Y og‘och yopmalarning yuk ko‘taruvchi elementlari. Yog‘och to‘shamalar – yog‘och to‘suvchi tom yopmalarida yuk ko‘taruvchi element hisoblanadi. Ularni tayyorlashga katta miqdorda yog‘och sarflanadi. Yog‘och to‘shamalarni to‘g‘ri loyihalash tomyopmaning iqtisodiy jihatdan samaradorligini belgilaydi. To‘shamalar, issiq tom yopma qatlamlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular asosiy yuk ko‘taruvchi konstruktsiyalarning ustivorligini tahminlashda, tik va shamol yuklamalariga qarshilik ko‘rsatadi. To‘shamaning konstruktsiyasi tomning va tom yopma issiqlik saqlagichlarning xususiyatlariga ham bog‘liqdir.Yog‘och to‘shamalar asosan yog‘ochli va yelimfanerli turlarga bo‘linadi. Yog‘och to‘shamalar eng ko‘p tarqalgan va qo‘llaniladigan to‘shamalardir. Ularni tayyorlashga ikkinchi va uchinchi nav yog‘och materiallari ishlatiladi. SHuning uchun to‘shamalar nisbatan arzon turadi. Ularning eng asosiy kamchiligi tayyorlash uchun mehnat sarfining yuqoriligi va yuk ko‘tarish qobiliyatining pastligi hisoblanadi. Yog‘och to‘shamalarni 3 metrgacha uzunlikda va yaxlit va panjarasimon ko‘rinishlarda tayyorlanishi mumkin. Panjarasimon to‘shamalarda yog‘och taxta oraliqlari eng kamida 2 sm oraliq bilan qo‘yiladi.Yaxlit to‘shamalarni bir qatlamli yaxlit va ikki qatlamli qilib tayyorlanadi. Kesishgan to‘shamalarning birinchi qatlam taxtalari oraliqlarini kamida 2 sm ochiq qoldiriladi va tepasiga 4560 gradus burchak ostida himoya yog‘och qatlami mixlanadi. Bunda birinchi qatlam taxtasi asosiy ishchi qatlam hisoblanadi. Himoya qatlamidagi taxtaning qalinligi kamida 16 mm ni, eni esa 100 mm ni tashkil qiladi.Yog‘och to‘shamalar egilishga mehyoriy va hisobiy tarqalgan va to‘plangan yuklamalar bo‘yicha hisoblanadi. To‘shamaning xususiy og‘irligi - issiqlik saqlagich, tom elementlari qalinliklari va zichliklari orqali aniqlanadi, hamda bu yuklamalar to‘shama yuzasi bo‘yicha tekis tarqalgan hisoblanadi.Qiyaligi burchak ostida bo‘lgan qiya tom yopmalardagi to‘shamalar yuklamalarga hisoblanadi. +or yuklamasining miqdori, qurilish rayonini hisobga olgan holda aniqlanadi. To‘plangan alohida yuklamalar sifatida, montaj jarayonida to‘shama ustida odam bo‘lganligi uchun 1kN kabul qilinadi. Hisobiy yuklamalarning qiymatlarini aniqlashda 1,1, issiqlik saqlagich va tom uchun 1,3 va qor yuklamasi uchun bo‘lgan holda 1,6 qabul qilinadi. Ko‘ndalang kesimni quyidagi formulalardan foydalanib ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini aniqlash mumkin:
|