Yil uchun Davlat statistika ishlari dasturining yanvar- dekabr oylarida bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot


Download 297.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana04.02.2023
Hajmi297.72 Kb.
#1161886
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yanvar-dekabr-dastur-ijrosi



2021- yil uchun Davlat statistika ishlari dasturining
yanvar- dekabr oylarida bajarilishi to‘g‘risida 
MA’LUMOT 
 
I. Davlat statistika ishlari dasturi ijrosi, statistika uslubiyoti 
va amaliyotini takomillashtirib borish tadbirlari 
Davlat statistika ishlari dasturi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021- yil 11- fevraldagi “2021-yil uchun Davlat statistika ishlari 
dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-son qarori bilan tasdiqlangan.
Dasturga muvofiq 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida jami 2492 ta statistika 
ishlari belgilangan muddatlarda va to‘liq hajmda bajarildi, shundan 2011 tasi davlat 
statistika organlari tomonidan va 481 ta ishlar boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar 
tomonidan bajarildi. 
Shuningdek, 2020- yilning yanvar-dekabr oylari, 2021- yilning yanvar-mart
yanvar-iyun, yanvar-sentabr oylari yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasining 
ijtimoiy-iqtisodiy holati” axborotnomasi (doklad) o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop 
etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi 
hamda tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi. 
Shu bilan birga, 2021- yil yanvar, yanvar-fevral, yanvar-aprel, yanvar-may
yanvar-iyul, 
yanvar-avgust, 
yanvar-oktabr, 
yanvar-noyabr 
davrlari 
uchun 
“O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati” statistika risolasi 2 tilda 
(o‘zbek, rus) chop etilib, belgilangan ro‘yxat asosida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarga 
taqdim etildi. 
Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq bajarilgan ishlar natijalariga ko‘ra 
shakllantirilgan ochiq statistika ma’lumotlari, axborotnomalar, to‘plamlar, press-
relizlar ko‘rinishida hamda ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytlar va 
ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda milliy va xorijiy foydalanuvchilar 
e’tiboriga yetkazib berildi. 
Xususan, 2021- yil davomida qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy 
Telegram kanalida 8951 ta, Facebook sahifasida 8951 ta, Instagram sahifasida

Download 297.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling