Yo‘ldosheva


Download 1.16 Mb.
bet71/93
Sana22.11.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1794757
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Savol va topshiriqlar

  1. Boshlang' ich sinflarda qanday so‘z lınkumlari o‘ıganiladi? Ularni o‘rganishdagi izchillikni tushuntiring.

  2. O‘quvchilarga otni tushuntirishda qanday usullardan foydalanasiz? Otga oid bironta dars ishlanmasini yozing.

  3. Boshlang‘ich sinfda sifat so‘z turkumi yuzasidan o‘qııvchilarga qanday bilimlar beriladi va ular qanday izchillikda shakllantiriladi?

  4. Sifatni o‘rganislı jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish yuzasidan qanday mashqlar o‘tkazasiz?

  5. Son ishtirok etgan maqol, ertak, dostonlardan bolalarga mosini to‘plang. Ular asosida tarqalma material tayyorlang. Sonni o'1ish bo‘yicha bir soatlik namıınali dars ishlanmasini tuzing.

  6. Boshlang‘ich sinflarda „Fe'l"ni o‘rganish maqsadini ayting. Uni o‘rganishdagi izchillik nimalar dan iborat?

  7. Kishilik olmoshlarini o'rgatishning eng qıılay usuli haqida gapiring.

  8. OlmosNarning kelishiklar bilan turlanishi qay tarzda o‘rgatiladi'?

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINTAKSIS ELEMENTLARI
USTIDA ISHLASH METODIKASI
Gap ustida ishlash. Boshlang ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o‘rganiladigan va nazariy o‘rganiladigan bilimlarga bo‘linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o‘rganish savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi va 4-sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang‘ich sinfda „Gap“, „ Darak gap“, „So‘roq gap“, „Buyruq gap“, „His-hayajon gap“, „Sodda gap“, „Gap bo‘laklari“, „Gapning uyushiq bo‘laklari“, „Undalmali gaplar“ mavzulari nazariy o‘rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi.
Bosh1ang‘ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan Öiri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko‘nikmasini shakl- lantirish hisoblanadi.
Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o‘z1ashtirilgani uchıın tilni o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy o‘rin egallaydi. Gap nutqining asosiy birligi bo‘lib, bosh1ang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe'l va ularning muhim kategori- yalarining tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O‘quvchilar ona tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar. So‘zning leksik ma’nosi va uning qo‘llanish xususiyatlari so‘z birikmasi yoki gapda ma'lum bo‘ladi. So‘z gapda bir ma’noli bo‘ladi (gapdan tashqarida bir necha ma'no ifodalashi mumkin).
Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang‘ich sinflarda gap ustida ishlashni shanli ravishda besh yo‘nalishga bo‘ladi:
t . Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo‘lgan gapning muhim belgilarini o‘rgatish).

  1. Gap qurilishini o‘rgatish (so‘z birikmasida so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig‘iq gaplar ustida ishlash).

  2. O‘quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko‘ra turlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.

  3. Gapda so‘zlarni aniq qo‘llash ko‘nikmasini o‘stirish.

  4. Yozma nııtqda gapni to‘g‘ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo‘yish) ko‘nikmasini shakllantirish' 0.


Ishning bu besh yo‘na1ishi bir-biriga o‘zaro ta'sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o‘rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil
2' PâMaaeaa T. r., nsaoa M.P. MeTon Ka o6 eHıı pyccxoMy asıxy a
HâVilJI bHbIX KJIâCCâX. — M. : 1979. c.29 l —292.
muhokama qilinadi. Gapni o‘rganish va nutqda undan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi. O‘qııvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug‘iladi. U o‘z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish talabidan gapni mtıkammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi.
Gap“ mavzusi barcha sinflarda o‘rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O‘quvchilar fıkr ifodalovchi nutq birligi — gap haqidagi elementar tasavvtırdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanislıi, gapning uyushiq bo‘lak1arini o‘rganishga o‘tadilar.
Gap ustida ishlashning boshlang‘ich bosqichi savod o‘rgatish davri- ga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so‘zlardan gap tuzib bo‘lmaydi. Agar o‘quvchilar gapning bosh bo‘laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gap- ning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham savod o‘rgatish davrida gapning bosh bo‘1aklari ustida kuzatish o‘tkazgan ma’qul.
Gapning bosh bo‘1aklarini kuzatish bilan o‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq ifodalashga o‘rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko‘nikmasi shakllanadi. Gapni o‘rganish me'yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xıısusan, so‘z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan sintaktik material kam bo‘lsa ham, bııtun o‘quv yili davomida, boshqa mavzıılarga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi.
Dasturga ko‘ra, 1 -sinfda o‘quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fıkr bildirishi, gap so‘zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma'lum tinish belgilari qo‘yilishi haqida amaliy ma'lıımotlar beriladi.

  1. sinfda esa o‘qtıvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar. Ular gapdan shıl gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so‘zni ajratishga o‘rganadilar. Aslida gap- ning grammatik asosi ııstida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo‘laklarni o‘rganishga muqaddima bo‘ladi.

  2. sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O‘quvchilar gapni amaliy o‘rganishdan tushuncha sifatida o‘rganishga o‘tadilar. Ular gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ik-

kinchi darajali bo‘laklarning ta’rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi. Bu sinfda gapda so‘zlarning bog‘lanishiga katta e'tibor beriladi. O‘quvchilar gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo‘laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so‘z (hokim va tobe so‘z)ni, so‘zlarning grammatik jihatdan, ya ni qo‘shimchalar orqali bog‘lanishini bilib oladilar.

  1. sinfda gapning uyushiq bo‘laklarini o‘rganish bilan gap bo‘laklari haqidagi bilim kengaytiriladi.

Shunday qilib, o‘qtıvchilarda gap bo‘laklari haqidagi tasav- vtırni o‘stirish gapni o‘zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari gap bo‘lak1arini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga) bo‘linishini o‘zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o‘zlashtirish uchtın bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‘1ak1ar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fıkr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo‘laklar esa bosh bo‘laklarni aniqlovchilik va to‘ldiruvchilik vazifasini bajaradi.
Ikkinchi darajali bo‘laklarning mohiyatini ochish uchun o‘quvchilar gapni tahlil qiladilar va tılar qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanib, rini izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo‘lak1arning xususiyatlari gapni yoyish (yig‘iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, o‘quvchilar Qaldirg’ochlar uchib keldi“ gapini yozadilar. Fikrni to‘liq ifodalash uchun gapga qayerda ? va qachon ? so‘roqlariga javob bo‘1gan so‘zlarni qo‘yish topshiriladi. O‘qtıvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo‘lagi (ikkinchi darajali bo‘lak) fıkmi yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.
O‘quvchilardagapda so‘zlarning bog‘1anishini aniqlash ko‘nikmasini shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko‘nikmalar qatoriga kiradi. So‘z birikmasi gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang‘ich sinflarda uning muhim belgilari idrok qilinadi. „So‘z birikmasi“ atamasi darsliklarga kiritilmagan, ta’rifi berilmaydi. Ammo kichik yoshdagi o‘quvchi1ar uning quyidagi muhim belgilarini amaliy bilib olishlari zarur:
1. So‘z birikmasi mazmun va grammatik tomondan bog‘langan ikki qism bo‘ladi. Masalan, „Dunyo xalqlari tinchlik tfCJtffi kurashadilar“ gapida ikkita so‘z birikmasi bor: I) dunyo xalqlari; 2) tinchlik uchun kurashadilar.
279
2. So‘z birikmasida bir so‘z hokim ikkinchi so‘z tobe bo‘ladi. Ho- kim so‘zdan tobe so‘zga so‘roq beriladi, tobe so‘z shu so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zdir. Masalan, (Qanday?) Iqtidorli o ’quvchilar (nimaga?) to ’garakka a ’zo bo ’ldilar. Ega va kesim so‘z birikmasini emas, gapni hosil qiladi.
Gap tarkibidagi so‘z birikmalarini ajratish ko‘nikmasi uzoq mashq davomida shakllantirilib boriladi. Buning uchun o‘qtıvchilarning so‘z birikmasidan bir so‘zning boshqa so‘zga tobeligini tushunishga qara- tilgan mashqlar tizimidan foydalaniladi:


  1. Download 1.16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling