Yil uchun Davlat statistika ishlari dasturining yanvar- dekabr oylarida bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot
III. Xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi
Download 297.72 Kb. Pdf ko'rish
|
yanvar-dekabr-dastur-ijrosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45 ta savolnomalari, jumladan, BMT Statistika bo‘limining 10 ta
III. Xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi
Xalqaro tashkilotlar bilan sohani rivojlantirish, ilg‘or tajribalar va zamonaviy uslubiy tavsiyalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan yaqindan hamkorlik hamda mamlakat ko‘rsatkichlarini xalqaro axborot bazalarida aks ettirish yuzasidan axborot almashinuvi aloqalari yo‘lga qo‘yildi. 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida xalqaro tashkilotlarning 45 ta savolnomalari, jumladan, BMT Statistika bo‘limining 10 ta, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining 5 ta, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi statistika bo‘limi (BMT YeIK)ning 3 ta, YuNYeSKO statistika institutining 9 ta, Xalqaro Elektroaloqa Ittifoqining 2 ta, Osiyo Taraqqiyot Bankining 1 ta, va boshqa xalqaro tashkilotlarning 15 ta savolnomalari to‘ldirilib, taqdim etildi. Bundan tashqari, 2 ta xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi, xususan XVJning kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi doirasida, BMTning UNDATA va "COMTRADE", ma’lumotlar bazalarida O’zbekistonning statistik ko‘rsatkichlari o‘z vaqtida yangilandi. Jumladan, tovarlar savdosi bo‘yicha BMTning “COMTRADE” axborot bazasida 4700 ta tovar turlari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi ma’lumotlarini har oyda yangilab borilishi ta’minlandi. XVJning kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (e-GDDS) doirasida 275 ta indikator bo‘yicha ma’lumotlar to‘plamlari har oyda muntazam yangilab borilmoqda. Bundan tashqari, XVJning kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimidan (e-GDDS) Ma’lumotlarni tarqatishning maxsus standartiga (SDDS) o‘tish yuzasidan zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hususan, XVJ Statistika departamenti rahbariyati va ekspertlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida joriy yilning 1-19 mart kunlari mobaynida masofaviy tarzda diagnostik missiya tashkil etildi. Missiya davomida Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Markaziy bankning makroiqtisodiy va moliyaviy statistikasining holati, amaliyotga so‘nggi xalqaro tavsiyalar va standartlarni joriy etilganligi, tegishli statistika ma’lumotlarini tayyorlash va tarqatish amaliyotining Ma’lumotlarni tarqatishning maxsus standartining to‘liqlik, davriylik va muntazamlik qoidalariga mos kelishi o‘rganildi. O’rganish natijalariga ko‘ra 2021-2022 yillar moybaynida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarni qamrab olgan “Yo‘l xaritasi” va O’zbekiston Respublikasini XVJning Ma’lumotlarni tarqatishning maxsus standartiga to‘liq ulanishi bo‘yicha grafik ishlab chiqildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling