Yogoch material p65


DURADGORLIK-MEBEL BUYUMLARINI PARDOZLASHDA TEXNIKA VA TEXNOLOGIYANING RIVOJLANISHI HAMDA ISHLATILADIGAN MATERIALLAR


Download 1.11 Mb.
bet3/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

DURADGORLIK-MEBEL BUYUMLARINI
PARDOZLASHDA TEXNIKA VA TEXNOLOGIYANING
RIVOJLANISHI HAMDA ISHLATILADIGAN
MATERIALLAR

I bob. YOG‘OCHNI PARDOZLASH USULLARI

  1. Pardozlashda e’tiborga olinadigan yog‘och
    materiallarning xossalari


Yog‘ochni pardozlash usulini tanlashda uning g‘ovakligi, qattiq va yumshoqligi, teksturasi, rangi, namligi, tolalarining yo‘nalishi bo‘yicha strukturasining bir xil emasligi hamda uning tarkibida smola yoki oshlovchi moddalaming mavjudligi e’tiborga olinadi.
Yog‘och g‘ovaksimon tuzilishga ega. Xususan, undagi g‘ovak- lar soni va o‘lchami uning turiga bog‘liq bo‘lib, bo‘yalganda (lok- langanda) lok-bo‘yoq materiallar uning g‘ovaklariga shimiladi. Buning oldini olish uchun bo‘yoq surkalishidan avval, yirik g‘o- vakli yog‘ochlar g‘ovakto‘ldirgichlar bilan to‘ldiriladi, mayda g‘o- vakli turlari esa gruntovka qilinadi.
Yog‘och turlicha qattiqlikka ega. Yumshoq turdagi pardoz- lashdan avval yuzasi gruntovkalanadi yoki shpaklovkalash orqali qattiq qatlam hosil qilinadi. Bu esa uning mustahkamligini oshiradi. Qattiq turdagilari esa bunday ishlov berishni talab qilmaydi.
Yog‘ochning har bir turi uchun ma’lum bir tekstura xosdir. Tekstura yog‘och tolalarining yillik halqali va o‘zak nurlarining qirqimlarida qirqilishi natijasida hosil bo‘lgan naqsh bo‘lib, yillik qatlam qalinligiga, o‘zak nurlarining, yirik naychalarining bor- yo‘qligiga, tolalaming to‘g‘rijoylashishiga qarab belgilanadi.
Yog‘ochning kimyoviy tarkibi murakkab bo‘lib, uni aso- san, selluloza, lignin, tabiiy smolalar, bo‘yovchi, oshlovchi moddalar tashkil etadi. Ayrim moddalar yog‘och sirtiga surkalgan lok-bo‘yoq materiallarni (masalan, poliefir) parda hosil qilish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Masalan, tarkibida fenol bo‘lgan yog‘och turlarini pardozlashda ular yuzasiga oldindan himoya grunti surkash lozim.
Ignabargli daraxtlar tarkibiga kiruvchi smolalar lok-bo‘yoq- lami yog‘och bilan mustahkam birikishida salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, shaffof parda qatlam ustida ko‘rimsiz dog‘lar paydo bo‘- ladi. Buning oldini olish uchun ulardagi smola ketkaziladi va oshlovchi moddalarga maxsus moddalar ta’sir ettirib, buyum yuza- sida turg‘unjigarrang tusli rang hosil qilinadi.
Har bir yog‘och turi o‘ziga xos tabiiy rangga ega, u pardozlash ishlarida, albatta, e’tiborga olinadi. Ulaming tabiiy rangi bir tekis bo‘lsa (qizil daraxt, nok, yong‘oq, chinor), rangini o‘zgartirish maqsadga muvofiq emas. Agar rangi notekis bo‘lsa, ulami bo‘yab, tusini bir xil fonga keltirish mumkin. Tabiiy rangni saqlab qolish masalasi yoki uni bo‘yab o‘zgartirish buyumlarga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra belgilanadi.
Yog‘och-qirindili va yog‘och-tolali taxtalaming xossalari yaxlit yog‘ochdan ishlangan taxta materiallar xossalaridan farq qiladi. Bunday materiallar yo hech qanday teksturaga ega bo‘lmaydi, yoki presslangan yupqa qirindilar ko‘rinishida bo‘ladi. Presslab olingan taxta materiallar tarkibida sun’iy va sintetik smolalar bo‘lsa, yuzani pardozga tayyorlashda ma’lum talablar qo‘yiladi. Taxtalar- ning yuzasi strukturasiga qarab, pardozlashdan awal shpaklovka- lanadi, gruntovkalanadi, plyonka va list materiallar bilan qoplanadi.

  1. Yog‘och buyumlarni pardozlash usullari

Yog‘och buyumlarni pardozlashda hosil bo‘ladigan parda shaf­fof, shaffofmas, biror narsaga o‘xshatib pardozlangan va maxsus guruhlarga bo‘linadi. Shaffof pardoz, asosan, chiroyli teksturali yog‘ochlar va ishlatiladigan xonalarda foydalaniladigan buyumlar (mebel, soat futlarlari) uchun qo‘llaniladi. Shaffof parda orqali yogfochning asi teksturasi ko‘rinib turadi.
Shaffofmas pardoz, asosan, ignabargli yoki teksturasi chiroyli boTmagan arzón yogfoch turlaridan tayyorlangan buyumlar uchun qo‘llaniladi. Bunda yogfochning asi ko‘rinishi parda qop- lami ostida qolib ketadi. Shaffof bo‘lmagan qoplamalari kasal- xona va oshxona mebellari, turarjoy binolarida devor ichiga qu- riladigan mebellar, qishloq xo‘jaligi mashinalari detallan, deraza, eshik va shu kabilami pardozlashda qo‘llaniladi.

O‘xshatma pardozlash pardoz qilishning shunday turiki, bunda oddiy yog‘ochning tashqi ko‘rinishi ko‘rkamlashadi, yuzasi qimmatbaho yog‘ochlarga o‘xshatib pardozlanadi. Bu usuldan mebellar, eshiklami pardozlashda foydalaniladi. Bunday par- dozlashning asosiy usullariga quyidagilar kiradi: pardozlanadi- gan yog‘och yuzasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qimmatbaho yog‘och teks- turasini tushirish; yog‘och teksturasi tushirilgan qog‘ozni yuza- larga yelimlab yopishtirish; smola shimdirilgan qog‘oz asosli plyonkani yog‘och yuzasiga issiq holda presslab yopishtirish; yog‘ochlar yuzasini plastik materiallar bilan qoplash.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling