Yil uchun Davlat statistika ishlari dasturining yanvar- dekabr oylarida bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot
Download 297.72 Kb. Pdf ko'rish
|
yanvar-dekabr-dastur-ijrosi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi
“2020-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida multiindikator klaster (MICS) kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 625-son qarori qabul qilingan. YuNISYeF tomonidan taqdim etilgan, kuzatuvni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda foydalaniladigan 1,0 mlrd.so‘mga yaqin qiymatdagi kompyuter texnikalari, asbob-uskunalar va materiallar qabul qilib olindi. Mobil qurilmalar (planshetlar) yordamida kuzatuvlarni o‘tkazish uchun dastur ishlab chiqildi. Toshkent, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining intervyuyerlar jamoalari uchun planshetlar yordamida so‘rovnomalarni to‘ldirish va ularning dastlabki sinovdan o‘tkazish uchun trening va sinov tariqasida 15 kuzatuvlar tashkil etildi. Dastlabki sinov natijalariga asoslanib, CAPI kompyuter ilovasi takomillashtirilgan. Joriy yilning mart oyida kuzatuvlarni o‘tkazish uchun 14 ta hududning supervayzer va intervyuyerlariga MICS xalqaro dasturi tavsiyalariga asosan trening mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. MICS kuzatuvini o‘tkazish ishlari: Milliy sohalararo muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021 yil 29 mart kungi 02/1-1394-son qarori 2-bandiga muvofiq tasdiqlangan savolnomalar asosida MICS global dasturi tavsiyalariga muvofiq, 2021 yilning aprel oyidan boshlab respublikaning 14 ta hududida 150 dan ortiq kuzatuvni o‘tkazishga mas’ullar ishtirokida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish ishlari boshlangan; kuzatuv ishlarini joylarda to‘g‘ri tashkil etilishini monitoring qilish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining markaziy apparatidan kuzatuvni o‘tkazish ishlariga mas’ul etib tayinlangan koordinatorlar hamda YuNISYeF mutaxassislari ishtirokida belgilangan grafikka muvofiq har haftada respublikaning barcha hududlariga monitoring tashriflari amalga oshirilgan; kuzatuv respublikaning barcha hududlaridan tanlab olingan 726 ta mahallalarda joylashgan 14 ming 520 ta uy xo‘jaliklari qamrab olinib, 2021 yilning aprel-iyun oylarida 559 ta klasterda (mahallada) joylashgan 10932 ta uy xo‘jaliklarida kuzatuv ishlari to‘liq yakunlandi; kuzatuv jarayonida yo‘l qo‘yilgan texnik xatoliklarni bartaraf etish yuzasidan Davlat statistika qo‘mitasi va YuNISYeF mutaxassislari tomonidan hududlardagi kuzatuv jamoalari (supervayzer va interverlar) bilan har haftada muhokamalar tashkil etilib, tavsiyalar berib borildi; Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan kuzatuv ishlarini amalga oshirish jarayonida CAPI (Computer-Assisted Personal Interviews) dasturining uzluksiz ishlashini ta’minlash choralari ko‘rildi, CAPI ilovasi va kiruvchi mikro ma’lumotlarning kunlik monitoringi amalga oshirildi; monitoring natijalariga ko‘ra xar haftada yig‘ma jadvallar tuzilib, anonimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirib borildi; tabulyatsiya jadvallarini o‘rganish hamda to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish uchun joriy yilning 30 iyun kunidan kuzatuv ishlari joylarda vaqtincha to‘xtatildi. YuNISEF tashabbusiga ko‘ra, kuzatuv natijalarini muhokama qilish va kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olish maqsadida joriy yilning 30 iyunidan 2 iyul kuniga qadar YuNISEFning Bosh ofisi va Mintaqaviy vakolatxonasining xalqaro ekspertlari ishtirokida onlayn tarzda seminarlar tashkil etildi; 16 Davlat statistika qo‘mitasidan kuzatuvni o‘tkazishga mas’ul koordinatorlar tomonidan YuNISEF vakillari bilan birgalikda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha kuzatuv ma’lumotlari bazasi tahlili amalga oshirildi hamda tahlillar davomida kuzatuv natijasida chiquvchi 200 dan ortiq ko‘rsatkichlar o‘rganildi; tahlil natijalariga ko‘ra, 559 ta klasterda (mahallada) joylashgan 10932 ta uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuv sifatli deb topildi va uning natijasida shakllangan ma’lumotlar umumiy holatda maqbul deb hisoblandi; YuNISYeF ekspertlari tomonidan kuzatuvni ikki bosqichga bo‘lishni, ya’ni birinchi bosqichni yakunlangan deb topish va ikkinchi bosqichni yuqoridagi 559 ta klasterda (mahallada) joylashgan 4448 ta uy xo‘jaliklarida YuNISYeF metodologiyasiga muvofiq kuzatuv ishlarini davom ettirish taklif etildi. Buning natijasida, kuzatuv yakunida shakllanishi ko‘zda tutilgan barcha indikatorlar bo‘yicha yuqori sifatli, reprezentativ ma’lumotlar olinadi. Davlat statistika qo‘mitasi YuNISYeF bilan birgalikda, MICS kuzatuvlarini davom ettirish bo‘yicha reja grafiklar ishlab chiqib kuzatuvni davom ettirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 2-bosqichda, YuNISYeF metodologiyasiga asosan, joylarda uy xo‘jaliklarida kuzatuv ishlarini o‘tkazish uchun mustaqil kuzatuvchilarni (intervyuyerlarni) jalb etgan xolda o‘tkazish belgilandi hamda qo‘mita veb sayti va boshqa manbaalar orqali e’lon berilib respublikaning turli hududlaridan jami 39 nafar talabgor saralab olindi va YuNISYeFning tavsiyalari asosida 17 kunlik trening va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi (19 oktyabrdan 6 noyabrgacha). 2021 yilning 12 noyabr sanasidan joylarda kuzatuv ishlarining ikkinchi bosqichi boshlandi, kuzatuvning ikkinchi bosqichi 2022 yil yanvar oyida yakunlanadi. 2024 yilda qishloq xo‘jaligida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlarini tashkil etish masalalarida Download 297.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling