Yog’och xomashyoning mustahkamligi, qattiqligi, qayishqoqligi, plastikligi, mortligi va sifatiga qo’yiladigan talablarni o’rganish. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Yog’och materiallarning asosiy hossalari haqida malumotlarni o’rganish
Yog‘ochning asosiy turlari. Yog‘ochning makrostrukturasi
Download 179.71 Kb.
|
yog\'och
2.1 Yog‘ochning asosiy turlari. Yog‘ochning makrostrukturasi.
Yog‘och kesilgan daraxtlarga ishlov berish yo‘li bilan olinadi. Daraxt tanasining shox-shabbalaridan va po‘stloqdan tozalangan qismi yog‘och ashyosi deb ataladi. Yog‘och – yengil, pishiq, issiqlikni kam o‘tkazadi, osonlikcha yo‘niladi, randalanadi, arralanadi. Shu bilan birga yog‘ochning qurilish ashyosi sifatida ko‘pgina kamchiliklari ham bor. Masalan, uning anizotropligi (tolasimon tuzilishga ega ekanligi, tolalarining joylanishiga ko‘ra xususiyatlarining o‘zgarishi), namlikni yutuvchanligi, namligi o‘zgarishning mexanik xususiyatlariga ta’sir etishi, bikrligining qoniqarli emasligi, yorilishi, qurt va hasharotlardan oson yemirilishi, oson alangalanuvchanligi yog‘ochni qurilishning hamma yerlarida ishlatishga to‘la imkon bermaydi. Hozirgi vaqtda yog‘och ashyolarini ishlatishdan avval ularning chidamliligini oshirish choralari ko‘riladi. Yog‘ochga antiseptiklar, antipirenlar, smolalar shimdirilganda, uning tabiiy xossalari o‘zgaradi. Shu yo‘l bilan mustahkam, pishiq, biologik ta’sirlarga hamda haroratga chidamli va muhim texnologik xossalarga ega bo‘lgan Qurilish materiallari olish mumkin. Qurilish materiallari tasnifiga ko‘ra, ular asosan ikki katta guruhga bo‘linadi: tabiiy va sun’iy. O‘sayotgan daraxt 40 % namlikka ega bo‘ladi. Yangi kesilgan daraxt juda ko‘p texnologik jarayonlardan utadi. Yog‘ochni qayta ishlaganda faqat mexanik usullar (arralash, randalash) qo‘llaniladi. Yuqori haroratda quritish, shimdirish, maydalab zichlash kabi murakkab texnologik jarayonlardan keyin, undan ashyolar yoki buyumlar tayyorlanadi. Shu sababli ayrim yog‘och Qurilish materiallarini kompozitlar deb ham atash mumkin. Ko‘pgina plita shaklidagi Qurilish materiallarining asosiy tarkibini yog‘och qirindisi, qipig‘i, payrahasi yoki g‘o‘lalaridan shilingan yupqa shponlar tashkil etadi va ular asosida kompozitlar ishlab chiqariladi. Bunday yog‘och ashyolar fizik-mexanik xossalari va zararli muhitda chidamliligi bo‘yicha tabiiy yog‘ochdan tubdan farq qiladi. Tabiiy yog‘ochlar qayta ishlash usullariga qarab zichlangan, shimdirilgan, qatlam qilib yopishtirilgan hamda yog‘och plastiklar, yog‘och qirindi va yog‘och tolali plita turlarga bo‘linadi. Respublikamizda qurilishbop o‘rmonlar deyarli yo‘q. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlaridagi o‘rmon zaxiralari 2,3 %ni, yog‘ochni qayta ishlash sanoatidagi chiqindilar miqdori 50-60 % ni tashkil etadi. Shuning uchun ham, yog‘och chiqindilaridan Qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish sanoatining samaradorligini keskin oshiradi. Ayrim yog‘och buyumlari ishlab chiqaruvchi zavodlarda keltirilgan g‘o‘lalarni 98 %gacha qayta ishlab, Qurilish materiallari tayyorlanmoqda. Rivojlangan davlatlarda (Shvesiya, Finlandiya, Germaniya) daraxtlar kesilib, tayyor ashyo bo‘lgunga qadar 5–7 %gina chiqindi chiqadi. Bizda esa bu ko‘rsatkich juda katta. Yog‘ochning sifati uning turiga bog‘liq. Yog‘ochlar asosan ikki guruhga bo‘linadi: ignabargli va yaproqli. Qurilishda ko‘p ishlatiladigan ignabargli daraxtlarga - qarag‘ay, tilog‘och, qoraqarag‘ay kiradi. Yaproqli daraxtlarga esa, eman, oqqayin, qoraqayin, terak, jo‘ka kabilarni kiritish mumkin. Ignabargli daraxtlar o‘zlarining xossalariga ko‘ra yuqori sifatli, tanasining to‘g‘ri va tik o‘sishi bilan farq qiladi. Yaproqli daraxtlarda buning aksi, shuning uchun tabiatda ko‘p tarqalgan bo‘lishiga qaramay qurilishda ignabarglilarga nisbatan 10–16 %gina ishlatiladi. Daraxtlarni quyidagicha bo‘laklarga bo‘lish mumkin: shox-shabba va butoqlar, tana hamda ildiz. Yog‘och ashyolarning asosiy qismi –50–60 %i daraxt tanasidan, 5–20 %i ildiz, 4–15 %i shox-shabba va butoќlardan ishlanadi. Daraxt tanasining 1 -rasmda ko‘rsatilgan kattalashtirilgan kesimiga nazar solinsa, uning makrotuzilishini ko‘rish mumkin.Makroskopik tuzilishni o‘rganish jarayonida daraxt po‘stlog‘ining rangi va sirtiga baho beriladi. Bunda daraxt tanasining ko‘rinishi, o‘zagi va yillik halqa qatlamlarining soni, eski va yangi yoyuchlarning bir-biridan farqi, smola yo‘llarining o‘lchamlari, yog‘ochning teksturasi va boshqalar aniqlanadi. Daraxt tanasi asosan ko‘ndalang, bo‘ylama (radial - diametri bo‘yicha) va tangensial yo‘nalishda o‘rganiladi. Tananing ko‘ndalang kesimi kattalashtirilganda uning quyidagi asosiy qismlarini ko‘rish mumkin: po‘stloq, kambiy, po‘stloq osti va o‘zak. Po‘stloq o‘lik hujayralar qavati va tirik hujayralar qavatidan tashkil topgan bo‘lib, daraxtni turli mexanik ta’sirlardan himoyalaydi. O‘sib turgan daraxtning qobig‘i bo‘ylab uning tanasiga oziq moddalar tarqaladi. Kambiy qavati daraxt tanasitsing yog‘ochi bilan po‘stlog‘i orasida joylashgan. Kambiy tirik hujayralardan iborat bo‘lib, daraxtning o‘sish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Yog‘och o‘zagi yillik halqalardan iborat bo‘ladi. O‘zakka yaqinroq halqalar to‘qroq, po‘stloqqa yaqinroklari esa ochroqrangda bo‘ladi. Yog‘ochning och rang qismi tirik hujayralardan tuzilgan. Qarag‘ay va tilog‘ochning ko‘ndalang kesimida, yillik halqa qatlamlari ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Radial yo‘nalishdagi kesimda ular to‘g‘ri yoki qiya chiziqlar ko‘rinishida, tangensial yo‘nalishda esa parabolik egri chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Tananing ko‘ndalang kesimida yillik halqa qatlamlar konsentrik halqalar shaklida joylashgan. Har bir yillik halqa qatlam ko‘zga ko‘rinib turadigan ikki zonadan iborat: ichki, och rang yangi yog‘och (bahorda hosil bo‘lgan) va tashqi, to‘q rang yog‘och (yoz oxirida hosil bo‘lgan). Yangi yog‘och eskisiga qaraganda bo‘shroq va ancha g‘ovak. Yillik halqa qatlamlarning eni daraxtning o‘sish sharoitiga qarab har xil. Biroq, yog‘ochning pishiqligi yillik halqalarning eniga emas, balki kechki yog‘ochning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Yillik halqa qatlamlarning yog‘ochi qanchalik qalin bo‘lsa, yog‘ochning pishiqligi shuncha ortadi. Download 179.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling