Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet7/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Rangi. Yog‘ochning rangi hujayra bo‘shliqlaridagi po‘kak, smola va surtilgan bo‘yoq moddalarning rangida bo‘ladi. Uning rangi bir qancha omillarga, masalan, daraxtning qanday hudud hamda sharoitda o‘sganligiga, yoshiga va boshqa sabablarga bog‘liq.
Mebel, musiqa asboblari, duradgorlik va badiiy buyumlar ishlab chiqarishda yog‘ochning rangi muhim ahamiyatga ega. Ko‘pgina daraxt yog‘ochlarining rangi turli usulda ishlov be- rib — bug‘lab, dorilab yoki kimyoviy moddalar bilan bo‘yab ko ‘ rkamlashtiriladi.
Tabiatdagi har bir mavjud predmetning rangi uning fizik xossalariga bog‘liq. Yorug‘likning yuzaga tushayotgan nuri qaytgan, singgan va yuzadan o‘tgan nurga bo‘linadi. Yorug‘lik nurini deyarli to‘liq qaytaruvchi yoki o‘ziga singdiruvchijismlar tiniq bo‘lmagan jismlar deb, yorug‘likning ko‘p qismini o‘tkazuvchi jismlar esa tiniq jismlar deb qabul qilingan.
Tabiatda mavjud ranglar axromatik va xromatik1 ranglarga ajratiladi. Oq rang, kulrang va qora ranglar hamda ularni istalgan nisbatda aralashtirishdan hosil bo‘ladigan barcha ranglar axromatik ranglar deb yuritiladi. Yorug‘lik nurini tanlamay yutadigan mod­dalar axromatik rangda, tanlab yutadiganlari esa xromatik rangda bo‘ladi. Har bir xromatik rang uch: tusi, yorug‘ligi va to‘yin- ganligi xossasiga ega.
Har birjinsli yog‘ochlar o‘zining rangiga va tusiga ko‘ra ham axromatik, ham xromatik ranglarga ega bo‘lishi mumkin. Rang- ning tusi spektrda qatnashayotgan rangning to‘lqin uzunligi k bilan belgilanadi. Masalan, har xil jinsli yog‘ochlar uchun rang tusi /.—577U99 nm atrofida bo‘ladi.
Yog‘ochning rangi ustida so‘z yuritilganda shuni yodda tutish kerakki, yog‘ochning rangi ochiq havoda ko‘p qolganda o‘zgaradi. Masalan, archa, qarag‘ay, arg‘uvon qorayadi, eman, qoraqayin, oqqayin esa oqaradi.
Yog‘ochning yaltiroqligi uning zichligiga, o‘zak nurlarining miqdoriga, yirik-maydaligiga hamda kesilish tekisligiga bog‘liq. O‘zak nurlari yorug‘lik nurini ma’lum yo‘nalishda qaytarish xu- susiyatiga ega va ular radial qirqimda tangensial qirqimga qara- ganda ko‘proq yaltiraydi. Yaltiroqlik yog‘ochga yaxshi kohinish beradi, shuningdek, yog‘ochjilvirlash, loklash yoki sintetik smo- lalardan tayyorlangan yaltiroq plyonkalar yopishtirish yo‘li bilan ham yaltiratilishi mumkin.
Teksturasi. Yog‘ochning ishlov berilgan yuzidagi tabiiy naq- shiga tekstura deyiladi. Bu naqshlar yog‘och tolalari, yillik qavatlar va o‘zak nurlarining kesilib ketishidan hosil bo‘ladi.
Teksturaning chiroyli chiqishi daraxt tanasining qanday yo‘- nalishda kesilganligi, tolalaming yotishi, o‘zak nurlarining miq- dori va yirik-maydaligi yillik qavatlaming bilinib turishi; rangning bir tusdan boshqa tusga o‘tishiga bog‘liq.
Ignabargli daraxtlar tangensial yo‘nalishda qirqilsa, yaxshi ko‘rinib turadigan yillik qavatlar kesilib, tobora kengayib boruvchi konuslar hosil bo‘ladi, bu konuslar chizig‘idan esa ajoyib naqshlar kelib chiqadi.
Tekstura yog‘ochning manzaraliligini bildiradi, bu esa ba- diiy mebellar, turli buyumlar tayyorlashda, musiqa asboblarini pardozlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yog‘ochning dekorativ xossalarini loklash yo‘li bilan yaxshilash. Yog‘ochning anatomik tuzilish xususiyatlarini aks ettiruvchi tekstura naqshlari bir tekislik bo‘ylab yotmay, hajmi bo‘ylab joylashgan. Uning tuzilishiga xos bu alomatni bilishga shaffof emasligi xalaqit beradi. Yog‘och yuzasida mayda g‘ovakchalar, kapillarlar va mexanik ishlov berishdan qolgan izlar uning yuzasini notekis, g‘adir-budur qilib qo‘yadi. Bunday yuzalarga tushgan yorug‘lik nuri faqat diffuzion qaytish xususiyatiga ega. Gap shun- daki, yog‘ochning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan selluloza va uning turdosh bo‘laklari nurni ko‘zguga o‘xshab qaytarishi mumkin. Lekin yorug‘lik tartibsiz joylashgan g‘adir-budurliklardan har tomonga qarab tarqoq holda qaytadi. Bunday qaytishga yorug'Hk- ning diffusion qaytishi deyiladi. Agar yorug‘lik sayqal berilgan sirt- larga tushsa, tekis qaytadi. Difiuzion qaytishda nur rangli bo‘ladi, yog‘ochning g‘adir-budur sirti yana selektiv bodmagan nur qaytishi hosil qiladi, ya’ni uning notekisjoylaridan har tomonga qarab oqish rangli yorugdik shu’lalari sochilib turadi. Bunday notekis joylar yog‘och yuzasida shunchalik ko‘p joylashganki, ko‘z bilan ulami bir-biridan ajratib ko‘rish qiyin, natijada yorugdik shu’lalari oq tusli bodib ko‘rinadi, u yuzalaming haqiqiy rangini bilib olishga imkon bermaydi.
Agar shunday yuzalar yupqa lok-bo‘yoq pardasi bilan qop- lansa, u barcha notekisjoylami toddiradi. Natijada, barcha kichik oqish nurlar birga qo‘shilib ketadi va ular yuzaning ko‘proq qis- mini ko‘rishga imkon beradi. Bunda yog‘och yuzasidan numing ko‘zgudek qaytishi kamayadi, difiuzion qaytish esa o‘zgarmay qoladi. Yorugdik, asosan, «lok-havo» chegarasidan qaytadi, «lok va lok qoplanadigan yuza» orasidan esa juda kam qaytadi. Bu hodisani O. Frenel qonuni bo‘yicha izohlab berish mumkin. Qonunga asosan, ikki jism chegarasidan yorugdik qancha ko‘p qaytsa, bu jismlar sindirish ko‘rsatkichlarining nisbati ham shuncha katta bodadi (yuqori ko‘rsatkich doim kichigiga bodi- nadi). Havoning sindirish ko‘rsatkichi 1 ga yaqin, lekin loklarda u yuqoridir. Yog‘ochni pardozlash uchun ishlatiladigan loklaming sindirish ko‘rsatkichi 1,530—1,566, yog‘ochniki esa 1,52—1,55 atroñda. Shuning uchun havoni lokka almashtirish sindirish ko‘rsatkichlari nisbatini 1 ga ancha yaqinlashtiradi va bu bilan qaytuvchi nurlar miqdori kamayadi.
Surkalgan loklar asosidagi har bir g‘ovakchalami toddirib, unga tushayotgan va undan chiqayotgan yorugdik qaytishini ka- maytiradi. Yorugdikjism ichiga chuqurroq kirishi va undan qaytib chiqishi mumkin. Agar g‘ovakchalar bo‘yalgan bodsa, ular bir xil rangdagi numi boshqasiga nisbatan ko‘proq yuta boshlaydi. Natijada, qaytayotgan nur tushayotganidan katta farq qiladi. Bu sirtning rangga to‘yinganligini bildiradi. Yog‘och teksturasini yanada yaxshilash uchun ishlatiladigan lok-bo‘yoq materialning sindirish ko‘rsatkichi uning sindirish ko‘rsatkichiga teng yoki yaqin bodishi kerak. Shunda yog‘och yaxshi hodlanadi, g‘ovakchalar orasiga lok kirib, ulami berkitadi va havoni siqib chiqaradi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling