Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erituvchilar va suyultiruvchilar
Oksidlar (qumtuproqli to‘ldirgichlar). Bu guruhdagi materiallaming asosiy qismi bo‘lib, kremniy oksid SiO2 — qumtuproq xizmat qiladi. Ular tabiiy va sintetik bo‘lishi mumkin. Tuyilgan chang ko‘rinishidagi kvars (ГОСТ 9077-82) va diatomit tabiiy qumtuproqdir. Adabiyotlarda diatomitlar kizelgur, infuzor tup- roq degan nomlar bilan ham yuritiladi. A-175, A-300, A-380 rusumli aerosil (ГОСТ 14922-77) va АДЕГ rusumli aerosillar (ТУ 6-01-923-74) eng ko‘p tarqalgan sun’iy qumtuproqlaming o‘ziga xos vakillaridir. Yuqori disperslik ularga xos xususiyatdir.
Tiksotroplik xossasini oshirish uchun polieñr lok-bo‘yoq materiallari tarkibiga qo‘shilgan bunday to‘ldirgichlar bir marta surkashdayoq kerakli qalinlikdagi parda qatlamini hosil qilish imkonini beradi. Xuddi shuningdek, diatomitli qumtuproqlar parda qatlamning yog‘ochga adgeziyasini (yopishuvchanligini) oshirish uchun xizmat qiladi. Tabiiy qumtuproqlar (kvars, diatomit) yog‘ochlar uchun g‘ovak to‘ldirgichlar tayyorlashda, lok-bo‘yoq materiallarda bo‘lsa, oraliq qatlamlar sifatida surkashda, qatlamlar orasida adgeziyani oshirish maqsadida ishlatiladi. Gidroksidlar. Giltuproq (глинозём) — eng ko‘p tarqalgan gidroksiddir (ГОСТ 6912-87). ГА-85, ГА-8, ГА-5, ГО, ГК rusumli giltuproqlar (Al2O3) mavjud. Ular jilolash pastalari tayyorlashda ayrim lok-bo‘yoq tarkiblarda qovushqoqlikni oshi- rish uchun ishlatiladi. Karbonatlar. Keng tarqalgan karbonatlarga kalsiy karbonat bo‘rni (ГОСТ 17498-72) misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bo‘r moy-lokli materiallar tayyorlashda juda ko‘p qo‘llaniladi. Xuddi shuningdek, karbonatlar pigment (masalan, litopon) tarkibli moy, suv-emulsion, polimer-emulsionbo‘yoqlarga qo‘shish uchun ishlatiladi. Bo‘rning juda mayda dispersli navlari pigment cho‘kishining oldini oladi va bo‘yoqning tiksotropik xossasini yaxshilaydi. Kislota qotirgichi tarkiblariga bo‘r qo‘shish yaramaydi. Silikatlar. Bu guruh to‘ldirgichlarga kaolin va yanchilgan talk kiradi. Kaolin (ГОСТ 19285-73) — oq rangli kukunsimon modda. U eng arzón to‘ldirgichdir. Moyli emallar va bo‘yoqlarda, shuningdek, shpaklovka, g‘ovakto‘ldirgichlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Kaolin tarkibli parda qatlamlar qotganidan keyin yaxshijilvirlanadi. Yanchilgan talk (ГОСТ 19729-74) tog‘ jinslarining mayda- langan mahsuloti bo‘lib, uning kimyoviy tarkibi, asosan, magniy silikatdan (3MgSiO3 ■ 5H2O) iboratdir. U oq rangli kukun. Talk bo‘yoqlaming oquvchanligini rostlash, parda qatlamni kirishishga, tirnalishga bo‘lgan puxtaligini oshirish uchun qo‘shiladi. Talk grunt va shpaklovka tarkibida ham bo‘ladi. Sutfallar. Bariy sulfat BaSO4 yoki barit bu guruhga kiradigan to‘ldirgichlaming o‘ziga xos vakilidir. Undan, asosan, g‘ovak to‘l- dirgichlar tayyorlashda keng foydalaniladi. Tarkibida barit bo‘lgan parda qatlamlar yaxshijilvirlanadi. Baritning zichligi boshqa to‘ldirgichlarga qaraganda yuqori bo‘lgani uchun (2—2,74 o‘miga 4,35—4,48 g/sm3), u qo‘shilgan suyuq lok-bo‘yoq materiallar tezda qavat-qavat bo‘lib ajralib qoladi. Erituvchilar va suyultiruvchilar Parda hosil qiluvchi moddalar va pardozlash tarkiblarining boshqa komponentlarini eritish uchun ishlatiladigan suyuqliklar erituvchilar deb ataladi. Erituvchilaming yordamida pardozlovchi tarkiblar ishga yaroqli holatga keltiriladi. Shunday erituvchilar borki, ular tarkibining boshqa komponentlariga nisbatan kimyoviy faol bo‘ladi. Masalan, stirol poliefir loklarga qo‘shilganda reaksiyaga kirishadi va parda hosil qiluvchiga aylanadi. Parda hosil qiluvchi moddalami (asosiy komponent) mustaqil ravishda eritmasdan uning eritmasini oson suyultiradigan suyuqliklar erituvchilardan farqli ravishda suyultiruvchilar deb ataladi. Shartli ravishda shun- day deb ataladi, chunki bir parda hosil qiluvchi modda uchun suyultirgich boshqa parda hosil qiluvchi modda uchun erituvchi vazifasini o‘tashi mumkin. Yuzaga surkalgan lok-bo‘yoq qoplamalar suyuq holatdan qattiq holatga o‘tganda erituvchilar va suyultiruvchilar parda qatlamdan chiqib (bug‘lanib) ketadi. Lok-bo‘yoq materiallar tarkiblarida erituvchilar miqdori 80 % gacha bo‘lishi mumkin. Lok- bo‘yoq material tarkibidan qancha ko‘p eritkich molekulalari bug‘lanib ketsa, bu tarkiblar shunchalik foydasiz bo‘ladi, atmos- feraga shuncha ko‘p zaharli moddalar ajralib chiqadi. Tarkibida kimyoviy faol erituvchilari bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallar eng tejamli va eng zararsiz hisoblanadi, masalan, stirol tarkibli poliefir loklari atigi 3—4 % erituvchi stirolni yo‘qotadi, xolos. Lok-bo‘yoq materiallar uchun eng ko‘p tarqalgan erituvchi va suyultiruvchi moddalar o‘rnida oson uchuvchan organik suyuqliklar ishlatiladi. Erituvchilarga qator talablar qo‘yiladi: ular lok-bo‘yoq materialdagi parda hosil qiluvchi moddani yaxshi eritish, lok-bo‘yoq parda qatlamidan tez o‘chib ketish xususiyatiga ega bo‘lishi, yong‘in chiqishijihatidan xavíliligi va zaharliligijuda past, himoya qatlamida hid bo‘lmasligi, uncha qimmat va kamyob bo‘lmasligi lozim. Organik erituvchilar yengil, o‘rtacha va qiyin uchuvchan bo‘- ladi. Yengil uchadigan erituvchilaming qaynash harorati 60—80°C, o‘rtacha uchadiganiniki 80—110°C, qiyin uchadigani esa 110°C dan ortiq bo‘ladi. Pardozlash muddatini qisqartirish uchun lok- bo‘yoq tarkibidagi erituvchi miqdorining tez bug‘lanib ketishi ham yaxshi emas, sababi unda parda qatlamda oq dog‘lar (nuq- talar) paydo bo‘ladi. Shuning uchun tez bug‘lanadigan erituvchilarga sekin bug‘lanadigan erituvchilar qo‘shib aralashtiriladi. Erituvchilardan pardozlash mashina-uskunalarini yuvib toza- lashda ham foydalaniladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling