Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tarixi


Yog‘och konstruksiyalar elementlarining birikmalari haqida qisqacha ma’lumotlar. Q


Download 68.93 Kb.
bet13/18
Sana26.10.2023
Hajmi68.93 Kb.
#1723902
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tari-fayllar.org

Yog‘och konstruksiyalar elementlarining birikmalari haqida qisqacha ma’lumotlar. Qurilishda ishlatiladigan yog’och-xodalar va tilingan taxta-yog’och materiallarining eng katta kesim o’lchamlari 25-28 sm, uzunliklari =6,5 m bilan chegaralangan. Maxsus buyurtma asosida tayyorlanuvchi taxta-yog’och materiallarining o’lchamlari ham yuqorida ko’rsatilgan qiymatlardan bir oz kattaroq bo’ladi xolos. SHuning uchun, katta oraliq va balandlikka ega bo’lgan yog’och konstruktsiyalarni tayyorlashda albatta birikmalardan foydalaniladi. Yog’och konstruktsiyalarning ko’ndalang kesim o’lchamlarini oshiruvchi birikmalar jipslashtirish deyiladi, ularining bo’ylama yo’nalishda uzunligini oshiruvchi birikmalar – o’stirish deb ataladi. Bundan tashqari, yog’och konstruktsiyalar tugunlarida ularning elementdagi turli burchaklar ostida ham biriktiriladi. Yog’ochning anizotroplik xususiyatlari birikish joylarida ko’proq namoyon bo’ladi, shuning uchun birikmalarning yechimlarini to’g’ri hal etish katta ahamiyat kasb etadi. Dastlab qo’llanila boshlangan birikmalarda zo’riqishlar bir elementdan ikkinchisiga bevosita kontakt yuzalar orqali uzatilgan va ularda ezuvchi kuchlanishlar yuzaga kelgan (turumli birikmalar - tirgaklar). Bunday birikmalar qo’llanilganda yog’och ortiqcha sarflanadi. Keyinchalik birikmalarda ishchi robitalarning qo’llanilishi katta qiymatlardagi cho’zuvchi zo’riqishlarni uzatish imkoniyatlarini yaratdi. Zamonaviy yog’och konstruktsiyalarda anhanaviy birikmalar bilan bir qatorda yangi, takomillashtirilgan tiplardagi birikmalar ham qo’llanilmoqda. Elimlangan birikmalarning qo’llanilishi yog’och konstruktsiyalarning rivojlanishida muhim bosqich bo’ldi. Yog’och konstruktsiyalarning turiga qarab, u yoki bu ko’rinishdagi birikmaning qo’llanilishi belgilanadi; bitta konstruktsiyada bir necha xil birikmalar ham qo’llanilishi mumkinYaxlit kesimli yog’ochning imkoni boricha keng qo’llanilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir.Yog’och konstruktsiyalar elementlarining birikmalari zo’riqishlarni uzatish usullariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
biriktiriluvchi elementlar kontakt sirtlarining bevosita tayanishi natijasida zo’riqishlar uzatiluvchi birikmalar; masalan: yog’och konstruktsiyalar elementlarining tayanchlarda biriktirilishi; tekis va o’ymali turumlar va shu kabilar.mexanik robitali birikmalar;elimli birikmalar;Yog’och konstruktsiyalarning birikmalarida qo’llaniluvchi mexanik robitalar turli xildagi yog’och, metall, qotishma yoki plastmassalardan tayyorlangan ishchi robitalar bo’lib, ular biriktiriluvchi elementlarning tanasiga kesib, o’yib, burab yoki presslab (botirib) kiritilishi mumkin. Mexanik robitalarga shponka (pona)lar, nagellar, boltlar, gluxarlar, mixlar, shuruplar, shponka tipidagi shuruplar, nagelsimon plastinkalar va tishli metall plastinkalar kiradi. Takomillashgan mexanik robitalardan foydalanish yaxlit kesimli yog’och konstruktsiyalarning qurilishda qo’llanilish sohalarini kengaytiradi va yelimlangan konstruktsiyalarning qurilish maydonida yig’ilishini soddalashtiradi.





Download 68.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling