Yo‘ldosheva
Download 1.16 Mb.
|
Ona-tili-oqitish-metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- (birinchi bosqich)
SIFATNI O‘RGANI SH METODIKASI
Sifatni o‘rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomon- dan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar l- va 2-sinfda sifatning leksik ma'nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so‘rog‘ini berishga o‘rganadilar; 3-sinfda sifat so‘z turkumi sifatida o‘rganiladi; 4-sinfda ilgari o‘rgani1ganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yem-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o‘rgatiladi. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’hım bo‘1gan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xustısiyatlariga asos- lanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko‘rinishi, maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o‘rin va paytga mtı- nosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi tini ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish ııchun 1 -sinfdanoq o‘qııvchi1ar e'tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ıılarda so‘roq yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiri1adi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so‘z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda btı bog‘1iqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo‘nalishda olib borishni talab etadi. Boshlang‘ich sinflarda „Sifat“ mavzusi quyidagi izchillikda o'rga- niladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (l-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (3-sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog‘1iq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish (4-sinf). Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifat- ning leksik ma nosi va so‘roqlari ustida kuzatish o‘tkazishdan boshla- nadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo‘lib, tini rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushun- chasini shakllantirish ııch un uning ma nolarini aniqlash talab etiladi. O‘qittıvchi predmetni yoki uning rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma — qizil, shirin, yıımaloq olma; (qandrı y?) ip — «¿an, ko ’k iy. Albatta, suhbat asosida o‘quvchilar olma, ip so‘zlari nima ? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmet nomini bildirishi, qiril, shirin, yumaloq kabi so‘zlar qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli) ni bildirishini aniqlaydilar. O‘qituvchi atrofimizni o‘rab olgan pred- metlarning o‘z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi ( Qanday? daraxt — Katta, chiroyli, sershox, ko 'm-ko ’k daraxt. Qcll1tfQ6I ? Shkaf — Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa ? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar predmet belgisini bildiradi. O‘quvchilar belgi bildirgan bunday so‘z1arning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko‘p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so‘ngra sifatlari bilan o‘qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko‘rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so‘zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko‘rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi. O‘qtıvchilar qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan (predmet belgisini bildirgan) so‘z1arni o‘zlashtirish1ari uchun mashqning qu- yidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so‘roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so‘zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish; 3) matndan kim ? yoki nima ? so‘rog‘iga javob bo‘1gan so‘zni va unga bog‘langan qanday? va qanaqa ? so‘rog‘iga javob bo‘1gan so‘zni tanlab (so‘z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so‘zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish. Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: „Sifat“ tushunchasini shakl- lantirish hamda o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o‘rin1i foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hal qilinadi. „Sifat“ tushunchasini shakllantirish o‘quvchilarning „predmet belgisi“ degan umumlashtirilgan kategoriyani o‘zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda rang, maza, shakl, hajm, xil-xususiyat bildiradigan so‘zlar guruhlanadi va shu so‘z1arning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o‘quvchi1ar tıning so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, qanday? yoki q ınaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, d) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so‘z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo‘1ak vazifasida keladi. Bu sinfda og‘zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o‘rin beriladi. O‘quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmet ni har tomonlama tasvirlash malakasini o‘stirish uchun: 1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday? shaftoli — Shirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday? kitob Qalin, qiziqarli kitob; berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehti yotkor, ayyor, yovvoyi ... (ttılki)j predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin. Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o‘rnini puxta o‘zlashtirishga erishish uchun ma’nodosh va zid ma’noli sifatlar ustida ishlash, o‘qish darslarida sifatning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvoFıq. Sifatni o‘rganish jarayonida so‘z yasashga oid mashqlarni mtıntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarda u yoki bu so‘z turkumini yasash uchun so‘z yasovchi qo‘shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi. Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nik- masini o‘stirish bilan bog‘liq holda -roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan sifatlarni vn ko ’m-ko ’k, yam-yashil kabi sifatlarni to‘g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o‘qtıvchilar nutqini o‘stirishga qaratiladi. Nazariy ma’lılmotlarga asoslanib: mat nda berilgan ot larning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo’yish, gapda sifat bog‘langan otni (so‘z biri k masini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so‘z bi rik masi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq mate- rialini tanlashda -rog qo‘shimclıasi bilan qo‘1langan yaxsltiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko‘ proq bo‘lishiga e'tibor beriladi. O‘quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin mashq topshiriqlari haıTl asta-sekin mıırakkablasht ira boriladi. Shunday qil ib, sifatn ı o’zlashtırishda uni ot bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishga asoslaniladi. SONNI O‘RGANISH METODI KASI „Son“ni o‘rganish tizimi hann son haqidagi materialni leksik va grammatik tomondan sinfdan-sinfga o‘tgan sayin boyitib, murak- kablashtirib borishni nazarda tutadi. Bosh1ang‘ich ta'limda son uch yo‘nalishda o‘rganiladi: Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash. Sonning grammatik shakllari iistida ishlash. Sonlarning imlosi ustida ishlash. Son bosh1ang‘ich sinflarda quyidagi izchillikda o‘rganiladi: 2-sinfda nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘1ib, shaxs va narsaning sanog‘ini, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi; 3-sinfda „Son — so‘z turkumi“ tushunchasi kiritiladi. O‘quv- chilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog‘lanib kelishi yordamida aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi. Bularni o‘rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslaniladi. Sonning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni taqozo etadi. 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi, qo‘sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o‘ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so‘m, tiyin so‘zlari bilan qo‘llanishi va shu so‘z bilan bitta so‘roqqa ja bob bo‘lishi o‘rganiladi. O‘quvchilarning sonlarni otga bog‘1anishi, so‘roqlar yordamida sonni o‘zi bog‘1angan so‘z bilan ko‘chirish ko‘nikmalari o‘stiri1adi. Shunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati uni leksik va grammatik aspektda o‘rganishni taqozo etadi. Son gram- matika va imlo o‘qitishdagi suhbat metodida, yarim izlanishli muam- moli metodda, analitik (tahlil), sintetik (tarkib), induktiv metodlarda o‘rganiladi. Bu metodlar son yuzasidan beriladigan tushunchalarning mohiyatiga, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog‘liq holda tan- lanadi. Agar o‘quvchi son haqida ma'lum darajada bilimga ega bo‘lsa, yarim izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola son haqida umiiman tushunchaga ega bo‘lmasa, induktiv va analiz metodlaridan foydalaniladi. „Son“ ustida ishlash dastur talabiga ko‘ra 1-sinfdan boshlansa ham, uni o‘rganish jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo‘linadi. „Son“ boshlang‘ich ta'limda elementar nazariy tushunchalar asosida amaliy o‘rganiladi. Lekin 1-bosqichni to‘liq ma’noda sonni amaliy o‘rganish bosqichi deb nomlaymiz. Chunki bu bosqichda umuman nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod o‘rgatiSh va 1-sinfning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqich sonni o‘rganuvchi keyingi bosqichlarga zamin tayyorlaydi. Ma'lumki, savod o‘rgatish davrida o‘quvchi1ar bilan kundalik ishlar, rasmlar, predmetlar, mavzular yuzasidan og‘zaki savol-javoblar o‘tkaziladi. Masalan: „Bugun nechanchi sana? Biz nechanchi asrda yashayapmiz? Bu yil nechanchi yil? Darsga nechta o‘qtıvchi kelmadi? Bir yil necha faslga bo‘1inadi? Yilning birinchi fasli qaysi?“ yoki man- tiqiy mashqlar ishlash bilan bog‘liq holda: „Xonadoningizda nechta uy hayvoni bor? Nechta yovvoyi hayvon nomini bilasiz?“ kabi. Mavzular bilan bog‘liq holda, „Oila“ mavzusida: „Oilangizda nechta kishi yashaydi? Nechta akangiz (yo ukangiz, yoki opa-singlingiz) bor? Siz oilada nechanchi farzandsiz? Nechanchi yilda tug‘ilgansiz? Hozir nechanchi sinfda o‘qiyapsiz?“ yoki O tovushi va O o harfi bilan tanishtirishda: Osmonda nechta oy bor?, Nechta yıılduz bor? (Bolani o‘ylashga majbur qiladi), Nechta yuldıızning nomini bilasiz?“ kabi. l-sinfning ikkinchi yarmida mashq ishlash paytida „Gapda nechta kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z bor? Nechta unli bor? Nechta un- dosh bor? Berilgan so‘z nechta bo‘g‘inga bo‘linadi?“ kabi savollarga javob olinadi. Bu bosqichda aralash berilgan so‘zlardan gap tuzdirish, mashq matnidan gaplar sonini, gapda so‘z1ar sonini, so‘zdagi bo‘g‘ in yoki tovush sonini aniqlatish, ba’zan tahlilni yozma tarzda bajarish (5ta unli bor, beshta bo‘g‘in bor) kabi mashq turlari qo‘llaniladi. Bunda „Predmet (nomi)ga bog‘lanib kelgan so‘zga so‘roq berib ko‘r-chi? U nimani bildiryapti?“ kabi savollardan foydalaniladi. bosqich 2-sinfga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda asosan ikki vazifa bajariladi: Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling