Yog’och xomashyoning mustahkamligi, qattiqligi, qayishqoqligi, plastikligi, mortligi va sifatiga qo’yiladigan talablarni o’rganish. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Yog’och materiallarning asosiy hossalari haqida malumotlarni o’rganish


Ignabargli yog‘ochlarning fizik xossalari


Download 179.71 Kb.
bet8/10
Sana13.02.2023
Hajmi179.71 Kb.
#1195535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yog\'och

Ignabargli yog‘ochlarning fizik xossalari

Yeg‘och turlari

Zichlik, kg/m3

G‘ovaklik, %

Urtacha yillik halqalar soni, sm

12%li nam­lik

Yangi kesilgani

Qarag‘ay

530

860

55-70

6

Qoraqarag‘ay

460

770

60-75

12

Tilog‘och

680

840

45-75

10

Oqqarag‘ay

390

800

55-80

8

Eman

720

1030

30-60

6

Oqqayin

640

880

50-60

5

Qoraqayin

650

950

40-70

7

Teraq

500

760

60-80

5

2-rasmda suvga to‘lgan hujayralarning shishish ko‘rsatkichi, ularning kesimiga ko‘ra o‘zgarishi ko‘rsatilgan.


Yog‘och namligini tajribaxona sharoitida aniqlash ko‘p vaqt talab etadi. Shuning uchun yangi usullarni qo‘llash mumkin. Ma’lumki, yotochning elektr o‘tkazuvchanligi uning namligiga bog‘liq. Elektr nam o‘lchagichning ishlash prinsipi ana shunga asoslangan. Yog‘och qancha nam bo‘lsa, elektr tokini shuncha yaxshi o‘tkazadi va aksincha, yog‘och qancha quruq bo‘lsa, elektr tokini shuncha yomon o‘tkazadi.


2-расм. Намликнинг ёғоч­нинг шишишига таъсири: 1 –толалари бўйлаб; 2 – радиал; 3 –тангенциал йўналиш; 4 –ҳажмий шишиш.


Taxta yoki to‘sinning namligini aniqlash uchun asbobning uchlari yog‘och sirtiga botiriladi va asbob 220 voltli elektr tokiga ulanadi. Chiroq yonishi bilan asbob shkalasidagi mil yog‘ochning namlik darajasini ko‘rsatadi. Elektr nam o‘lchagich asbobi yordamida namligi 7 dan 30 %gacha bo‘lgan yog‘och buyumlarnigina aniqlash mumkin.
Namlik darajasiga ko‘ra yog‘och quyidagi turlarga bo‘linadi: suvga to‘la to‘yingan, namligi 35 %dan ko‘p bo‘lgan yangi kesilgan yogoch; namligi 15–20 % bo‘lgan havoyi – quruq yog‘och; namligi 8–10 % bo‘lgan xona quruqligidagi yog‘och; tajribaxonada 100–105°S haroratda turg‘un og‘irlikkacha quritib olingan mutlaq quruq yog‘och.
Uzoq vaqt ochiq havoda saqlangan yog‘ochning namligi atrof-muhitning namligiga tenglashib qoladi. Bunga yokochning muvozanat namligi deb ataladi. Davlat standarti talablariga ko‘ra qurilishda namligi 12 %dan ortmaydigan yog‘och ishlatiladi.
Yog‘och bir me’yorda quritilganda issiqlik uning tolalari bo‘ylab berilsa, nam tez bug‘lanib, yog‘och tez quriydi. Issiќlik tolalariga ko‘ndalang berilsa, buning aksi bo‘ladi. Yog‘ochning radial kesimidagi namlik tangensial kesimidagiga nisbatan tez bug‘lanadi.
Yog‘ochning zichligi deyarli hamma turlar uchun bir xil, ya’ni u o‘rta hisobda 1,54 g/sm3. ga teng. Yog‘ochning hajmiy og‘irligini aniqlash uchun, uning namligi 12 %ga keltiriladi. Buning uchun yog‘och namunasi namligini 20 %gacha quritib, olingan ko‘rsatkichlarni quyidagi formulaga qo‘yib, yog‘ochning 12 %ga keltirilgan namlikdagi hajmiy og‘irligi hisoblanadi:
R012 = R0w + 0,01(1 – K0)(P - W)),
bunda, R120 – 12 % namlikdagi yog‘ochning hajmiy og‘irligi, g/sm3; Rw0 – namligi W % bo‘lgan yog‘ochning hajmiy og‘irligi, g/sm3; W – yog‘ochning namligi, %; K0 – yog‘ochning kirishish koeffitsienti (tilog‘och, qoraqayin va oqqayin yotochi uchun 0,6; boshqa turdagi yog‘ochlar uchun 0,5 ga teng).
Ko‘p yog‘och turlarining havoyi quruq holatdagi hajmiy og‘irligi birdan kichik bo‘ladi. Hajmiy og‘irligiga ko‘ra barcha yog‘ochlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: hajmiy og‘irligi yengil 450–650 kg/m3 (kedr, pixta, archa, arg‘uvon, qarag‘ay, tog‘ terak); o‘rtacha– 650–750 kg/m3 (akas, oqqayin, qoraqayin, eman, nok, kashtan, tilog‘och, zarang, shumtol); og‘ir - 760–1280 kg/m3 (xurmo, grab, shamshod, pista daraxti, qora daraxt).
Hajmiy og‘irlik ko‘rsatkichi orqali yog‘ochning fizik-mexanik xossalari to‘g‘risida tushuncha olish mumkin. Yog‘ochning hajmiy og‘irligi qancha kichik bo‘lsa, u serg‘ovak bo‘lib, uncha pishiq bo‘lmaydi. Hajmiy og‘irlik katta bo‘lganda buning aksi bo‘ladi. Yog‘ochning hajmiy og‘irlik ko‘rsatkichi yordamida undan ishlangan konstruksiyaning og‘irligini, tashish uchun sarflanadigan transport xarajatlarini aniqlash mumkin.
Yogoch quriganda kichrayish (kirishish) va tob tashlash xossalariga ega. Yog‘och tolalari to‘yingan (namligi 20–28 % ga kamaygan) nuqta darajasiga yetgandan keyin yog‘ochda bunday holatlar boshlanadi. Yog‘och tolalarining to‘yingan nuqta darajasi yog‘ochdan ishlangan buyumlar yoki taxtalarni quritishda katta ahamiyatga ega. Chunki qurish jarayonida yogochdan avval erkin holatdagi suv, keyin gigroskopik va nihoyat, moddalarning parchalanishi hisobiga kimyoviy birikkan suv bug‘lanib ketadi. Erkin holatdagi suv yo‘qolgunga qadar yog‘och xossalari o‘zgar­maydi. Gigroskopik va kimyoviy birikkan suvlarning yo‘qolishi natijasida, yog‘ochda hajmiy va chiziqli kichrayish boshlanadi, zichligi va pishiqligi ortadi. Yog‘och hujayralaridagi va ular orasidagi namning yo‘qolishi hujayra naychalari, tolalari va pardalarini o‘zaro yaqinlashtiradi, natijada, yog‘ochning umumiy hajmi kichrayadi. Yog‘ochning kirishish ko‘rsatkichini aniqlash uchun hajmi va tomonlari o‘lchangan nam namunani turgun vazngacha quritib, yana hajmi va tomonlari qayta o‘lchanadi. Kirishish ko‘rsatkichi quyidagi formuladan topiladi:
U0= (V1 -V )/ V100 %,
bunda, U0 – hajmiy kirishish ko‘rsatkichi, %; V1 – nam namunaning hajmi; V qurigandan keyingi hajmi.
Yangi kesilgan daraxt turg‘un vazngacha quritilsa, uning hajmi yoki to‘la kirishishi har xil turlar uchun 8,5 dan 19 %gacha o‘zgarishi mumkin. Og‘ir va qattiq yog‘ochlarning kirishish qo‘rsatkichlari yengil va yumshoq yog‘ochlarga nisbatan katta bo‘ladi. Hajmiy va chiziqli kirishish ko‘rsatkichidan tashqari hajmiy kirishish koeffitsientini quyidash formuladan topish mumkin:
G‘o‘la yog‘ochlar quriganda ularning diametri, taxta va to‘sinlar quriganda esa eni va qalinligi kichrayadi, ammo bo‘yi deyarli qisqarmaydi. Daraxt tanasining o‘zagidan uzoqroq qismidan tilingan taxtalar o‘rta qismidan tilingan taxtalarga qaraganda ko‘proq tob tashlaydi. Bu yog‘och yillik qatlamlarining ko‘proq qurishi natijasida hosil bo‘ladi.

Download 179.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling