Yogoch material p65
Kislotali bo‘yoqlarning tavsifi
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
Kislotali bo‘yoqlarning tavsifi
Bu bo‘yoqlar tiniq rangda bo‘ladi, ammo yorug‘lik ta’siriga chidamli emas. Shuning uchun yog‘ochsozlik sanoatida ular, aso- san, gugurt cho‘plarini bo‘yashda, mebelsozlikda esa qisman ishlatiladi (jigarrang tusli asosli K. bo‘yog‘i). Ko‘pincha yog‘ochni bo‘yash uchun aralash bo‘yoqlardan foydalaniladi. Bo‘yoqlami aralashtirish, asosan, har bir bo‘yoq guruhining o‘z ichida bo‘ladi, ya’ni kislotali bo‘yoqlar kislotali bo‘yoqlar bilan, to‘g‘ri bo‘yoqlar to‘g‘ri bo‘yoqlar bilan va hokazo. Odatda, har bir alohida olingan bo‘yoqlardan bir xil konsen- tratsiyali eritmalar tayyorlanadi, so‘ngra ular ma’lum nisbatda aralashtiriladi. Bo‘yoq aralashmalari ishjoylarida tayyorlanadi, bundan tash- qari, kimyo sanoati tomonidan faqat yog‘och materiallar uchun tayyor aralash bo‘yoqlar yetkazib beriladi. Ular ichida eng ko‘p tarqalgani quyidagilardir: 3, 4, 33 va 34-raqamli qizg‘ish-jigarrang bo‘yoq; yong‘oq yog‘ochiga o‘xshatib bo‘yaydigan 5, 6, 7, 16 va 17-raqamlijigarrang hamda 8 va 9-raqamli to‘qjigarrang bo‘yoq. Bo‘yoqlarni nomlash uchun maxsus tizim qabul qilingan bo‘lib, unda bo‘yoqning nomi, ikki va undan ortiq so‘zlar hamda bo‘yoq guruhining rangi, tusi, alohida olingan xossalari va vazifasini belgilovchi harfiy belgilar ko‘rsatiladi. Masalan, bo‘yoq solingan xaltacha, idishga «kislotali jigarrang bo‘yoq, chidamli J» deb yozilgan bo‘lsa, bu yozuv bo‘yoqning kislotali bo‘yoqlar guruhiga kirishini, sarg‘ish tusli (J) jigarrangdaligini va yorug‘likka chidamli ekanligini bildiradi. Ba’zan xaltaning ustidagi ikkinchi so‘zdan keyin bo‘yoq bilan nimalarni bo‘yash mumkinligi («yog‘och uchun», «mo‘yna uchun», «jun uchun») yozib qo‘- yiladi. Tusining och-to‘qligi ham harf bilan kohsatiladi, lekin harf oldiga 2, 3 va hokazo raqamlar qo‘yiladi, masalan, 2k 3c. Pardozlash sexlarida bo‘yovchi moddalaming suvdagi (1—4 %) eritmalarijuda ko‘p ishlatiladi. Ular uchun xos bo‘lgan va umu- miy kamchilik — bo‘yaladigan yuzalarda yog‘och tukchalarining turtib chiqib qolishidir, bu, o‘z navbatida, sirtning notekisligini oshiradi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling