Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tarixi
Download 68.93 Kb.
|
Yog’och konstruktsiyalarni qisqacha rivojlanish va qo’llash tari-fayllar.org
Yelimli birikmalar. Yelimlangan yog‘och konstruktsiyalar va birikmalar QMQ 2.03.08-98 qoidalari, hamda tavsiyalariga muvofiq loyihalanishi, tayyorlanishi va ishlatilishi lozim. Yelimli bog‘lovchi birikmaning butunlay yaxlitligini ta’minlaydi.Yelimli birikmalar kalta va mayda yog‘och elementlardan ixtiyoriy kesim va shakliga ega konstruktsiyalar barpo etish imkonini beradi.Yelimlangan yirik kesimli buyumlarni konstruktsiyalarining ayrim qismlarida hosil bo‘lgan kuchlanganlikka qarab joylashtirish mumkin. Ko‘p qatlamli yelimlangan buyumlarda yog‘och nuqsonlarining bir maydonga joylashish ehtimoli kamligi tufayli, ular yuqori mustahkamlikka ega bo‘ladilar. Undan tashqari, yelimlash jarayonida yog‘ochning ishga yaroqsiz nuqsonli qismlarini kesib tashlash mumkin. Yelimlangan birikma, asosan, yelim choki bo‘ylab siljishga ishlaydi. Ayrim hollarda yelimlangan choklarda cho‘zuvchi zo‘riqishlar ham paydo bo‘lishi mumkin.Yelimlayotganda yog‘och buyumlarni turli teshik va kemtiklar bilan zaiflashtirish shart emas. Yelimlash vositasida kesimlarga qo‘shtavr, qutisimon va boshqa samarador shakllar berilishi mumkin. Ijobiy xossalar bilan bir qatorida yelimli birikmalarning ayrim kamchiliklarini ham e’tiborga olish kerak. Yelimlangan konstruktsiyalar vaqt o‘tishi bilan iqlimning davriy va ichki kuchlanishlar ta’sirida darz ketishi va yorilishi mumkin. Yelimlangan konstruktsiyalarda qo‘llaniladigan taxtalar sifati uchun qo‘yilgan talab, yog‘ochning ishlatilish koeffitsientini pasaytiradi.Yelimlash uchun mo‘ljallangan taxtalar namligi 8-12% bo‘lishi va davlat me’yoriy talablarini qondirishi kerak.To‘g‘ri chiziqli elementlarni tayyorlash uchun qalinligi 50mm dan (randalanguncha) kichik bo‘lgan yog‘och taxtalar qo‘llanaladi.Egrilik radiusi l/150 gacha bo‘lgan yelimlangan elementlarda esa taxtalar qalinligi 40 mm dan oshmasligi kerak.Taxtalardan yelimlanuvchi elementlarda, yog‘ochning qurishi va mexanik ishlov berishni hisobga olgan holda eniga quyidagicha qo‘shimchalar qabul qilinadi: 80 dan 100 mm gacha – 10 mm; 110 dan 180 mm gacha – 15 mm; 200 dan 250 mm gacha – 20 mm.Yelimlanadigan taxta yuzasi silliq, sifatli randalanishi, changdan, moy va dog‘lardan tozalanishi kerak.Taxtalarni uzunligi bo‘yicha yelimlashda ko‘proq tishli yoki qiya tekislik choki qo‘llanilishi kerak. Tishlarning me’yoriy o‘lchamlari 8.1-jadvalda keltirilgan.Taxtalarni uzunasiga yelimlash uchun, agar taxta qalin bo‘lsa – 1-32, yupqa bo‘lsa – II-20 turdagi, egri chiziqli element uchun esa II-20 turdagi tishli birikmadan foydalanish kerak. Ko‘p qatlamli yuk ko‘taruvchi konstruktsiyalarni yelimlashda 1-50 va 1-32 turdagi biriktirishlar qo‘llaniladi. Faneralarning bo‘yi va eni bo‘ylab yelimlash uchun II-10 va II-20 turdagi biriktirishlar qo‘llaniladi. Konstruktsiyalarni tayyorlashda sun’iy qatronlar asosidagi suyuq yelimlar qo‘llanilishi lozim.Konstruktsiyalarga foydalanish jarayonida yuqori namlikka ega (75% dan ko‘proq) muhit ta’sir etsa, bunda yelim choklarining namlik va uzoq muddatga chidamliligini ta’minlovchi KB-3 toifali fenolformal’degid, FR-12 toifali rezortsin-formaldegid, FR-100, DFK-1AM yelimlarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Download 68.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling