Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tarixi


Yog‘och va plastmassa konstruksiyalar birikmalarining tasniflanishi


Download 68.93 Kb.
bet14/18
Sana26.10.2023
Hajmi68.93 Kb.
#1723902
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tari-fayllar.org

Yog‘och va plastmassa konstruksiyalar birikmalarining tasniflanishi. Yaxlit yog’och va plastmassa buyumlarining ko’ndalang kesim o’lchamlari va uzunligi turli texnik shartlar bo’yicha cheklangan. SHuning uchun bino va inshootlarning yuk ko’taruvchi va to’siq konstruktsiyalari kichik o’lchamdagi buyumlardan har xil biriktirish yo’llari bilan tuziladi. Biriktirish jarayoniga qarab, birikmalar zavodda yoki qurilish maydonida bajarilishi mumkin. Yelimli birikmalardan tashqari barcha birikmalar ko’chuvchanlik xossasiga ega, shuning uchun ularni hisoblashda yuk tahsiridan 0,2 dan 2,0 mm gacha o’zaro siljishga ruxsat etiladi.Birikmaning siljuvchanligi ezilish va egilish deformatsiyasiga bog’liqdir. Qovushqoq va yumshoq shakl o’zgarishidan tashqari, birikmalarda birikmaning yuk ko’tarish qobiliyati chegarasida yog’ochga xos qoldiq shakl o’zgarishi kuzatiladi. Ularning sezilarli qismini dastlabki yuklanishda sodir bo’ladigan boshlang’ich shakl o’zgarishi tashkil etadi. Birikmalarni loyihalashda va tayyorlash jarayonida boshlang’ich shakl o’zgarishining kamroq bo’lishiga erishilsa, birikmaning jipsligi ta’minlanadi. Konstruktsiyaning ishlash sharoitini o’rganishda uning buzilish sifati katta ahamiyatga ega. Agar buzilish yumshoq shakl o’zgarishining kuchli rivojlanishi bilan asta-sekin yuz bersa, birikma mo’rtmas deb ataladi. Buzilish to’satdan sodir bo’lsa, bunday birikma mo’rt deb ataladi. Bunday buzilish yog’ochning ko’chishi va yorilishidan, yoki tolalarning ezilishidan sodir bo’ladi; mo’rtmas birikmalarda esa mustahkamlik ezilishga bog’liq (8.1-rasm). Agar egri chiziq hosil qilgan ishni Ax va Av bilan belgilasak, mo’rtmas birikmaning solishtirma ishi mo’rt birikmaning solishtirma ishidan katta:Av/Rv> Ax/Rx.SHuning uchun mo’rtmas birikma takroriy yuklanganda, uning qarshiligi kafolat bilan ishonchni oqlaydi. Konstruktsiyalarda bir qismining kam yuklanishi, ikkinchi qismining esa haddan tashqari ortiq zo’riqishi natijasida mo’rt buzilish sodir bo’ladi. Siljuvchan mo’rtmas birikmalar konstruktsiyalarning barcha qismiga zo’riqishni bir tekis taqsimlashi evaziga birikmaning ishonchli ishlash kafolatini beradi. Birikmaning mustahkamligini tekshirishda, yog’ochning butog’i, darzi, qiyshiq tolaligi kabi nuqsonlariga ehtibor berish kerak. Nuqsonlarning tahsiri kam sonli mustahkam bog’lovchili birikmada ko’proq bo’ladi. SHuning uchun birikmalarda zo’riqishlarni tekis tarqatish maqsadida ko’p sonli mayda bog’lovchilardan foydalanish kerak. Bu o’z navbatida ko’chib-siljish tekisliklari sonini ko’paytirib, yorilishdan va sinishdan sodir bo’ladigan xavfni ancha kamaytiradi.Birikmadagi barcha bog’lovchilar bir turda bo’lishi va bir xil bikrlikka ega bo’lishi, hamda ular element o’qiga nisbatan simmetrik joylashishi, qo’shimcha zo’riqish hosil qilmasligi kerak. Buyumning birikkan joyida kesim yuzasini kamroq bo’shashtirishga intilish kerak. Ishlab-chiqarish nuqtai nazaridan tayyorlash va yig’ish sodda, tekshirib turilishi qulay birikmalar afzal hisoblanadi. Yog’och konstruktsiyalar elementlarining birikmalari hisobi QMQ 2.03.08-98 ga muvofiq olib boriladi. Alohida bog’lovchi yoki birikmaga ta’sir etuvchi hisobiy zo’riqish ularning yuk ko’tarish qobiliyatidan ortmasligi kerak.Hisoblash jarayonida zo’riqishlar bog’lovchilarning yuk ko’tarish qobiliyatiga mos ravishda taqsimlanadi deb faraz qilinadi.











Download 68.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling