Yog’och xomashyoning mustahkamligi, qattiqligi, qayishqoqligi, plastikligi, mortligi va sifatiga qo’yiladigan talablarni o’rganish. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Yog’och materiallarning asosiy hossalari haqida malumotlarni o’rganish


Yog’och xomashyoning qattiqligi, mortligi va sifatiga qo’yiladigan talablar


Download 179.71 Kb.
bet3/10
Sana13.02.2023
Hajmi179.71 Kb.
#1195535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yog\'och

1.2 Yog’och xomashyoning qattiqligi, mortligi va sifatiga qo’yiladigan talablar
Yog’ochning yonish harorati nazariy hisoblangan va u 15900 S ga teng. Lekin amaliyotda bu haroratga yetib borib bo’lmaydi, chunki issiqlik nurlanishga sarf bo’ladi va yog’och to’liq yonmasligi mumkin. Quruq yog’och yonishida odatda 1000-10250S haroratgacha yetib borish mumkin. Ma’lumki 1 kg yoqilg’i yonganda olinadigan issiqlik mokdoriga issiqlik hosil qilish (teplotvor) xossasi deyiladi. Yog’ochning issiqlik hosil qilish xossasi daraxtning turli navlarida bir-biridan ozgina farq qiladi va uning miqdori 4400 - 5050 kkal/kg bo’lishi mumkin.
Yog’och namligi ortishi bilan uning issiqlik hosil qilish qobiliyati juda pasayib ketadi. Agar absolyut quruq kayin uchun u 4919 kkal/kg ga teng bo’lsa, 15% namlikka ega bo’lgan havoda qurigan quruq yog’och uchun u 4125 kal/kg ga teng. Kishda kesilgan 45% suv tutgan yangi kayin uchun 2750 kal/kg ga teng. Bu degani yoqish uchun agar yaxshi quritilgan yog’ochdan foydalanilsa 35% issiqlikni tejab qolish mumkin. Daraxt elementar tarkibini bilab, uni issiqlik hosil qilish qobilyati quyidagi formula orqali hisoblanadi Q=81 C+300 H – 260 Bu yerda: C,H, Q % da ifodalangan O’sayotgan daraxt tashqi ta’sirlar natijasida u ko’pgina bukilishlarga uchraydi. SHamol ta’sirida daraxt bukiladi, ya’ni bukilish kuchlanishini sinab ko’radi va natijada shox-shabbalarning og’irligi ortadi. Ko’p ta’sir etuvchi omillar ta’sirida daraxt yetarlicha mexanik chidamlilikka ega bo’ladi. 0,5 solishtirma og’irlikdagi qarag’ayning uzilishdagi mustahkamligi 1200 kg /sm2ga teng. Marten po’latining (solishtirma og’irligi 7,8 ga teng) o’zilishdagi mustahkamligi 4500 kg/sm2ga teng. Agar bu qiymatlarni bir xil og’irlikda hisoblansa, quyidagiga ega bo’lamiz: 1200 : 0,5 244 kg/sm2 va 4500 : 7,8580 kg/sm2 Ko’rinib turibdiki bir birlikdagi og’irlikka ega bo’lgan yog’och mustahkamligi po’latnikiga nisbatan to’rt barobar ko’pdir. Yog’ochni klassik usul, ya’ni yondirib, uni elementar tarkibi tekshirilganda barcha daraxt navlari uchun deyarli bir xil natijalar olinadi. Yog’ochni elementar tekshirishda doimiy og’irlikgacha quritilgan qipiq yoki yog’och kukuni (uni) idishga solinib, pechkada toza kislorod yoki havo ta’sirida yondiriladi. Bu usul bilan yog’och tarkibidagi uglerod va vodorod miqdori aniqlanadi. Elementar tekshirish yog’ochdagi asosiy elementlarning mavjudligi haqida ma’lumot beradi. Yog’ochni yoqish natijasida tarkibida kaliy, magniy, temir va marganetsning ugleoodli tuzlarini tutgan mahsulotlar olinadi. SHuning uchun kul miqdori daraxt tarkibidagi mineral modda miqdorini ko’p qilib ko’rsatishi mumkin. Yog’ochdagi mineral moddalarning haqiqiy miqdorini bilish uchun, kul tarkibidagi organiq modda va suv hosil qiluvchi ko’mir kislota miqdorini hisoblashga to’g’ri keladi. Kul ikkita asosiy - suvda eruvchan va erimaydigan qismlardan tashkil topgan. Kulning eruvchan qismi uning umumiy miqdoriga nisbatan 10-25% ini tashkil etadi. Kulning eruvchan qismiga soda, potash, xlor va sulьfat kislota tuzlari kiradi. Yog’och murakkab kompleks va uning asosini uglevod mahsulotlari tashkil etadi. Uglevod mahsulotlarini asosan polisaxarid-tsellyuloza tashkil qiladi. Ikkinchi urinda o’zini tuzilishi bilan har xil bo’lgan gemitsellyuloza va nihoyat poliuron kislotalar (kamedi, pektin moddalar) turadi. Yog’och tarkibida asosiy komponentlar bilan birga boshqa moddalar ham bo’lib, ularning miqdori ko’pincha daraxt naviga bog’liq bo’ladi. SHunday ikkinchi darajali (miqdoriy ko’rsatkichi bo’yicha) elementlarga quyidagilar kiradi: bo’yovchi va oshlovchi moddalar, mum, yog’, qatron (smola), efir yog’lari, qatron kislotalar, oqsil va boshqalar. Yog’och tarkibidagi moddalarni aniqlash uchun bir necha xil usullar mavjud. Materiallarni qatьiy ma’lum usullarda tekshirishga tayyorlash va analitik analizlarni ketma-ket olib borish orqali aniq natijalarini olish mumkin. Tekshirish uchun keltirilgan yog’och u yoki bu usul bo’yicha qipiq holatga keltiriladi. O’lchamlari 1 mm bo’lgan elakdan yaxshi o’tadigan va o’lchami 0,5 mm bo’lgan elakda ushlanib qolgan qipiq eng yaxshi qipiq hisoblanadi. Albatta qipiqning bu o’lchami taxminan qabul qilingan, lekin tekshirishlarning kiyosiy natijalarni olish uchun ma’lum standartlarga rioya qilish kerak, chunki olinadigan natijalarning aniqligiga yog’och o’lchamlari ham ta’sir etadi. Yog’ochni tekshirishni bir necha xil usullari mavjud, lekin ular hamma qabul qilgan usullar hisoblanmaydi. Ko’pincha quyidagi usuldan foydalaniladi:
Sovuq suvda eruvchanlarni aniqlash; issiq suvda eriydiganlarni aniqlash; efirda eruvchanlarni aniqlash (yog’, mum, qatron); 1% li ishqorda eriydiganlarni aniqlash. Ekstraktsiyalangan yog’och qoldiqlarining ayrim namunalarida tsellyuloza, lignin, gemitsellyuloza (pentozanlar, metilpentozanlar, mannanlar, galaktanlar) va kulni aniqlash uchun tekshirishlar olib boriladi. Barcha o’simlik to’qimalarida uglevod va aromatik harakterga ega bo’lgan asosiy moddalar bilan bir qatorda yog’, mum moddalar ba’zi o’simliklarda esa qatron ham bo’ladi. Bu moddalar o’simliklarda kam miqdorda bo’ladi, lekin qaragay va ignabargli daraxtlarning ayrim vaqillarida ko’prok miqdorda uchrashi mumkin. Tekshirishlar chog’ida yog’, mum va qatron moddalar umumiy holatda bir guruhga biriktiriladi. Bu moddalarning hammasi efir yoki spirt-benkul aralashmasida yaxshi ajraladi.
Oqsil moddalar daraxt hayotida katta ahamiyatga ega, lekin ularning kam miqdorda bo’lagnliklari texnikada amaliy ehamiyatga ega emas.
Lignin o’simlik xujayralariga gidrofoblik xossasini beradi deb hisoblnadi. Bu ularga suv ta’sirida o’z shaklini o’zgartirmaslik xossasini beradi. Ba’zan lignin o’simliklarga pishiqlik va mustahkamlik beradi deb qaraladi. Lekin bu asossiz, chunki lignin mustahkam bo’lmagan g’ovaksimon strukturadir. Lignin molekulyar massasi katta emas, shuning uchun u o’simliklarga mustahkamlik bera olmaydi.
Atsetillash jarayonida yog’och o’z tarkibini o’zgartirmaydi. Hosil qilingan atsetilyog’och xloroformda erimaydi va atsetiltsellyuloza yog’ochdan xloroform yordamida ajralib chiqmaydi, buning aksi atsetiltsellyuloza xloroformda yaxshi eriydi.


II Bob Yog‘och materiallari va buyumlari. Yog‘ochning asosiy xossalari



Download 179.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling