Yil uchun Davlat statistika ishlari dasturining yanvar- dekabr oylarida bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot
nafar, Yuqori Chirchiq tumanida 37
Download 297.72 Kb. Pdf ko'rish
|
yanvar-dekabr-dastur-ijrosi
35 nafar, Yuqori Chirchiq tumanida 37 nafar, Xiva shahrida 22 nafar va
Yashnobod tumanida 81 nafar) uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchi xodimlar (registratorlar) tomonidan joyiga chiqqan holda haqiqiy holatga mosligi o‘rganilib, uy-joylar ro‘yxati tuzib chiqilgan hamda uyma-uy yurgan holda aholi soniga aniqlik kiritilib, xonadonlar ro‘yxati yangilangan. 2021 yil may oyi davomida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi belgilangan Xo‘jaobod, Yuqori Chirchiq va Yashnobod tumanlari hamda Xiva shahrida jami 175 nafar registratorlar tomonidan aholi soniga aniqlik kiritilgan holda xonadonlar ro‘yxati yangilab chiqildi. Aholini ro‘yxatga olishning rasmiy veb-saytida ( aholi.stat.uz ) aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muntazam ravishda yoritib borilmoqda. Mazkur saytda O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlar, uslubiy qo‘llanmalar, nashrlar, foto va videolavhalar joylashtirib borilmoqda. 2021 yil yanvar-dekabr oylarida Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha markaziy va mahalliy televideniyalarda 679 ta ko‘rsatuvlar, radioda 923 ta eshittirishlar, gazeta va jurnallarda 971 ta maqolalar chop etildi. Mahallalarda 9063 ta, oliy ta’lim muassasalarida 1469 ta va umumta’lim maktablarida 3906 ta davra suhbatlari va seminarlar tashkil etildi. Shuningdek, rasmiy veb-saytlarda 10 mingdan ortiq maqola, e’lon va tezislar joylashtirildi. Shu bilan birga, Xo‘jaobod, Yuqori Chirchiq va Yashnobod tumanlarida hamda Xiva shahrida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirlari to‘g‘risida 12 kengroq xabardor qilish maqsadida aholi gavjum bo‘ladigan joylarga maxsus bannerlar joylashtirildi. Qo‘mita va hududiy statistika boshqarmalari mutaxassislari tomonidan “Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimi”ni sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. 2021 yil avgust oyida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladigan hududlar bo‘yicha ro‘yxatga olishning tashkiliy rejalari ishlab chiqilib, hududlarni ro‘yxatga olish, instruktorlik va hisob uchastkalariga bo‘linishi ta’minlandi. Tashkiliy rejaga muvofiq 50 ta ro‘yxatga olish uchastkalari, 254 ta instruktorlik uchastkalari va 1277 ta ro‘yxatga olish uchastkalari tashkil etildi. Mazkur uchastkalar uchun mahalliy hokimliklar tomonidan zarur vositalar bilan jihozlangan, xavfsizlik talablariga javob beradigan vaqtinchalik xonalar ajratildi. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jami bo‘lib 1885 nafar shaxslar vaqtincha shartnoma asosida jalb etilishi rejalashtirildi. Shundan, 100 nafari ro‘yxatga olish uchastkalarida ishlovchi xodimlar, 254 nafari instruktorlar, 254 nafari statsionar ro‘yxatga oluvchilar va 1277 nafari uyma-uy yurib ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tashkil etadi. Ichki ishlar organlari tomonidan sinov o‘tkaziladigan hududlar bo‘yicha jinoyatchilikka moyil va tarbiyasi og‘ir oilalar ro‘yxatlari shakllantirildi. Tanlab olingan xodimlar Davlat statistika qo‘mitasi va hududiy statistika organlari mutaxassislari tomonidan maxsus dastur asosida oktabr oyida 3 bosqichda o‘qitildi. 2021 yil 1-5 noyabr kunlari aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish uchun maxsus ishlab chiqilgan axborot tizimi yordamida Internet tarmog‘i orqali aholi ro‘yxatga olindi. 2021 yil 6-10 noyabr kunlari Internet tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarni yashash manzillari bo‘yicha ro‘yxati shakllantirilib, ikki marta ro‘yxatga olib qo‘yilmasligini ta’minlash maqsadida sinov o‘tkazilishi belgilangan hududlarga yetkazib berildi. 2021 yil 11-22 noyabr kunlari ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan uyma-uy yurgan holda respondentlar bilan so‘rov o‘tkazish orqali qog‘oz shaklida va qisman planshet qurilmalaridan foydalangan holda so‘rovnoma shakllarini to‘ldirish orqali ro‘yxatga olish ishlari tashkil etildi. 2021 yil 23-25 noyabr kunlari har bir hisob uchastkasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xonadonlarning kamida 10 foizini ixtiyoriy tanlab olgan holda nazorat kuzatuvlari tashkil etildi. Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra 4 ta hudud bo‘yicha jami 138,8 mingta xonadonda 585,0 ming kishi ro‘yxatga olindi. Joriy hisob bo‘yicha 2021 yil 1 noyabr holatiga 4 ta hudud aholisi 624,6 ming kishini 13 tashkil etgan. Ro‘yxatga olish natijalari joriy hisobga nisbatan 39,6 ming kishiga kam chiqqanligi kuzatildi. Hozirgi kunda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlarini qayta ishlash bosqichi davom etmoqda. Sinov hududlarida birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazi xodimlari tanlab olindi va 7-14 dekabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan maxsus dastur asosida videokonferensaloqa tarzida o‘qitildi. Maxsus o‘qitishdan o‘tgan markaz xodimlari 15- dekabrdan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish ishlarini boshladi. Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish yo‘nalishida monitoringni yo‘lga qo‘yish masalalarida Download 297.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling