Yil uchun Davlat statistika ishlari dasturining yanvar- dekabr oylarida bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot
Download 297.72 Kb. Pdf ko'rish
|
yanvar-dekabr-dastur-ijrosi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi “2017-2021
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-son Farmonining 82-bandida nazarda tutilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 104-son qaroriga muvofiq, “O’zbekiston Respublikasida 2024 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasi”, “O’zbekiston Respublikasida 2024 yilda qishloq xo‘jaligi 17 sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga doir chora-tadbirlar rejasi”, shuningdek O’zbekiston Respublikasida 2024 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi hamda hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi tasdiqlangan. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 1 martdagi 18-sonli buyrug‘i tasdiqlangan. Mazkur buyruqqa asosan, qarorda belgilangan tegishli vazifalarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan barcha zarur tashkiliy choralarni ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatilgan. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi 104-son qarorida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tamoyillari hamda metodik asoslari, ro‘yxatdan o‘tkazishga doir boshqa masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Shunga asosan, xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va xorijiy davlatlar tajribasi asosida, qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali 2021 yil 16 iyul kuni 47752-son bilan manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga idoraviy kelishuv uchun yuborildi. Shuningdek, mazkur qaror loyihasi 2021 yil 20 sentabr kuni jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. Jamoatchilik muhokamasidan so‘ng ushbu qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun qo‘mitaning 2021 yil 15 oktyabrdagi 01/1-11-19-176- son hamda joriy yil 10 noyabrdagi 01/1-11-19-186-son xatlari orqali O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritildi va ijobiy xulosa olindi. Ushbu qaror loyihasi 2021 yil 27 dekabrda 01/1-11-19-216-son xat orqali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Download 297.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling