Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet14/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

645-raqamli erituvchi (murakkab erituvchi) (ГОСТ 18188­72) ning tarkibida 18 % butilasetat yoki amilasetat, 9 % etilasetat, 3 % aseton, 10 % butanol, 50 % toluol bor. Bu, asosan, nitro- sellulozali lok, emallar va nitroshpaklovkani eritishda ishlatiladi.
646-raqamli erituvchi (ГОСТ 18188-72) quyidagilardan tarkib topgan: 10 % butilasetat, 8 % etilselluloza, 7 % aseton, 10 % butanol, 50 % toluol. Bu erituvchilarda nitroselluloza loklari, emal­lari va umumiy maqsadlar uchun ishlatiladigan shpaklovkalar suyultiriladi.
647-raqamli erituvchi (ГОСТ 18188-72) tarkibida quyidagilar bor: 29,8 % butilasetat yoki amilasetat, 21,8 % etilasetat, 7,7 % butanol, 42,3 % toluol. Nitroselluloza loki va emallarini suyultirish uchun ishlatiladi.
648-raqamli erituvchi (ГОСТ 18188-72) tarkibida 50 % bu­tilasetat, 10 % etanol, 20 % butanol va 20 % toluol bor. U nitroselluloza asosli lok-bo‘yoq materiallarni suyultirish, shu- ningdek, nitroemal parda qatlamlari ustidagi chiziqlar va tirnalgan joylami silliqlash uchun ishlatiladi.
РМЛ-315 erituvchisi (ТУ 6-10-1013-65) tarkibida 15 % butanol, 12 % etilsellozolv, 18 % etilasetat, 25 % toluol va 25 % ksilol bor. U ham nitroselluloza loklari, emallarini suyultirish, shujumladan, НЦ-223 lokini isitib turib sepishda ishlatiladi.
РЛ-277 erituvchisi (ТУ 6-10-1512-75) 1:1 nisbatda olingan etilenglikolsetat va siklogeksanonning aralashmasidir. Zichligi 20°C da 0,947—0,954 g/sm3, chaqnash harorati 30°C dan kam emas. Asosan, poliuretan loklarini suyultirishda ishlatiladi.
РЛ-278 erituvchisi (ТУ 6-10-1503-75) quyidagi organik eri- tuvchilarning aralashmasidan (% hisobida) iborat: etilsellozolv — 10, butanol — 20, etanol — 15, ksilol — 30, toluol — 25. Zichligi 20°C da 0,835—0,850 g/sm3. Undan НЦ-223 tipidagi niroselluloza loklarini qizdirib purkashda foydalaniladi.
Suyultiruvchilar. PKB-1 suyultirgichi (TY 6-10-1326-73) 50 % ksilol va 50 % butanoldan iboratdir. U melamin-, mochevina va fenol-formaldegidli issiq qotadigan lok va emallarni suyulti- rishda qo‘llaniladi.
PKE-2 suyultirgichi (TY 6-10-1037-75) tarkibida (massasiga nisbatan % hisobida) ksilol-5, butanol-95 bor. Qovushqoqligi B3-4 viskozimetri bo‘yicha Ils, zichligi 0,816 g/sm3; o‘z-o‘zidan alangalanish harorati 346°C. U, asosan, kislotali muhitda qotadi­gan karbamid-formaldegid loklarining qovushqoqligini ish hola- tiga keltirish uchun qo‘shiladi.
«M» suyultirgichi (TY 13-293-75) etanol, etilasetat, butil- asetat va butanoldan tashkil topgan eritmadir. Zichligi 0,83 g/sm3. U, asosan, HU-221, HU-222 va HU-224 rusumli nitroselluloza loklarini suyultirishda qo‘llaniladi.

  1. Plastifikatorlar

Lok-bo‘yoq materiallar tarkibiga plastifikatorlar qo‘shilganda, ular asosida olinadigan parda qatlamlarining elastikligi va past ha- rorat ta’siriga chidamliligi oshadi, lekin qattiqligi va cho‘zuvchi kuchga bo‘lgan mustahkamligi pasayadi. Plastifikatorlar ko‘proq nitrosellulozali lok-bo‘yoq materiallar tarkibiga qo‘shiladi. Plas­tifikatorlar o‘mida qaynash harorati 200°C va undan yuqori bo‘l- gan suyuqliklar (efirlar, moylar va h.k.)ni ishlatish mumkin.
Zamonaviy nuqtayi nazardan polyarmas polimer va plastifika­tor uchun plastifikatsiyaning mohiyati quyidagidan iboratdir. Po- limerlar harakatlanuvchi bo‘g‘inlarga ega bo‘lgan ko‘p zanjirli mak- romolekulalardan iboratdir, ammo plastifikatsiya qilinmangan po- limerda u yoki bu makromolekulaning formasini o‘zgartirish ko‘p energiya sarf bo‘lishini taqozo etadi, chunki u gigant molekulalar konfiguratsiyasini o‘zgartirish zarurligi bilan doimo bog‘liq bo‘ladi.
Polimer tarkibiga plastifikator kiritilishi bilan ayrim makro- molekulalar konfiguratsiyasining o‘zgarishi va ulaming bir-biriga nisbatan yangidan guruhlanishi osonlashadi. Shunday qilib, plas­tifikatsiyaning mohiyati sistema qovushqoqligini pasaytirish va makromolekula konfiguratsiyasini o‘zgartirish yoki qayta guruh­lanishi uchun ketadigan energiyani kamaytirishdan iboratdir.
Polyar polimer va plastifikatorlar uchun plastifikatsiyaning mohiyatini plastifikatorlar polyar molekulalarining polimer molekulalardagi polyar guruhlari bilan o‘zaro «band» bo‘lishida tushuniladi. Bunda polimer molekulalari orasida awal bo‘lgan kuchli bog‘lanish (tortishuv) buziladi. Natijada, polimer o‘zining qattiqlik va mo‘rtlik xususiyatini yo‘qotib, elastikligi oshgan va sovuqqa chidamliligi kuchaygan material ko‘rinishiga o‘tadi.
Plastifikatorlarga qator talablar qo‘yiladi. Ulardan asosiysi plastifikatoming polimer bilan aralasha olishi yoki unda erishidir. Polimerlar bilan yomon aralashadigan plastifikatorlar unda juda yupqa emulsiya ko‘rinishida tarqalishi mumkin. Ammo ma’lum sharoitda bunday emulsiyaningjuda mayda tomchilari bir-biri bilan birlashib, sirtga «terlab» chiqa boshlaydi. Plastifikatorlar yorugfiik ta’siriga chidamli va mumkin qadar zaharsiz bofiishi kerak.
Ko‘proqplastifikatorlardan ДБФ — dibutilftalat (ГОСТ 8728­77), ТКФ — trikrezilfosfat (ГОСТ 5728-76) va kanakunjut moyi (ТУ 6-10-1238-77) ishlatiladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling