Yil uchun Davlat statistika ishlari dasturining yanvar- dekabr oylarida bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot
IV. Mamlakat miqyosida amalga oshiriladigan yirik tadbirlar
Download 297.72 Kb. Pdf ko'rish
|
yanvar-dekabr-dastur-ijrosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yo‘l xaritasi”
IV. Mamlakat miqyosida amalga oshiriladigan yirik tadbirlar Aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmoni hamda 2020 yil 16 martda “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1-25 noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur qaror bilan: O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom; O’zbekiston Respublikasida 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish Dasturi; O’zbekiston Respublikasida 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari; Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom; O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi va “O’zarxiv” agentligining 2021 yil 19 yanvardagi 1-qq-son va 11-son qo‘shma qarori bilan “Aholini ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan vaqtincha saqlanishi), yo‘q qilinishi tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan. 2021 yil 18 martda Davlat statistika qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda “O’zbekiston Respublikasida 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan kartografik materiallarni tayyorlash ishlarini 11 tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori tasdiqlangan. Mazkur qo‘shma qarorga muvofiq sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi belgilangan hududlar bo‘yicha kartografik materiallarni sifatli tayyorlash va chop etish hududiy kadastr va statistika boshqarmalari o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshirilishi belgilab berilgan. 2021 yilning 16 aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasining 12-son qarori bilan “O’zbekiston Respublikasida 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma”si tasdiqlangan. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2021 yil may oyi davomida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida kadastr organlari tomonidan tayyorlangan mahallalarning xaritalari jami 175 nafar (Xo‘jaobod tumanida Download 297.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling