Yil uchun Davlat statistika ishlari dasturining yanvar- dekabr oylarida bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot


 ta va Twitter sahifasida  250 ta


Download 297.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi297.72 Kb.
#1161886
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yanvar-dekabr-dastur-ijrosi

595 ta va Twitter sahifasida  250 ta yangiliklar e’lon qilindi.
Shuningdek, 400 dan ortiq infografika roliklari hamda statistika faoliyatiga oid 
lavhalar “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “O‘zreport” telekanallarida doimiy tarzda 
efirga uzatilib kelinmoqda. 
Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy veb-saytining “Rasmiy statistika” bo‘limida 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, milliy hisoblar, narx va indekslar, sanoat, qishloq 



xo‘jaligi, aholi turmush darajasi va boshqa qator statistika yo‘nalishlari bo‘yicha
330 ta statistika ma’lumotlari to‘plamlari e’lon qilindi. 
“Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo”, “Yangi O‘zbekiston”, “Pravda Vostoka”, 
“Iqtisodiy gazeta”, “Birja”, “Ishonch”, “Oila davrasida” va boshqa nashrlarda statistik 
ko‘rsatkichlar aks etgan 70 dan ortiq materiallar chop etildi. 
Xalqaro statistika amaliyoti tavsiyalarini inobatga olgan holda, statistika 
sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha 2021- yil yanvar-dekabr oylarida 38 ta yangi 
uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi hamda 7 ta uslubiy qo‘llanmalarga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritildi. 
Respondentlar 
uchun 
qulaylik 
yaratish 
maqsadida 
ilg‘or axborot 
texnologiyalaridan foydalangan holda statistika hisobotlarini topshirish tizimi 
takomillashtirilib, eStat-4.0 axborot tizimi ishga tushirildi va natijada oylik va 
choraklik hisobotlarni onlayn rejimda qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. 
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini 
avtomatlashtirish doirasida aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini 
kiritish va qayta ishlash bo‘yicha axborot tizimi ishlab chiqildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlar bazasiga ulangan API tizimilarini 
ishlash jarayoni to‘liq monitoringdan o‘tkazildi va dasturiy kodlari takomillashtirildi. 
O’zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan, yalpi 
ichki mahsulotni hisoblash metodologiyasini takomillashtirish va “Milliy hisoblar 
tizimi – 2008” xalqaro standartiga moslashtirish bo‘yicha 2021- yil yanvar-dekabr 
oylarida quyidagi ishlar amalga oshirilgan: 
“Milliy hisoblar va tarmoqlar statistikasi ko‘rsatkichlarini diskret davrlar 
asosida hisoblash amaliyotini joriy etish bo‘yicha Harakatlar rejasi” ishlab chiqilgan 
hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 8- fevraldagi 2-son qarori bilan 
tasdiqlangan; 
xalqaro tajribani o‘rgangan holda, “Iqtisodiy statistika ko‘rsatkichlarini diskret 
choraklar asosida shakllantirish tartibi” ishlab chiqilgan va Davlat statistika 
qo‘mitasining 2021- yil 31- martdagi 9-sonli qarori bilan tasdiqlangan; 
2021- yil 15-17- fevral kunlari Davlat statistika qo‘mitasida Osiyo taraqqiyot 
bankining “Milliy hisoblar tizimining alohida ko‘rsatkichlar mavzusida”gi bilimlarni 
oshirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha texnik ko‘mak missiyasi onlayn tarzda bo‘lib 
o‘tgan; 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
milliy 
hisoblar 
tizimida 
tabiiy 
resurslar 
ko‘rsatkichlarini aks ettirishni takomillashtirish maqsadida 2021- yil 1-5 mart kunlari 
Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari uchun Milliy hisoblarda tabiiy resurslar 
ko‘rsatkichlari tahlili bo‘yicha XVJning masofaviy tarzda missiyasi o‘tkazilgan; 



2021- yil 1-19- mart kunlari Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ishtirokida 
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) “Statistika bo‘yicha ko‘p maqsadli 
diagnostika missiyasi” o‘tkazilgan. Xususan, missiya doirasida XVJ ekspertlari bilan 
YaIM hisob-kitoblarini takomillashtirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilgan va 
kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olingan; 
2021- yil 17-28 may kunlari XVJning Choraklik milliy hisoblar statistikasini 
rivojlantirish bo‘yicha texnik ko‘mak missiyasi tashkil etilgan. Missiya davomida 
O’zbekistonda iqtisodiy statistika ko‘rsatkichlarini diskret davrlar asosida 
shakllantirishni joriy etish masalalari muhokama qilingan. 
To‘lov 
balansidagi 
eksport-import 
ko‘rsatkichlari 
va 
“safarlar” 
komponentini yakuniy iste’mol usulidagi YaIM hisob-kitoblarida aks ettirildi. 
Shuningdek, 2010- yildan boshlab yillik, 2016- yildan boshlab choraklik 
ko‘rsatkichlarni to‘lov balansi va “safarlar” komponentini hisobga olgan holda 
qayta hisoblab chiqildi. 
O‘z uyida yashash bo‘yicha shartli xizmatlar hajmi “Milliy hisoblar tizimi –
2008” xalqaro standarti bo‘yicha hisoblandi. Ushbu hisob-kitoblar YaIMning
2010 yildan boshlab yillik, 2016 yildan boshlab choraklik ma’lumotlari o‘z uyida 
yashash bo‘yicha shartli xizmatlar hajmini qo‘shgan holda qayta hisoblandi va e’lon 
qilindi. 
Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni statistik baholash bo‘yicha uslubiy nizom ishlab 
chiqildi va Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 30 apreldagi 15-son qarori bilan 
tasdiqlandi. 
Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohasi bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat 
hajmini hisoblash tartibi ishlab chiqildi va Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil
31 maydagi 16-son qarori bilan tasdiqlandi. 
Norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholash ishlarini takomillashtirish 
maqsadida Qo‘mitaning 2021 yil 19 maydagi 43-sonli buyrug‘iga asosan,
2021 yilning 24 may – 23 iyun hamda 26 iyul – 14 avgust kunlari Namangan 
viloyatining barcha tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslarni qamrab olgan holda 
tanlanma kuzatuvlar o‘tkazildi. 
O’tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalarini va ma’muriy ma’lumotlarni 
umumlashtirish va tahlil qilish asosida kuzatilmaydigan (yashirin va norasmiy) 
iqtisodiyot hajmi bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirildi hamda ularning tarmoqlar 
statistikasi va YaIM ko‘rsatkichlariga ta’siri baholandi. 
Shuningdek, Namangan viloyatida kuzatilmaydigan (yashirin va norasmiy) 
iqtisodiyotni statistik baholash natijalari yuzasidan batafsil ma’lumotnoma va tahliliy 
jadvallar tayyorlanib, Qo‘mitaning 2021 yil 1 dekabrdagi 01/1-03-01-76-sonli xati 



bilan 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar 
Mahkamasiga taqdim etildi. 
Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash bo‘yicha uslubiy 
nizom (yangi tahrirda) ishlab chiqildi va Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil
23 noyabrdagi 45-son qarori bilan tasdiqlandi.
Tovarlar va xizmatlar resurslari va ishlatilishi jadvallarini tuzish bo‘yicha 
uslubiy 
nizom 
ishlab 
chiqildi 
va 
Davlat 
statistika 
qo‘mitasining
2021 yil 16 dekabrdagi 56-son qarori bilan tasdiqlandi.
“2019 yil uchun Tovarlar va xizmatlar resurslari va ishlatilishi jadvallari” 
statistika byulleteni ishlab chiqildi va Qo‘mitaning 2021 yil 17 dekabrdagi
01/1-03-01-81-sonli xati bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
taqdim etildi. 
Narxlar statistikasi sohasida iste’mol narxlari indeksi kuzatuvlari uslubiyotini 
xalqaro tavsiyalar asosida yanada takomillashtirish doirasida, 2021 yil yanvar oyidan 
boshlab iste’mol narxlari indeksini to‘liq BMTning Classification of Individual 
Consumption According to Purpose (COICOP) 2018 xalqaro standartiga asoslangan, 
Maqsadlar bo‘yicha individual iste’mol tasniflagichi 2018 (MIIT 2018) asosida 
shakllantirilgan. 
Iste’mol narxlari indeksi kuzatuvlari o‘tkaziladigan savdo va xizmat ko‘rsatish 
ob’ektlarini Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlari asosida 
tanlab olish amaliyoti joriy qilingan. 
O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro taqqoslash dasturi - 2021”da ishtiroki 
ta’minlangan. Mazkur dastur doirasida tasdiqlangan reja-jadvalga asosan 2021 yilning 
1 choragi uchun mart oyida kuzatuvlar tashkil etilib, dastur koordinatori tomonidan 
taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha mavjud ikki minga yaqin tovarlar va xizmatlarning 
narxlari ro‘yxatga olingan. To‘plangan ma’lumotlar puxta tahlil qilinib, 2021 yilning 
iyun oyida dastur koordinatori – Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Statistika 
qo‘mitasiga taqdim etilgan. 
Shu bilan birga, 2021 yilning iyun oyida 2 chorak uchun belgilangan tovar va 
xizmatlarning narxlari kuzatuvi o‘tkazildi hamda dastur koordinatoriga taqdim etildi. 
“Xalqaro taqqoslash dasturi - 2021” doirasida 2021 yilning avgust-sentabr 
oylarida 3 chorak uchun narxlar kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv ma’lumotlari 
umumlashtirildi hamda dastur koordinatoriga yil yakunlari yuzasidan ma’lumotlar 
tayyorlash uchun tahlil amalga oshirildi.
“Xalqaro taqqoslash dasturi - 2021” doirasida 2021 yilning noyabr-dekabr 
oylarida navbatdagi bosqichda narxlar kuzatuvi o‘tkazildi. Shu bilan birga,
2021 yilning noyabr oyida dastur koordinatori tomonidan taqdim etilgan “Investitsion 
tovarlar” guruhi bo‘yicha ish rejaga muvofiq, narxlar kuzatuvi o‘tkazilib, tahlillar 
amalga oshirilib, ma’lumotlar umumlashtirildi. Kuzatuvlar va tahlillar natijalari 



yuzasidan yakuni ma’lumotlar 2021 yilning noyabr oyida dastur koordinatori – 
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Statistika qo‘mitasiga taqdim etilgan. 
Statistika ma’lumotlari sifatini oshirish borasida hisobot topshiruvchi sub’ektlar 
o‘rtasida profilaktika tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan, 2021 yil yanvar-dekabr 
oylarida respublikaning barcha hududlarida 2904 ta seminarlar, 5272 ta “Ochiq 
eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi, 229,7 mingdan ortiq bukletlar tarqatildi
va 6631 marta ommaviy axborot vositalarida chiqishlar tashkil etildi. 
Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini takomillashtirish, ma’lumotlar sifatini 
oshirish va ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida, 
Portalda e’lon qilinayotgan ma’lumotlar to‘plamlari soni 3600 dan oshdi. Jumladan, 
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Portalda e’lon qilinayotgan statistika 
ma’lumotlari to‘plamlari soni 2041 tani tashkil qildi. 
2021 yilning 20 yanvar kuni Qo‘mita tomonidan, O’zbekiston Hukumatining 
Xalqaro ochiq ma’lumotlar Xartiyasiga qo‘shilishiga tayyorligi haqida ma’lumot 
berilib, Xalqaro ochiq ma’lumotlar Xartiyasi rahbariyatiga 01/1-24-14-6-sonli 
rasmiy murojaatnoma yuborildi. 
Mazkur murojaat natijasida, 2021 yilning 18 fevral kuni O’zbekiston 
Respublikasi Xalqaro ochiq ma’lumotlar Xartiyasiga 23-mamlakat bo‘lib qo‘shildi 
va Janubiy Koreya hamda Filippindan keyin Osiyodagi uchinchi mamlakat 
hisoblanadi. 
2021 yilning 5 mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 
“International Open data day” doirasida vazirlik va idoralar, YeXHTning 
O’zbekistondagi koordinatori hamda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish 
markazi xodimlari va ekspertlari ishtirokida mamlakatimizda ochiq ma’lumotlarni 
ommalashtirishga bag‘ishlangan “Open Data Day Tashkent – 2021” mavzusida 
tadbir tashkil etildi. 
2021 yil 2 aprel kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Davlat 
statistika qo‘mitasi .Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik 
parki (IT Park Uzbekistan) va YeXHTning O’zbekistondagi loyihalari 
Koordinatori tomonidan tashkil etilgan “O’zbekistonda ochiq ma’lumotlar 
ekotizimining amaliy ahamiyati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar 
bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda ochiq ma’lumotlardan amaliy foydalanishni ilgari 
surish, O’zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalining yangi versiyasini 
ishlab chiqish, ochiq ma’lumotlar bo‘yicha startap-loyihalarni jadallashtirish 
dasturini ishga tushirish, Xaqaro ochiq ma’lumotlar Xartiyasi tamoyillarini amalda 
tatbiq etish bo‘yicha kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi. 
2021 yilning 24-28 may kunlari Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 
YeXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida Open Data 



Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma’lumotlar reytingini olib boruvchi Open Data 
Watch tashkiloti vakili Jemison Krouell bilan mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar 
sohasini yanada rivojlantirish, ochiq ma’lumotlar sifatini baholovchi ODIN va 
boshqa reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga 
qaratilgan seminar-treninglar tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 fevraldagi “Sun’iy 
intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4996-son qarori talablaridan kelib chiqib, mahalliy ilmiy 
tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi 
dasturchilar
va tashkilotlarga sun’iy intellekt asosidagi dasturiy ta’minotda foydalanish uchun 
davlat va boshqa ma’lumotlar to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi 
raqamli ma’lumotlar platformasi yaratilib, mazkur platforma orqali veb-servisdan 
foydalangan holda ma’lumotlarni integratsiyalash imkoniyati yaratildi. 
2021 yilning avgust oyida ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanuvchilarga 
qulaylik yaratish maqsadida, vazirlik va idoralarning idoraviy axborot resurslarini 
integratsiya qilish hamda ochiq ma’lumotlar to‘plamiga taqdim etilgan geografik 
ob’ektlarga geolokatsiya axborotlarini joylashtirish imkoniyatlariga ega bo‘lgan 
O’zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalini takomillishtirilgan, 
ilg‘or xalqaro amaliyotni hisobga olgan interfeysdagi yangi versiyasi ishga 
tushirildi 
va data. egov. uz manziliga joylashtirildi. 
Open Data Soft tomonidan ishlab chiqilgan 2600 dan ortiq ochiq 
ma’lumotlar portallarining to‘liq ro‘yxati hisoblangan Open Data Inception 
ma’lumotlariga ko‘ra jahon mamlakatlari orasida O’zbekiston 99 ta ochiq 
ma’lumotlar manbalari bilan ochiq ma’lumotlar manbalari soni mavjudligi 
bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egalladi. 
2021-yil 26- noyabrdan 3- dekabrga qadar yurtimizda ochiq ma’lumotlar 
haftaligi – “Open data week Uzbekistan – 2021” bo‘lib o‘tdi. 
Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik 
tadqiqotlar institutida tizim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
dasturiga asosan 2021 yil yanvar-dekabr oylarida 9 ta o‘quv kurslarida 1199 nafar 
xodimlarning malakasi oshirildi
Institut tomonidan hisobot davrida 10 ta mavzuda: 
“Kichik korxona va mikrofirmalarda iqtisodiy tarmoqlar kesimida (sanoat, 
savdo, qurilish, xizmat, transport) tanlanma kuzatuvlarni o‘tkazish tadqiqoti” 
mavzusida



“Ishchi kuchi tanlanma kuzatuvini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy nizom” 
mavzusida;
“Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida aholi turmush darajasini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlarni hisoblash hamda uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvini o‘tkazish 
uslubiyotini takomillashtirish” mavzusida; 
“Qurilish ishlari hajmini mavsumiy omillarni inobatga olgan holda xisoblash 
bo‘yicha takliflar ishlab chiqish” mavzusida; 
“Xizmatlar hajmini yanada to‘liqroq aks ettirish maqsadida xizmatlar 
sohasidagi yashirin sektor hajmini baholash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish” 
mavzusida; 
“Iste’mol savatchasi va tirikchilik uchun eng kam miqdorning aniq qiymati va 
tarkibi bo‘yicha aholining qashshoqlik darajasi ko‘rsatkichlarini hisoblash 
metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusida; 
“Fermer xo‘jaliklari faoliyatini tanlanma statistik kuzatuvlar usulida 
o‘rganish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar (xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar 
tajribalarini inobatga olgan xolda)” mavzusida; 
“Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni aks ettirishda matematik, statistika va 
ekonometrika usullarini keng qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” mavzusida; 
“Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida to‘yib ovqatlanmaslik tarqalishi 
ko‘rsatkichlarini aniqlashga uslubiy yondashuvlar” mavzusida; 
“Raqamli 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishning 
statistik 
tahlilini 
takomillashtirishning nazariy-uslubiy jixatlari” mavzusida tadqiqot ishlari bajarildi 
va amaliyotga joriy etildi.
“O’zbekiston statistik axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnalining samarali 
faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur jurnalda mamlakatimiz iqtisodiyoti va 
statistika sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, tadqiqot va 
ishlanmalar natijalari e’lon qilib borilmoqda. 2021 yilda jurnalning 3 ta soni nashr 
etildi. 

Download 297.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling