Yil uchun Davlat statistika ishlari dasturining yanvar- dekabr oylarida bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot
Download 297.72 Kb. Pdf ko'rish
|
yanvar-dekabr-dastur-ijrosi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi
“2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-son qarori qabul qilingan. Mazkur qaror bilan 16 ta milliy maqsad va Barqaror rivojlanish maqsadlarining (BRMning) 125 ta milliy vazifalar ro‘yxati tasdiqlangan. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan quyidagi ishlarni amalga oshirgan: Muvofiqlashtiruvchi kengashning (27.12.2018 y №02-02/1-1841) qaroriga muvofiq Barqaror rivojlanishning milliy ko‘rsatkichlari bo‘yicha idoralararo ishchi guruh tarkibi tasdiqlangan. Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini sifatli shakllantirish maqsadida Idoralararo ishchi guruhi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari vakillari ishtirokida ishchi uchrashuvlar, video seminarlar tashkil etildi. Uchrashuvlar natijalariga ko‘ra 2019 yil mart oyida milliy BRM indikatorlari ro‘yxati tasdiqlangan. BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda, Milliy BRM indikatorlarini shakllantirish bo‘yicha metodologiyani ishlab chiqish, shuningdek, vazirlik va idoralar mutaxassislarining statistik salohiyatini oshirish hamda tajriba almashish maqsadida, xalqapo tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan xolda seminarlar tashkil etilgan. 14 Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot Dasturining texnik ko‘magida Milliy BRM veb-sayti ( www.nsdg.stat.uz ) yaratildi va foydalanuvchilar uchun 128 ta indikatorlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilgan. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha yillik statistika to‘plami o‘zbek, rus va ingliz tillarida 2019 yil dan boshlab har yili nashr etilib kelinmoqda. Jumladan, Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha yillik to‘plam BMT Taraqqiyot dasturining moliyaviy ko‘magida o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi va O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan BMT Taraqqiyot dasturiga, YuNISYeF bolalar jamg‘armasiga, Jahon bankining vakolatxonasiga, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi vakolatxonasiga, Yevropa ittifoqi vakolatxonasiga (jami 15 ta xalqaro tashkilotlarga) jo‘natilgan, elektron shakli www.nsdg.stat.uz saytiga joylashtirilgan. Ma’lumot uchun: Milliy BRM bo‘yicha statistika to‘plamining ingliz tilidagi shakli BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi rasmiy veb-saytida MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib e’lon qilindi. Muvofiqlashtiruvchi kengashning 28.08.2020 y. №02-02/1-1841 son yig‘ilish bayoni bilan Milliy BRM indikatorlariga o‘zgartirishlar kiritildi, va 30.11.2020 y. №02/1-1841 son bilan yangilangan (199 ta) indikatorlar tasdiqlandi. Jumladan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2021 yil sentabr holatiga 128 ta Milliy BRM indikatorlari bo‘yicha ma’lumotlar ishlab chiqilgan bo‘lib, 48 ta ko‘rsatkichlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan, 23 ta indikatorni shakllantirish bo‘yicha vazirlik idoralar hamda BMTning agentliklari ishtirokida muhokamalar o‘tkazilmoqda. Multiindikator klaster (MICS) kuzatuvlarini o‘tkazish masalalarida Download 297.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling