Yog’och xomashyoning mustahkamligi, qattiqligi, qayishqoqligi, plastikligi, mortligi va sifatiga qo’yiladigan talablarni o’rganish. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Yog’och materiallarning asosiy hossalari haqida malumotlarni o’rganish


Download 179.71 Kb.
bet5/10
Sana13.02.2023
Hajmi179.71 Kb.
#1195535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yog\'och

Yaproqli yog‘och turlari. Yaproqli yog‘och duradgorlik buyumlari, faner, parket, mebel va shu kabilar uchun ishlatiladi. Ularning pishiq va chiroyli teksturaga ega bo‘lgan qattiq turlariga eman, shumtol, zarang, oqqayin va nok kiradi. Bunday daraxt tanasidan tilingan taxtada yog‘och tolalari va o‘zak nurlarining yaqqol ko‘rinib turishi undan ishlangan buyumga chiroy beradi. Yaproqli yog‘ochlarning yumshoq turlari qoraqayin, zirk, oqqayin, tog‘ terak, terak, yong‘oq, arg‘uvon mebel tayyorlash va pardoz buyumlar ishlashda qo‘llaniladi.
Emanning qishda bargi to‘kiladigan, yozgi va bargi yil bo‘yi to‘kilmaydigan turlari mavjud. Emanning bu ikkala turi bargi va tanasining tashqi ko‘rinishi bilan bir-biridan farq qiladi. Ularning xossalari deyarli bir xil, ammo yozgi emanning tanasi ancha to‘g‘ri bo‘ladi. Eman juda chuqur ildiz otadi. U 500–600 yil yashaydi. Zich o‘rmonda o‘sgan eman daraxti odatda, to‘g‘ri, kam shoxli va baland, alohida o‘sgani esa past, yo‘g‘on, sershox bo‘ladi.
Eman yog‘ochi juda qattiq, pishiq, og‘ir va chiroyli, qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish rangda bo‘ladi. 60–80°S haroratda quritilganda, uning hajmi birmuncha kichrayadi, ya’ni kirishadi. Natijada, emandan ishlangan buyumda darzlar hosil bo‘ladi. Suvda ko‘p vaqg turgan eman yog‘ochi juda qattiq bo‘lib qoladi. Bunga sabab emandagi teri oshlaydigan kislotalar temir oksidlari bilan birikib, suvga chidamliligi ortadi va yog‘och yuzasi qorayadi. Texnik xossalari yaxshi bo‘lganligi, chidamliligi sababli eman ko‘priklar, gidrotexnik inshootlar qurishda keng qo‘llaniladi. Yog‘ochining radial va tangensial kesimi juda chiroyli. Ular parket, bochka taxtasi, faner, mebel tayyorlash va pardozlashda ishlatiladi.
Qayrag‘och – o‘zagi och ko‘ng‘ir yoki kulrang qo‘ng‘ir, po‘stloq osti qatlami keng, och sariq yog‘ochli daraxt. Qayrag‘och taxtasining zarbga qarshiligi yuqori. O‘zi og‘ir, pishiq, biroz egiluvchan, qattiqligi o‘rtacha ashyo. Ayniqsa, suvda o‘z pishiqligini yaxshi saqiaydi, ochiq havoda, nam sharoitda esa tez chiriydi. Qayrag‘och gidrotexnik inshootlarda ko‘plab ishlatiladi.
Oqqayin bargli daraxtlar ichida eng ko‘p tarqalgan. Uning yog‘ochi qattiq va pishiq. Lekin tanasining egriligi va turli zamburug‘lar ta’siriga chidamsiz bo‘lganligi sababli ayrim buyumlarga yaroqsizdir. U faner ishlab chiqarish sanoatida ko‘p ishlatiladi. Po‘stlog‘ining oqligi unda smolali moddalar (masalan, betulin) borligini bildiradi. Shuning uchun po‘stlog‘i shilinmagan oqqayin tanasidan nam o‘tmaydi, unga yemiruvchylar zarar yetkazmaydi. Agar yogochi chiriy boshlagan bo‘lsa, rangi o‘zgaradi.

Download 179.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling