Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet11/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

sariq: qo‘rg‘oshin kroni (ГОСТ 478-80) — bu pigmentjuda chidamli va yuzalami yaxshi qoplaydi, odam organizmi uchun zararli; rux kroni (ГОСТ 16763-79) — limon rangli minerai pigment, atmosfera yog‘in-sochinlari ta’siriga chidamliligi o‘r- tacha; ternir surigi (ГОСТ 18172-80) — yuzalami yaxshi qop­laydi, yorug‘lik va atmosfera ta’siriga chidamli;

  • qizil: ternir (III) oksidli qizil pigment (ГОСТ 7196-79) — berkituvchanligi juda past (5—6 g/m2), yorug‘lik va atmosfera ta’sirlariga chidamli; quyuq qirmizi pigment (ГОСТ 7191-72) — yorug‘lik va atmosfera ta’sirlarigajuda chidamli, yonadi, portlaydi va zaharli;

  • yashiï. xromning texnik oksidi Cr.O. (ГОСТ 2917-79) — rangi och yashildan to‘q yashilgacha bo‘lgan anorganik sintetik pigment, berkituvchanligi 12—14 g/m2, yonish va portlash ji- hatidan xavfsiz, zaharli, yorug‘lik va yuqori harorat ta’siriga chi­damli; rux yashil bo‘yog‘i — qo‘rg‘oshin kroni, ternir lazuri va to‘ldirgich baritni mexanik aralashtirishdan hosil bo‘lgan anor­ganik sintetik pigment, yorug‘lik ta’siriga chidamli, berkituvchan- ligi 23—70 g/m2, moyli va emalli bo‘yoqlarga qo‘shiladi;

  • ko‘k: quruq ko‘k ultramarin (ГОСТ 6-10-404-77) — sintetik anorganik pigment, yorug‘lik ta’siriga chidamli, uning berki- tuvchanligi normallanmagan; berlin lazuri (ГОСТ 21121-75) — sintetik anorganik pigment, moy sig‘imi 30—60 g bog‘lovchi hisobida, kaustik soda eritmasi ta’sirida rangi yo‘qoladi, zaharli emas, ammo yonuvchan;

  • qora: qurum, gaz qurumi (ГОСТ 7875-83) — deyarli sof ugleroddan iborat qora mayin kukunbo‘lib, havo kamjoyda organik moddalarning chala yonishidan (tutab turgan alangada) hosil bo‘ladi, yorug‘likka chidamli, berkituvchanliligi yuqori bo‘lgan pigmentdir.

    Organik pigmentlar — sintetik organik bo‘yovchi moddalarning inert organik moddalar bilan aralashmasi. Buning uchun ber- kituvchi pigmentlar hosil qiladigan, yorug‘lik ta’siriga chidamli bo‘yovchi moddalardan foydalaniladi. Ulami anorganik pigment- lardan ajratish uchun qizdirib ko‘riladi. Buning uchun probirka yoki po‘lat listga ozgina pigment solinadi va probirka (list) qizdiri- ladi. Bunda organik pigmentlar ko‘mirga aylanadi va qorayib qoladi.
    Melall pigmentlar. Aluminiy bronzasi sof aluminiyni maxsus tegirmonda maydalash yo‘li bilan olinadi. Uning rangiga qarab kumushsimon bronza deb nom berilgan. Aluminiy bronza bilan bo‘yalgan yuzadagi pardajuda mustahkam bo‘ladi. Bunga sabab aluminiy kukunining zarrachalari silliq, bamisoli yaltiratilgan tangachalar ko‘rinishidagi plastinkalar shaklida bo‘lishidir. Moy, lok bilan namlangan tangachalar baliq tangachalariga o‘xshab bir necha qatlam bo‘libjoylashib, pardozlanayotgan yuzada o‘ziga xos qatlam hosil qiladi, bu qatlamdan nam, gaz va yorug‘lik nuri o‘tmaydi. Aluminiy bronzasi muhandislik konstruksiyalarida yog‘och va metallni bo‘yash uchun ishlatiladi.
    Oltinrang bronza misdan, mis bilan rux qotishmasidan, shu- ningdek, mis, rux va nikel qotishmasidan tayyorlanadi. U ham xuddi aluminiy bronzasi kabi tuyish yo‘li bilan olingan kukundir; zarrachalari tangasimon tuzilishga ega.
    Oltinrang bronzani moyli va emalli bo‘yoqqa qo‘shib, asosan, ichki pardoz ishlarida ishlatish mumkin. Uning berkituvchanligi 20 g/m2.ga teng. Vaqt o‘tishi bilan qorayib qolishi oltinrang bronzaning kamchiligidir.
    Xurushlar yog‘ochdagi oshlovchi moddalar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida uni bo‘yaydigan bo‘yoq moddalarning bir turidir. Yoki boshqacha aytganda, xurushlar har xil kimyoviy moddalar (temir III xlorid FeCl3 ■ 6H2O, mis sulfat CuSO4 ■ 5H2O, kaliy bixromat X2Cr2O7.va boshq.) bo‘lib, ular yog‘ochning ayrim turlarida bo‘lgan oshlovchi moddalar bilan kimyoviy ta’sirlashib, yog‘och tolalarida ulami bo‘yaydigan yoki ma’lum tus beradigan rangli tuzlar hosil qiladi. Bu xildagi bo‘yalgan buyum yorug‘likka juda chidamli bo‘ladi.
    Xurushlar suvdagi 0,5—5 % li eritmalar ko‘rinishida ishlatiladi. Bular haqiqiy eritmalar bo‘lib, yog‘ochga yaxshi shimiladi va bo‘yovchi moddalar tola (to‘qima) ichiga singadi. Hozirgi vaqtda xurushlash yo‘li bilan bo‘yash usulijuda kam qo‘llaniladi.

    1. To‘ldirgichlar

    To‘ldirgichlar lok-bo‘yoq materiallar tarkibiga quruq qoldiq miqdorini oshirish va asosiy tarkiblarni tejash maqsadida qo‘shiladigan kukunsimon inert moddalardir. Ular erituvchilarda va parda hosil qiluvchi moddalarda erimaydi va bo‘kmaydi. To‘ldirgichlar o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra, bir necha guruhga bo‘linadi: oksidlar, gidroksidlar, karbonatlar, silikatlar va sulfatlar.

    Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling