sharining deyarli hamma tog‗larida tarqalgan va katta maydonlarni egallaydi. Ularning umumiy maydoni 16,7 mln.km2 (quruqlikning 10,9% qismi
Glyatsial relyef hosil bо‘lish jarayonlari muzliklar faoliyati bilan bog‘liqdir. Glyatsial jarayonlar rivojlanishining birinchi sharti yer pо‘stining muayyan yuzasida uzoq vaqt mobaynida muzlanish mavjud bо‘lishidir. Faqat, xionosfera joylashgan hududlardagi muzlanish sodir bо‘la oladi. Xionosfera deganda atmosferaning yog‘inlar qattiq holatda tushadigan, yog‘inning miqdori uning sarfidan kо‘p bо‘ladigan quyi qismi tushuniladi (lotincha muz qobig‘i demakdir). Xionosferaning patki quruqlik bilan kesmagan chegarasi qor chizig‘i deyiladiki, u egi-bugri, ya’ni past-baland bо‘lgan chiziqdir. Qutbiy о‘lkalarda qor chizig‘i dengiz sathidan о‘tsa, quyi kengliklarda tog‘larning baland yonbag‘irlaridan qor kirimi bilan chiqimi bir-biriga teng bо‘ladigan balandliklardan о‘tadi. Qor chizig‘idan yuqorida qorning tо‘planishi, ya’ni akumlyatsiyasi rо‘y beradi. amalda qor chizig‘i yozda qorning erigan eng yuqori chegarasi hisoblanadi. Xionosferaning yuqori chegarasi tog‘larning qor va muzlik bо‘lishi mumkin bо‘lgan 8-9 km balandliklaridan о‘tadi. Tabiiy muzning qorning muzga aylanmasidan hosil bо‘lgan qor muzi va suvning muzlanishidan hosil bо‘lgan suv muzini bir-biridan farq qiladilar. Qorning erib, suvga tо‘yinib, bir necha bor takrorlanib turishidan farq hosil bо‘ladi. Firinning xususiyatlari ya’ni zichligi, qattiqligi, hajmi о‘zgarib gletcher muziga ya’ni haqiqiy muzga aylanadi.
Geomorfolog olim D.G.Panos muzliklarning 3 ta tipi bor deb hisoblaydi.1.Quruqlik yoki materik muzligi 2.Yer osti muzligi 3.Dengiz muzligi
Muzliklarning hosil bо‘lishi sharoiti va hozirgi relyefini о‘zgartirishi jihatidan bizningcha ularni 2 ga ya’ni muzliklariga va qoplama yoki materik muzliklariga bо‘lgan ma’qulroq. Ularning birinchisi yuqoriga kо‘tarilgan sari havo haroratining pasayib borishi bilan bog‘liq bо‘lsa, ikkinchi qutbiy kengliklarda havo haroratining doimiy pastligi bilan bog‘liqdir.Tog‘ muzliklari va materik muzliklari birgalikda 16 mln.kv.km.maydonni egallab, bu yer quruqligining 11%iga teng demakdir. Suv muzlaganda о‘z hajmini kengaytirganligidan ular boshqa tashqi jarayonlar singari relyef hosil qilishda faol ishtirok etadi. Birgina О‘rta Osiyo tog‘larida 17 000 km2 dan ortiq maydonda doimiy muzliklar mavjud.Muzlik harakatlanish shartlaridan biri uning plastikligidir. Bu xususiyat muzlikning qalinligi va yonbag‘ir nishabligiga bog‘liq ravishda tog‘ muzliklarining sutkasiga 0,03-0,35 m dan 1-4 m gacha tezlik bilan harakat qila oladi.


Download 87.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling