Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet15/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Dibutilftalat C6H4 (COOC4H9)2 rangsiz moysimon suyuqlik, zichligi 1,047—1,050 g/sm3, qaynash harorati 292—312°C. U polivinilxlorid, nitrosellulozani yaxshi eritadi va plastifikatsiya qiladi. Kamchiligi — uchuvchan. 150 soat ichida 100°C haroratda uning 68,2 %i bugfianib ketadi. Plastifikator sifatida birgina dibutilftalat qo‘shilgan pardalar tezda eskiradi, shuning uchun nitroloklarda ДБФ kam uchuvchan bo‘lgan boshqa plastifikatorlar bilan birga ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda ДБФ borgan sari bir necha marta se- kin uchadigan dioktilftalat tomonidan siqib chiqarilmoqda.
Trikrezilfosfat — rangsiz yoki sarg‘ish suyuqlik. Zichligi 1,170— 1,175 g/sm3, qaynash harorati 425—440°C, zaharli. Nitrosellu­lozani yaxshi eritadi. ТКФш plastifikatsiya qilish xususiyati ДБФga qaraganda kuchisz, yorugfiikka chidamliligi kam, ТКФ qo‘shilgan nitrolok hosil qilgan parda yorugfiik ta’siridan sarg‘ayib ketadi. Uning afzalligi — kam uchuvchandir. 100°C haroratda 150 soat ichida 0,08 % bugfianadi, shuning uchun u plyonkada uzoq saqlanadi.
Kanakunjut moyi qotmaydigan, nisbatan qovushqoq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli suyuqlik. U kanakunjut chigitidan (urug‘idan) presslab olinadi. Zichligi 0,947—0,970 g/sm3; uchuvchanligi TIUbga qaraganda kam. U nitrosellulozaga nisbatan yuqori plas­tifikatsiya qilish xususiyatiga ega, ammo uni 70—80°C gacha qiz- dirganda ham erimaydi. Shuning uchun nitroloklarda uni ДБФ bilan aralashtirilgan holda ishlatiladi. Yelimli pardozlash material- larida, masalan, yelimli shpaklovkalar va g‘ovak tofidirgichlarda, plastifikator o‘rnida zig‘ir moyi yoki alif ishlatiladi.

  1. Parda qatlamni qotiruvchi sistemalar

Yog‘och va yog‘och materiallar ustiga surtilgan suyuq pardoz qoplamalar normal sharoitda yuqori harorat yoki nurlar (infra- qizil, ultrabinafsha) ta’sirida qotadi. Lekin bu holatni tezlashtirish, qotish (qurish) vaqtini qisqartirish uchun lok-bo‘yoq materiallar tarkibiga har xil qotirish sistemalari qo‘shiladi. Ularga peroksidlar (initsiatorlar), tezlatkichlar, sensibilizatorlar, kislotali qotirgich moddalar, sikkativlar va boshqalami misol qilib ko‘rsatish mumkin. Poliefirli lok-bo‘yoq materiallarda qotiruvchi sistemalar sifatida initsiator va tezlatkichlar ishlatiladi. Qotiruvchi initsiatorlaming bir necha turi mavjud bo‘lib, ular perekislar yoki peroksidlar degan nom bilan yuritiladi.
Benzoil peroksid (C6H5CO)2O2 rangsiz kristall modda, par- chalanish harorati 70°C. Quruq holdagi benzoil peroksid ishqa- lanish va zarb ta’siridan portlab ketishi mumkin.
Izopropilbenzol gidroperoksidi — giperiz (ТУ 38-10293-75) tashqi ko‘rinishdan rangsiz moysimon suyuqlik, oddiy organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Parchalanish harorati 100°C.
Metiletilketon peroksidi (ТУ 6-01-465-70) rangsiz suyuqlik. O‘tkir hidi bor. U 50 % li dimetilftalatdagi eritma holida ishlab chiqariladi. Parchalanish harorati 80°C.
Siklogeksanon peroksidi LE-50 (Germaniya) — konsentratsiyasi 50 % bo‘lgan dibutilftalatli pasta, parchalanish harorati 80—90°C.
Peroksidlaming parchalanish haroratini kamaytirish uchun va reaksiyani poliefir lok-bo‘yoqlari qatlamida borishini ta’minlash uchun ularga tezlatkichlar qo‘shiladi. Tezlatkichlar metall (kobalt, vanadiy) tuzlari va amin tipidagi birikmalar (diamet «X», dime- tilanilin)dir.
25 va 30-raqamli tezlatkichlar (ТУ 6-10-851-75) naften kis- lotalari kobaltli tuzlarining mos ravishda toluol va stiroldagi eritmasidir. 30-raqamli tezlatkichning kafolatli saqlash muddati 4 oy, 25-raqamli tezlatkichniki esa 6 oydir.
31-raqamli tezlatkich (ТУ 6-10-1444-79) vanadiy V oksid aso- sidagi tuzlaming monobutilfosfor kislotadagi eritmasi. Qo‘ng‘ir- jigarrang tusli birjinsli suyuqlik. Kafolatli saqlash muddati 6 oydir.
Dimetilanilin (ГОСТ 5855-78) — och sariqdan to‘q sariq ranggacha bo‘lgan moysimon suyuqlik, chaqnash harorati 53°C. Zaharli, markaziy asab tizimlari va qonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U so‘ruvchi-chiqaruvchi ventilatsiya bo‘lmalari bo‘lgan xonalarda qo‘llaniladi. Dimetilanilin doim aralashma holida ishlatiladi, aralashmaning tarkibida dibutilftalat va ko‘p atomli spirt mos ravishda 1:10:0,5 nisbatdabo‘ladi. Ishbop holatdagi lok tarkibiga bu aralashmadan 0,2—0,8 qism qo‘shiladi.
Diamet «X» (TY 6-14-980-73) — jigarrang kukun. Shilliq pardalarga tegsa qichishtiradi, shuning uchun himoya ko‘zoynak- lari taqib ishlash lozim. Ishbop loklar tarkibiga diamet «X» dan yarimfabrikat massasining 0,2 %i qadar qo‘shiladi.
Initsiatorning tezlatkich ishtirokidajuda tez parchalanishi tu- fayli bu komponentlarni bevosita bir-biriga aralashtirib bo‘l- maydi, aks holda kuchli reaksiya hosil bo‘lib, portlash yuz berishi mumkin. Shuning uchun poliefir lok-bo‘yoq materiallari, odatda, ikki komponentli sistema ko‘rinishida ishlab chiqariladi: birinchi- siga initsiator, ikkinchisiga tezlatkich qo‘shilgan bo‘ladi. Kompo- nentlar lokni yuzaga quyganda aralashadi.
60—80°C li o‘rtacha haroratda qotirish uchun giperiz va tezlatkich naftenat kobaltdan (HK) iborat qotirish sistemasi ish­latiladi. Qizdirmay turib qotirishda quyidagi qotirish sistemalaridan foydalaniladi: metiletilketon peroksidi HK bilan birgalikda; siklogeksanon peroksidi tezlatkich HK bilan birgalikda; giperiz 31-raqamli tezlatkich bilan birgalikda; benzoil peroksidi dime­tilanilin yoki diamet «X» bilan birgalikda.
Moyli lok-bo‘yoq materiallaming qotishini tezlashtirish uchun ulaming tarkibiga maxsus katalizatorlar — sikkativlar qo‘shiladi. Moyli tarkiblarga 0,5—l,5 % gacha qo‘shilgan sikkativlar moy- larning oksidlanish jarayonini tezlashtirib yuboradi. Sikkativlar kimyoviy tarkibiga ko‘ra karbonvodorodlarda eriydigan har xil metallarning birikmasidir. Ular yong‘in chiqishi va portlash jihatidan xavfli materialdir, chunki ulaming tarkibida uayt-spirit, qo‘rg‘oshin, marganes, kobalt moddalari bor.
Sensibilizatorlar poliefir lok-bo‘yoq materiallari tarkibiga lok parda qatlamini ma’lum to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan ultrabi- nafsha nur ta’sirida qotirish uchun qo‘shiladi. Parafinli loklar uchun eng yaxshi sensibilizator sifatida benzoinning metil efiri, parafinsiz loklar uchun esa alfaxlorantraxinon ishlatiladi.
Kislotali qotirgichlar karbamid-formaldegid smolalari asosida olingan lok va emallarni qattiq holatga o‘tkazish uchun ishla­tiladi. Kislotali qotirgichlar o‘mida vodorod xlorid yoki fosfor kislotalarning PKB-1, PKB-2 suyultirgichlardagi 4—10 % li eritmalaridan foydalaniladi.
Poliizosianatlar uretan lok va emallar tarkibiga ulami qotirish uchun qo‘shiladi. Alifatik tuzilishi poliizosianatlar yorug‘likka chidamli parda qatlamlar olish imkonini beradi.
Ma’lum maqsadli va qo‘shimcha moddalar. Bunday qo‘- shimchalar lok-bo‘yoq materiallar tarkibiga ulaming texnologik xossalarini yaxshilash uchun qo‘shiladi. Odatda, ulaming miqdori material massasiningjuda oz qismini tashkil etadi. Qo‘shimcha- lami qo‘shish bilan materiallami saqlash muddati uzaytiriladi, struktura turg‘unligi, quyilishi va yoyilishi hamda materialning tiksotroplik xossalari yaxshilanadi.
Ingibitorlar poliefir loklariga ulami saqlash muddatini oshi- rish uchun qo‘shiladi. Ingibitor sifatida gidroxinon va pirokatexin ishlatiladi. Lok massasining 0,01—0,03 % iga qadar qo‘shilgan ingi­bitorlar lok-bo‘yoq tarkiblarini kamida 4 oygacha sifatini yo‘qot- may saqlash imkonini beradi.
Lok va emallar surkalgandan so‘ng yuza ustidan oqib tushi- shining oldini olish uchun tiksotrop qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan, poliefirmaleinatli materiallarda tiksotrop qo‘shimcha o‘mida pasta ko‘rinishidagi aerosil qo‘llaniladi.
Havo kislorodining ingibitorlik ta’sirini yo‘qotish uchun poliefir bilan stirolni sopolimerlanish jarayoniga qalqib chiquvchi qo‘- shimchalar qo‘shiladi. Masalan, parafinning sirtdagi 3 % li eritmasi. Odatda, buning uchun 50—54°C da suyuqlanadigan parafin olinadi. Parafin poliefirmaleinatli lokka lok massasining 0,l—0,2 % iga qadar qo‘shiladi. A rusumli parafinning stiroldagi eritmasi nO-246 loklari tarkibiga, B rusumli eritmasi esa nO-265 loklari tarkibiga qo‘shiladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling