Yil uchun Davlat statistika ishlari dasturining yanvar- dekabr oylarida bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot


II. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi


Download 297.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana04.02.2023
Hajmi297.72 Kb.
#1161886
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yanvar-dekabr-dastur-ijrosi

II. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi 
“O’zbekiston 
Respublikasining 
milliy 
statistika 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son 
qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar 
O’zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi 
ishlab chiqilgan va 2020 yil 29 avgustda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Vazirlar 
Mahkamasining 2020 yil 26 oktyabrdagi Rayosat majlisining 128-son bayoniga 
asosan Qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan va Oliy Majlisga kiritilgan. 
Qonun loyihasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 



tomonidan 2020 yil noyabr oyida birinchi o‘qishda, 2021 yil may oyida ikkinchi va 
uchinchi o‘qishda qabul qilingan hamda Oliy Majlis Senati tomonidan 2021 yil
28 iyunda ma’qullangan. 
 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida” O’zbekiston Respublikasi Qonuni 2021 yil 
11 avgustda O’RQ-707-son bilan tasdiqlandi. 
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2020-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi 
statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l 
xaritasi”ning: 
4-bandi ijrosini ta’minlash, statistika faoliyatiga sifatni boshqarishning ilg‘or 
tizimlaridan biri sifatida umume’tirof etilgan “Statistika ma’lumotlarini taqdim 
etishning universal modeli”ni (GSIM - Generic Statistical Information Model) joriy 
etish maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 15 yanvarda 5-sonli 
buyrug‘i qabul qilinib, unga muvofiq Qo‘mitaning 2021 yil 23 iyundagi 21-son 
qarori bilan: 
Statistika dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi; Statistika sohasida 
tasniflar, metodologiyalar va kuzatuv shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash 
bo‘yicha namunaviy uslubiy qo‘llanma; 
Metama’lumotlarni ishlab chiqish bo‘yicha namunaviy uslubiy qo‘llanma; 
Statistik ko‘rsatkich va indikatorlarni belgilash tizimi idoraviy tasniflagichi 
tasdiqlandi. 
26-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi 
ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqish 
maqsadida Qo‘mitaning 2021 yil 26 fevralda 17-sonli buyrug‘i qabul qilindi;
38-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan 
tanlama kuzatuvlar sifatini yanada oshirish uchun elektron qurilma(planshet)lar 
yordamida 
kuzatuv 
o‘tkazishni 
tashkil 
etish 
bo‘yicha 
Qo‘mitaning
2021 yil 11 martda 24-sonli buyrug‘i qabul qilindi;
21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 
31 martdagi 6-son qarori bilan “O’zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimi 
doirasida respondentlar bilan ishlash siyosati” tasdiqlandi. 
Qo‘mitaning 2021 yil 23 iyundagi 22-son qarori bilan “O’zbekiston 
Respublikasining milliy statistika tizimi doirasida statistik kuzatuv o‘tkazish 
vaqtida respondentlarga hisobot yuklamasini o‘lchash tizimi” tasdiqlandi.
Qo‘mitaning 2021 yil 30 iyuldagi 28-son qarori bilan “Respondentlarga 
hisobot yuklamasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash va 
ularni nazorat qilish tartibi” tasdiqlandi. 



Qo‘mitaning 2021 yil 17 dekabrdagi 58-son qarori bilan “Statistika 
ma’lumotlarini ishlab chiqishning milliy modeli umumiy tuzilmasidagi bosqich va 
jarayonlarni tavsiflovchi uslubiy qo‘llanma” tasdiqlandi. 

Download 297.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling