Yo‘ldosheva
OLMOSHNI O‘RGATISH METODIKASI
Download 1.16 Mb.
|
Ona-tili-oqitish-metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish.
OLMOSHNI O‘RGATISH METODIKASI
Boshlang‘ich ta'1imda faqat kishilik oknoshlari o‘rganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va imlosi o‘ıgatiladi. Kishilik olmoshlari bilan o‘quvchi1arni tanishtirishda predmetni nomlamasligi, ular faqat ko‘rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishti- riladi. Boshlang‘ich sinfda kishilik olmoshlarining ot bilan almashinib qo‘llanishiga alohida to‘xtab o‘tilmaydi. Chunki men, sen olmoshlari ech qachon ot bilan almashinib qo‘llanmaydi: „Men o qiyaprıınn, sen o ’qiyapsan“ deyish mumkin, lekin „Salima chiqyapman, Salima o ’qi yapsan, qin tikyapman “ tarzida qo‘llanmaydi. Lekin III shaxs kishilik olmoshi ot bilan almashinib qo‘llanadi: „ Qin tik yapti — u tik- yapti“. O’qituvchi kishilik olmoshlari bilan tanishtirayotganda shunga diqqatni qaratish lozim. Kishilik olmoshi haqidagi dastlabki ma'lumot badiiy asardan keltirilgan og‘zaki nutqqa doir misollarni kuzatish va tahlil qilish orqali beriladi. Kishilik olmoshlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi bilim va ko‘nikmalar hosil qilinadi: — inen, sen, u, bil, sid, ular kishilik olmoshlari, ular kim ? so‘rog‘iga jaYob bo‘ladi; kishilik olmoshlari so‘z turkumi; kishilik olmoshlari 3 ta shaxsni birlik va ko‘plikda ifodalaydi; ular kelishiklar bilan turlanadi; -ni, -ning qo‘shimchalari m.•fı, sen olmoshlariga qo‘shilganda o‘zakdagi n tushib qoladi; o olmoshiga -ga, -Ja, -Jan qo‘shimchalari qo‘shilsa, bir n tovushi orttiriladi kabi bilimlar beriladi; olmoshlarni nutqda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘1lash, ularni kelishikli ho- latda to‘g‘ri yozish, so‘roq1ar yordamida aniqlash va farqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi. Olmosh so‘z turkum'ı suhbat, yarim izlanishli muammoli metorl, in Jııktiv metodlarda tushuntiriladi. Bu metodlarning qaysi birida tu- shuntirilsa, shunga mos usul va ish turlari tanlanadi. O‘quvchilar olmoshlaming kelishik bilan qo‘llanishini o‘rganmagani uchun dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan gap tanlanadi. Kishilik olmoshi quyidagi matn asosida tushuntirilishi ham mumkin: Men „J imjiloq“ hikoyasini o‘qim. Sen qaysi hikoyani o‘qiding. U „Nihollarning nolasi“ hikoyasini o‘qidi. Suhbat o‘tkaziladi: Birinchi gapdagi otni toping. „Jimjiloq“ nimaning nomi? Hikoya oti-chi? Shu gapda kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni toping. Keyingi gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi. Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan men, sen, u so‘z1arini bir ustun qilib yozib qo‘yiladi. Biz, siz, ular so‘zlariııstida ham shunday tahlil o‘tkaziladi. Suhbat davom ettiriladi: Birinchi gapni kim gapiryapti? (so‘zlovchi I shaxs) Ikkinchi gapni kim gapiryapti? (tinglovchi II shaxs) Uchinchi gapni kim gapiryapti? (o‘zga III shaxs)... Demak, men, sen, u shaxsni bildiradi va bu so‘zlar kim ? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Bil, siz, ular so‘z1ari ustida ishlanadi. O‘quvchilar javobiga aniqlik kiritiladi: Men, sen, tı — so‘z turkumi. Btı so‘z turkumining nomi olmosh deb yuritiladi. Men, sen, u — kishilik olmoshlari. Men I shaxsni, sen II shaxsni, u III shaxcni ko‘rsatadi. Shundan so‘ng biz, siz, ular olmoshlari yuzasidan suhbat o‘tkaziIadi. Kishilik olmoshlarining bir- lik va ko‘p1igi taqqoslash orqali tushuntiriladi va qaysi paytda men, sen, u, qaysi paytda biz, siz, afnr qo‘llanilishi ustida ishlanadi. Egalik qo‘shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so‘zlovchi (men), tinglovchi (sen), o‘zga (u2 eslatiladi va ular kishilik olmoshlari bilan bog‘lanadi. Olmoshning gapda asosan ega vazifasida kelishi aytiladi. Kishilik olmoshlarining ko‘pligini tushuntirishda „Biz Vatan ha- qida ko‘p maqollar bilamiz. Siz ham shunday maqollardan bilasizmi? tarzidagi gaplardan foydalanish mumkin. O‘qtıvchilarnirlg kishilik olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha dars davomida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so‘roq berish, qaysi so‘roqlarga javob bo‘layotganini aniqlash, matndan kishilik o1mo.sh- larini topish, ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish, kishilik olmoshlari ishtirokida gap tuzish, ularning gapda qanday bo‘1ak bo‘1ib kelayotganini aniqlash, kishilik olmoshlarining shaxs-sonini aytish, berilgan fe'1larga mos kishilik olmoshlarini tanlash va gap ti- zish (Onamga yordam berdim. Onangga yordam berdingmi? Onasiga yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar bajariladi. Ayrim matnlar shaxsini o‘zgartirib ijodiy qayta hikoya qildiriladi. Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish. Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tishdan oldin shu mavzuni o‘qt1vchilar ongli o‘z1ashtirishlari uchun xattaxtaga kelishiklarga doir jadval osib qo‘yiladi. Suhbat metodidan foydalanib shiı jadv'al asosida kelishiklar haqidagi o‘quvchilar olgan bilimlar takrorlanadi va ularning yangi mavztıni o‘rganish1ariga zamin tayyorlanadi: Nechta kelishik bor? Ularning nomini, qo‘shimchasi va so‘rog‘ini ayting. Kelishiklar qaysi so‘z turkıımiga qo‘shiladi? Kelishik qo‘shimchalari qanday vazifa bajaradi? M isollar bilan tushuntiring. O‘qtıvchilar aytgan bitta gap xattaxtaga yozdiriladi va tahlil qilinadi. Masalan: Bilim davlatdan qimmat. (Maqol) Davlatdan — ot, chiqish kelishigi qo‘shimchasini olgan, -d‹rn qo‘shimchasi otni qimmat so‘ziga bog‘lagan. O‘quvchilar javobi umumlashtiriladi. Shundan so‘ng oldindan xattaxtaga yozib qo‘yilgan darslikdagi mashq ustida ishlanadi: O‘qing. Tagiga chizilgan so‘z qaysi turkumga kiradi? Shu so‘z qaysi shaxsni bildiradi? Bizni olmoshi qaysi qo‘shimcha bilan qo‘llangan? Bu qo‘shimcha biz olmoshini qaysi so‘zga bog‘lagan? Ularni birlikda yozing: Birni olib borrlilar. Kelishik qo‘shimchasini va bog‘1anishini tegishlicha belgilang. Kelishik nomini qisqartirib tepasiga yozing. Ikkinchi gapni o‘qing. Olmoshning qaysi kelishik qo‘shimchasini olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni qaysi so‘zga bog‘lagan? Ularni birikma tarzida yozing: Bizning ko ’z o ’ngimirda. Qo‘shimchani va so‘zlarning bog‘lanishini belgilang. Qolgan gaplar ustida ham shu taxlitda islüanadi. Xattaxtaning bir tomonida quyldagi birikmalar yuzaga keladi: Bizni olib bordilar. Bizning ko‘z o‘ngimizda. Bizga gapi rib berdi va boshq. O‘quvchilar javobi yana suhbat yo‘li bilan umumlashtiriladi: Kishilik olmoshlari qaysi qo‘shimchalarni oladi? Qaysi kelishik qo‘shimchalari olmoshga qo‘shilib keladi? Bu qo‘shimchalar olmoshlarni qaysi so‘zlarga bog‘laydi? (boshqa so‘z1arga) Kelishik qo‘shimchasini olgan bizning, birni, bira, bi7da, biç- me kabilar qaysi so‘roqlarga javob bo‘lyapti? Ular gapda qaysi bo‘lak bo‘ladi? (2-darajali bo‘lak) Biz olmoshiga so‘roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi bo‘lak bo‘lib kelyapti? (Ega) O‘quvchilar javobi aniqlashtiriladi va umumlashtiriladi: Kishilik olmoshlari ham kelishik qo‘shimchalarini oladi. Kelishik qo‘shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tııshum, qaratqich, jo‘na1ish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi olınoshlar 3apda 2-darajali bo‘lak bo‘lib keladi. Bosh kelishikda esa ega vazifasini bajaradi: Bir mehnatni sevomiz. Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushun- cha mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmosh- larining qaysi kelishikda ekanligini aniqlash, ularni o‘zi bog‘ langan so‘z bilan birikma tarzida ko‘chirish, shaxs-sonini topish, chiziqchalar o‘rniga topshiriqqa mos olmoshlarni qo‘yish, ot o‘rnida qo‘llangan olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar bajartiriladi. Keyingi darslarda o‘quvchilarning kishilik olmoshlarining kelishik- lar bilan turlanishi paytidagi imlosini o‘zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan to‘g‘ri foydalanib, nııtqda uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llashlariga, shuningdek, mttqda kishilik olmoshlaridan o‘rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf etishga ahamiyat qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o‘rinsiz ko‘p ish- latishlarini bartaraf etish ııchun o‘qtıvchilarning ijodiy yozma ishlari: bayon va insholari o‘qib berilib, tahlil qilinadi. O‘quvchilar nutqi da kishilik olmoshlarini men, san tarzida sheva ta’siriga berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik olmoshlariga ajratilgan darslarning yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklarni hani yo‘qotishdir. O‘quvchilarni kishilik ol moshlaridan nııtqda to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish nutqiy g‘alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf et.ıdi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling