Yog’och xomashyoning mustahkamligi, qattiqligi, qayishqoqligi, plastikligi, mortligi va sifatiga qo’yiladigan talablarni o’rganish. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Yog’och materiallarning asosiy hossalari haqida malumotlarni o’rganish


Download 179.71 Kb.
bet7/10
Sana13.02.2023
Hajmi179.71 Kb.
#1195535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yog\'och

Yog‘ochning xossalari
Fizik xossalari. Yog‘ochning rangi asosan hujayralardagi rangli moddalar miqdoriga, daraxtning yoshiga va qanday sharoitda o‘sganligiga bog‘liq. Iqlim sharoiti o‘rtacha bo‘lgan joylarda o‘sgan daraxtlar odatda, bir xil rangda (oq-sarg‘ishdan jigarranggacha) bo‘ladi. Qarag‘ay, tilog‘och, eman va shunga o‘xshash daraxtlar o‘zagining rangi yog‘ochidan tubdan ajralib turadi. Ayrim hollarda yog‘ochda paydo bo‘ladigan g‘ayri tabiiy ranglar, ya’ni rangli dog‘lar yoki qatlamlar unda zamburug‘ kasalligi boshlanayotganligidan darak beradi. Fizik-kimyoviy omillar ta’sirida yog‘ochning rangi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Masalan, zirk daraxti tanasidan tilingan yog‘och vaqt o‘tishi bilan o‘z rangini och binafshadan sariq-qizg‘ish ranggacha o‘zgartiradi. Bunga sabab, yog‘och hujayralaridagi ayrim moddalarning havo va nur ta’sirida oksidlanishidir.
Namlik yog‘och hujayralarida, ular orasidagi bo‘shliqlarda, pardalar yuzasida erkin, gigroskopik yoki kimyoviy birikkan holatda bo‘ladi. Yangi kesilgan daraxtda namlik miqdori 35 dan 40 %gacha bo‘lishi mumkin. Sun’iy yoki tabiiy usulda quritilgan yog‘ochda erkin holatdagi suv 12–15 %ni tashkil etadi. Ma’lumki, ashyolarning zichligi ularning g‘ovakligiga bog‘liq. Bu qonuniyat yog‘ochga ham tegishlidir. Yog‘ochdagi g‘ovaklar uning umumiy hajmining 35–80 %idan iborat. Ko‘p g‘ovakli yog‘ochlar tarkibida suv mikdori ko‘p bo‘ladi. Masalan, hajmiy og‘irligi 400 kg/m3 bo‘lgan archada g‘ovaklar hajmi 65–70 % bo‘lsa, emanda 40–45 %ni tashkil etadi. Chunki, u zich va og‘ir, hajmiy og‘irligi esa 700–750 kg/m3 ga teng.
Suv yuqtiruvchanligi sababli yog‘ochning namligi tez-tez o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgaruvchan sharoitda u tez chiriydi. Yomgirda, zax binoda, nam yerda va shunga o‘xshash boshqa tashqi sabablar tufayli namlanishdan tashqari, yog‘ochning tabiiy namligi ham bor; bu namlik daraxtda shira holatida bo‘ladi. Shu shira tashqi namlik va suv ta’sirida tez achib, bijshydi va yog‘ochda kasalliklarni vujudga keltiradi.
Yog‘och namligini 100–105°S haroratda turg‘un og‘irlikkacha quritib, quyidagi formuladan xyasoblab topish mumkin:
W = ((m1 - m) /m)100 %,
bunda, W - yog‘ochning namligi; m1 – yog‘ochning quritilishdan oldingi og‘irligi; m – turg‘un vazngacha quritilgan namunaning og‘irligi.
1-jadvalda ignabargli yog‘ochlarning fizik xossalari kelti-rilgan. Quruq yog‘ochni to‘la suvga shimdirilganda undagi hujayra devorlari har xil o‘lchamda shishadi, natijada, yog‘och buyumning hajmi, o‘lchamlari kattalashadi.
1-jadval

Download 179.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling