Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet8/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Nazorat savollari

  1. Mebelni pardozlashning vazifasi va maqsadlari qanday?

  2. Shaffof va shaffof bo‘lmagan pardoz guruhlari tashqi ko‘rmishijiha- fidan qanday farq qiladi?

  3. Maxsus pardoz furlariga nimalar kiradi va ulaming qo‘llanilish sohasi?

  4. Pardoz hosil qiluvchi moddalarga ta’rif bering va ularning farkibiy qismlarini sanab ko‘rsating.

  5. Parda qaflamlarijilolanish (yarqirash) darajasiga qarab qanday xil- larga ajratiladi?

  6. Yog‘och feksfurasi nima va u qanday hosil bo‘ladi?

  7. Gruntovkalash shpaklovkalashdan (g‘ovaklarni fo‘ldirishdan) nima bilan farq qiladi?

  8. Shaffofmas pardoz qanday buyumlar uchun ishlatiladi?

  9. Suyuq loklar bilan shaffof pardoz qachon va nima uchun qilinadi?

II bob. PARDOZLASH MATERIALLARINING
TURLARI
VA TARKIBIY QISMLARI

  1. Lok-bo‘yoq materiallarning turlari, ularning
    ishlatilishi va ahamiyati


Ma’lum bo‘ldiki, yog‘och va yog‘och materiallaming yuzasi shaffof va shaffofmas qilib pardozlanar ekan. Shaffof qilib par- dozlashda yog‘ochning tuzilishi ko‘rinib turadi, shaffof bo‘lmagan pardozlashda esa uning rangi va teksturasi bo‘yoq qatlami ostida qolib ketadi. Har ikki holatda ham yog‘och va yog‘och material- larga chiroyli tus berish uchun lok-bo‘yoq materiallardan foyda- laniladi. Loklar shaffof parda qatlam olishda, bo‘yoqlar (emallar) esa shaffof bo‘lmagan parda qatlamlar hosil qilishda ishlatiladi.
Yog‘och materiallami pardozlash uchun ishlatiladigan lok- lami quyidagi ikki katta guruhga bo‘lish mumkin.

  • . Tabiiy yoki sintetik termplastik polimerlar asosidagi loklar. Bunday loklar surtilgandan keyin erituvchi tarkibidan uchib ketgach parda qatlam hosil bo‘ladi, bunda lokni tashkil etuvchi moddalar molekulasida kimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Bu guruhga kiruvchi loklar qattiq, yetarli darajada mustahkam parda qatlami hosil qiladi. Qizdirilganda ular suyuqlanadi va organik erituvchilarda eriydi.

  • . Qo‘shbog‘li va har xil reaksiyaga kirisha oladigan guruhli (gidroksil, epoksid va boshq.) oligomer parda hosil qiluvchi moddalar asosida olinadigan loklar. Bunday loklar surtilgandan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri asos yuzasida yuz beradigan polimerlanish polikondensatsiyalanish yoki sopolimerlanish reaksiyalari tufayli hosil bo‘ladi. Bunday loklar ba’zan «reaksion loklar» deb ham ataladi. Bunda oligomer parda hosil qiluvchi yog‘och yuzasida to‘rsimon tuzilishli polimerga aylanadi va erituvchilarda erimaydigan, qizdirilganda suyuqlanmaydigan qatlam hosil qiladi. Pardozlash materiallari kimyo sanoatida, asosan, ishlatishga tayyor holda va alohida komponentlar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Ishlatiladigan joyning o‘zida konsentrlangan tarkiblar suyultirish yo‘li bilan ish holatiga keltiriladi; alohida komponentlar ko‘rinishida keltirila- digan tarkiblardan (poliefir loklari, bo‘yovchi moddalar, zamaz- kalar) ish aralashmalari tayyorlanadi.

Lok-bo‘yoq materiallar vazifasiga ko‘ra, uch guruhga bo‘linadi:

  • yog‘och yuzasini pardozga tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar (bo‘yovchi moddalar, yog‘och teksturasini kuchayti- ruvchi tarkiblar, shpaklovkalar, yog‘ochdagi smolani ketkazuvchi vositalar, gruntlar, g‘ovakto‘ldirgichlar);

  • asosiy lok-bo‘yoq parda qatlamini hosil qiluvchi materiallar (loklar, emallar, bo‘yoqlar, pardozlash pastalari);

  • lok-bo‘yoq parda qatlamining sifatini oshiruvchi materiallar (tekislovchi suyuqliklar,jilolash pastalari va polituralar,jilvirlash pastalari, yuzalami yangilovchi tarkiblar).

Lok-bo‘yoq materiallar bir necha moddalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular lok-bo‘yoq materialda va parda qatlam hosil bo‘lishida turli vazifalami bajaradi. Bular quyidagilar:

  • bo'yovchi moddalar — pigmentlar, bo‘yoqlar, xurushlar;

  • to‘ldirgichlar — materialda quruq qoldiq miqdorini oshirish uchun qo‘shiladigan moddalar;

  • erituvchi va suyultiruvchilar — parda hosil qiluvchi mod- dalami eritish hamda lok-bo‘yoq material qovushqoqligini rost- lovchi va tayyor eritmani suyuqlantiruvchi moddalar;

  • sikkativlar — parda qatlamning qurish (qotish) vaqtini tez- latuvchi moddalar;

  • plastifikatorlar — parda qatlamiga elastiklik beradigan mod­dalar;

  • parda qatlam hosil qiladigan va bog‘lovchi moddalar — fi- zik-kimyoviy jarayonlar natijasida qattiq parda qatlami hosil qiladigan va buyum materiali bilan yaxshi yopishadigan sintetik va tabiiy smolalar, mumlar, yelimlar, qotuvchi moylar, kolok- silin va boshqalar.

  1. Bo‘yovchi moddalar

Yog‘ochni bo‘yash (rang berish) uchun ishlatiladigan bo'­yovchi moddalar bo'yoqlar, xurushlar va pigmentlarga bo'linadi.
Bo'yoqlar. Bo'yoqlar suv, spirt va boshqa suyuqliklarda erib, shaffof eritma hosil qiladi va yog'ochning tabiiy teksturasini berkitmagan holda uning rangini o'zgartiradi, xolos. Bo'yoqlar bo‘yovchi moddaning mayinlik darajasiga qarab, bo‘yaladigan material to‘qimalari orasiga istalgan chuqurlikkacha singib boradi va unga kerakli tus beradi.
Yog‘ochsozlik korxonalarida yog‘ochning tabiiy rangini ku- chaytirish, unga qimmatbaho ko‘rinishni berish maqsadida bo‘yaladi. Yog‘ochni bo‘yash uchun, odatda, ularning suvli, ba’zan 1—3 % konsentratsiyali spirtdagi eritmalaridan foydalaniladi.
Bo‘yoqlar yorug‘lik ta’siriga chidamli, yorqin rangli, yuqori dispersli, yog‘ochning teksturasini berkitmasligi hamda erituv- chilar — suv, aseton, spirt va boshqa organik erituvchilarda oson erishi kerak. Yog‘ochlami bo‘yash uchun ishlatiladigan bo‘yoqlar kelib chiqishiga ko‘ra, tabiiy va sintetik bo‘lishi mumkin.
Tabiiy bo‘yovchi moddalardan mebel tayyorlash va yog‘och- sozlikda yong‘oq tezobi (ореховая морилка) yoki beys deb yuritiladigan jigarrang bo‘yoq ishlatiladi. Ularda gumin kislotasi bo‘yovchi modda vazifasini bajaradi. Tabiiy bo‘yoqlar suvda yaxshi eriydi, yog‘ochni har xil tusdagi jigarrangga bir tekisda bo‘yaydi hamda ular yorug‘lik ta’siriga chidamli. Tabiiy bo‘- yoqlar oddiy va kislotali sintetik bo‘yoqlar bilan yaxshi aralashadi.
Sintetik bo‘yoqlar toshko‘mir smolasidan olinadigan murakkab organik moddalardir. Ular turli erituvchilarda erish darajasiga qarab suvda, spirtda, moyda eriydiganva boshqa bo‘yoqlargabo‘linadi.
To‘qimachilik sanoatida tolali materiallarni bo‘yashda bo‘- yoqlar kislotali, nigrozinli, to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘yaydigan, asosli, aralash va boshqa turdagi bo‘yoqlarga bo‘linadi. Yog‘ochni bo‘- yashda, asosan, kislotali bo‘yoqlar va nigrozin ko‘p ishlatiladi.
Kislotali bo'yoqlar organik kislotalaming natriyli, kaliyli yoki kalsiyli tuzlaridan iborat bo‘ladi. Ular selluloza tolasini bo‘yamaydi, biroq yog‘och tarkibiga kiruvchi lignin va oshlovchi moddalami yaxshi bo‘yaydi. Kislotali bo‘yoqlar yog‘ochni tiniq ranglarga bo‘- yaydi, shuningdek, yorug‘lik ta’siriga chidamli. Ular suvda yaxshi eriydi. Quyidagi 1-jadvalda kislotali bo‘yoqlaming tavsifi keltirilgan.
Nigrozinlar — ko‘kish-qora rangga bo‘yaydigan bo‘yoqlar. Ular suvda, spirtda, moyda eriydi. Nigrozin anilin, vodorod xloridli anilin (C6H—NH2 ■ HCl) va nitrobenzol aralashmalari qotish- malaridan olinadi. Yog‘ochsozlik sanoatida nigrozinlar pianino va royallami pardozlashda ishlatiladigan spirtli loklar, bo‘yoqlar va polituralar tayyorlashda qo‘llaniladi. Ayniqsa, spirtda eriydigan maxsus nigrozin ko‘p ishlatiladi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘yaydigan bo‘yoqlar suvda eriydigan, sel- luloza tolalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘yaydigan halqali organik kislotalarning tuzlaridan iborat sintetik moddalardir. Bunday bo‘yoqlar ishlatishga oson va nisbatan arzon. Rangining xiraligi, yorug‘lik ta’siriga chidamsizligi hamda yog‘ochga yomon shimilishi ularning kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun ular yog‘ochni bo‘yashdajuda kam ishlatiladi.
Asosli bo'yoqlar sho‘r (tuzli) suv va spirtda yaxshi eriydi. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri sof selluloza tolasini bo‘yamaydi, ammo yog‘ochni yaxshi bo‘yaydi. Bu ayniqsa, tarkibida oshlovchi mod- dalar bo‘lgan yog‘ochlarda yaqqol ko‘rinadi.
1-jadval

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling