Yo‘ldosheva
Download 1.16 Mb.
|
Ona-tili-oqitish-metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash.
- Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish.
- SHLAN
Gaplarni yoyish. Buning uchun gapning qaysi bo‘lagi yoyishni talab qilishi aniqlanadi. Masalan, „Daraxtlar gullaydi“ gapini tahlil qi- lish uchun berilgan ega va kesim (gapning asosi) ajratiladi.
Daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qaysi so‘Zni qo‘shish kerak? Qachon gullaydi? (bahorda gullaydi) Bu so‘z gapning qaysi bo‘lagi bo‘ladi? (Ikkinchi darajali bo‘lak) U gapning qaysi bo‘lagiga bog‘lanadi, ya’ni tobelanadi? (Ke- simga bog‘lanadi) Gapga egani izohlaydigan yana bitta so‘z qo‘ying. Qanday gap hosil bo‘Idi? (Mevali daraxtlar bahorda gullaydi). So‘zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash. Avval gapning asos- lari (ega va kesim) tiklanadi (aniqlanadi), so‘ng so‘roqlar yordamida ikkinchi darajali bo‘laklar (so‘z birikmalari) „topiladi“, tiklanadi. Masalan, Mashinada, teradi, terimchi, paxtani. Gap kim haqida aytilgan? (Terimchi haqida, kim? — terimchi) U haqda nima deyilgan? (Teradi. Terimchi teradi — bosh bo‘laklar). So‘roqlar yordamida so‘z birikmasini toping. Nimani? teradi (Paxtani teradi), nimada? teradi (Mashinada teradi). Keyin gapda so‘zlarning qulay tartibi aniqlanadi (Terimchi paxtnni mashinada teradi). Gap ohanggi ustida ishlanadi. Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashq- ning bu turi ongli bo‘lishi uchun har bir gapning bosh bo‘laklarini va so‘z birikmalarini ajratish lozim. Gapni tahlil qilish va chizmasini chizish. Gap tahlil qilinayot- ganda dastlab uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak, kesimi izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak, boshqa ikkinchi darajali bo‘lakni izohlovchi ikkinc hi darajali bo‘lak ajratiladi. Shunday qilib, asta-sekin so‘z birikmalari ham aniqlanadi. O‘qituvchi bergan chizma yoki so‘roqlar asosida gap tuzish: Kim ? nfına/arni? nima qildi? (Bola olmalarni terdi). So‘z birikmasi ustida ikki yo‘na1ishda ish olib boriladi: so‘z birikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi; so'z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, soat — so'z, oltin soat, go ’1 soat, osına soat, elektron soat — so‘z birikmalari. Quyida 2-sinfda gapning bosh bo‘laklarini o‘rganishga oid dars namunasini keltiramiz: Mavzu: Gap (gap asosini aniqlash). Darsning maqsadi: O‘quvchilarda gap kim yoki nima haqida aytilganini (ega- ni) va u haqda nima deyilganini bildirgan so‘zni (kesimni) gapdan topish ko‘nikmasini shakllantirish. Nutqdan gapni ajratish ko‘nikmasini o‘stirish. O‘quvchilarni o‘z fikrini aniq, tııshunarli va ravon ifodalashga o‘rgatish. Darsning turi: yangi bilim benıvchi dars Darsning metodi: suhbat, izlanish metodi Darsning borishi Uy vazifasi tekshiriladi. „Gap“ mavzusi esga tushiriladi. O‘quvchilar diqqatiga quyidagi gaplar lıavola qilinadi: O‘qituvchi bolalarni o‘qitadi. Kuzda har xil mevalar pishadi. Tikuvchi kiyimlami tikadi. O‘quvchilar kitoblari sevib o‘qiydilar. Gap nimalardan tashkil topadi? Og‘zaki nutqda biz bir gapni ikkinchisi dan qanday ajratamiz? Yozuvda gapning boshi va oxiri qanday belgilanadi? O‘qittıvchi yuqoridagi savol-javobdan so‘ ng, o‘quvchilar javo- bini umumlashti radi: Demak, gap tugallangan mazmun bildiradi. Gap oxiriga uning mazmuniga qarab nuqta, so‘roq va undov belgisi qo‘yi1a- di. Gap so‘zlardan tuzilib, uning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoz iladi. 25 l O‘qituvchi o‘quvchilar d.iqqatini jadvalga qaratadi. Har bi ı gap quyidagicha tahlil qilinadi: Birinchi gapda kim haqida aytilgan? O‘qituvchi so ziga savol bering? (Kim?) Uning taglga bir chiziq chizamiz (O‘qituvchi jadvalga chizadi). O‘qituvchi haqida nima deyilgan? O‘qitadi so‘ziga savol bering (nima qiladi?). Uning tagiga ikki chiziq chizamiz (O‘qituvchi jadvalga chizadi). Ikkinchi gap nima haqida aytilganligini qaysi so‘z bildiryapti? (Mevalar) Bu so‘zga savol bering (nimalar?). Tagiga chizamiz. Mevalar haqida nima deyilgan? (pishadi) Tagiga chiziladi. Shu tariqa keyingi gaplar ham tahlil qilinadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi tagiga chizilgan so‘z1ar gapning asosiy mazmunini bildi- rishini, yana shunday so‘zlar ishtirokisiz gap hosil bo‘lmasligini, agar gapning asosini bildinıvchi so‘zlardan loaqal bittasi ham gapda ishtirok etmasa, gap mazmun jihatdan yakunlanmay qolishi yoki noaniq bo‘lib qolishi tushuntiriladi. Bu holatlar misollar bilan ko‘rsatiladi. Masalan, 0’QılVCyilar maktabda bor‹ıdilar gapida gapning asoslaridan biri — o ’quvchilar so‘zi tushib qolsa, gapimiz noaniq bo‘lib qoladi, o‘quvchilar haqida nima deyilgan so‘z (boradilar) tushib qolsa, gap mazmun ifodalamaydi. So‘ng darslikdagi qoida o‘qiti1adi. Darslik bilan ishlash. 261 -mashq yozma bajariladi. O‘qtıvchi- lar matnda nechta gap mavjudligini, gapning grammatik asoslarini o‘qituvchi yordamida topadilar va ularning tagiga chizadilar. 262- mashq yuqoridagi mashq asosida o‘quvchilar tomonidan mustaqil bajariladi (Bunda o‘quvchi1ar ushbu mashqni maxsus mustaqil ish daftarlariga yozib o‘qituvchiga topshiradilar). Jadval asosida og‘zaki mashq.
O‘qituvchi gapdagi so‘roqlar o‘rniga qo‘yish uchun kerakli bo‘1gan so‘zlarning rasmlarini ko‘rsatadi (shifokor, mushıık, tuya). O’quvchilar tayanch so‘zlar yordamida gaplarni o‘qiydilar va gaplar og‘zaki tahlîl qilinadi. Taxminiy tayyorgarlik ko‘rib, bog‘lanish1i gap tuzish va uni yozish. Texnik vosita orqali „ Bog‘bonlarga yordam“ lavhalari ko‘rsatiladi va hikoya yozish topshiriladi. Gap tuzishda har bir so‘zni takroriy ishlatishning oldini olish uchun ma nosi yaqin so‘zlardan foydalanish tushuntiriladi (masalan: bolalar, qizlar, o’quvchilar, o’rtoqlar). Bu so‘zlar xattaxtaga yozib qo‘yiladi. Uyga vazifa qilib 263-mashq beriladi. O‘qittıvchi uyga vazifani qanday bajarishni tushuntiradi. BOSHLAN G I CH SI NF O QUVCH I LARI NI TI NI SH B ELG I LARIN ING I SH LATI LI SH I BI LAN TANISHTIRI SH Ma'1umki, punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qoidalar yig‘indisidir. „Pfffikrt/o tSİŞU ham Jo¿ııv kabi kishilar orasiclagi aloqaning muhim vositalariclaıı biri sanaladi"'. Boshlang‘ ich sinflarda to‘rtta tinish belgisi: gap oxirida nuqta, so‘roq, undov belgisi hamda uyushiq bo‘1akli, undalmali gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar o‘rgatiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘ rgatiladigan tinish belgi- lari kam bo‘lishiga qaramay, o‘qituvchi har bir sinfda tinish belgilari ustida muntazam ish olib borishi zanır. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda o‘qituvchi, awalo, ularning yozma nutqda ishlatilishi va o‘rnini ko‘rsatadi. Tinish belgisi fıkrni to‘g‘ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini tushuntiradi. Masalan, ntıqtaning rol i bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga ajratilnıagan (ti- nish belgilari qo‘yi1magan) yaxlit matn o‘qitiladi; o‘qtıvchilar bunday matnni o‘qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asosla- nadi. Bu rich asos bir-biriga o‘zaro ta’sir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo‘yishda, awalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni gapning qurilishiga ham ta'sir qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarga tinish belgilarining qo‘llanilishini o‘rgatishda biror gapda tinish belgilarini qo‘llashni belgilaydigan semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi. I-sinf o‘quvchilari savod o‘rgatish davridayoq nuqta, so‘roq va undov belgilari bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar „Alifbe“ o‘qimasalar ham, rasmga qarab gap tuzadilar. 2 ' Shoabdurahmonov Sh. O'zbek tilida punktuatsiya. — Toshkent: O‘zFAN, 1951. O‘qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to‘xtam (pauza) bilan ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasayishini tushuntiradi. Bo- lalar, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra, 3-5 gapli kichik matnni gaplarga ajratadilar va ular o‘rtasidagi to‘xtam (pauza) qilish hikoya maz muı: ini yaxshi tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qo'yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni o‘qishga oldindan tayyorlash uchun chiz- madan foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar, undagi so‘z1arni sanaydilar va o‘qituvchi rahbarligida chiziqlar bilan belgilaydilar: Biz ertakni sevamiZ. Ovqat pishdi. O‘qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: Og‘zaki nutqda bir gapni ikkinciıisidan pauza (to‘xtam) bilan ajratamiz (Har bir gapni talaffuz qilib ko‘rsatadi). Kitoblarda, ga- zetalarda gapning tugaganini, ovozni pasaytirish va patıza qilish kerakligini ko‘rsatish uchun alohida belgi — nuqta ishlatiladi. Bir necha darsdan so‘ng o‘quvchilar gaplarni o‘qiy boshlaydilar. Ular nuqta pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap tuzishda albatta nuqtali kartochkalardan foy- dalaniladi. O‘quvchilar gapni yozganda o‘qituvchi nuqta qo‘yishni eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta qo‘yilmasa, xato hisoblanadi. O‘quvchilar o‘qitııvchi yordamida nima uchun nuqta qo‘yish lozimligini tushuntiradilar. Shunday yo‘1 bilan gapning oxiriga nuqta qo‘yish ko‘nikmasi shakllantiriladi. So‘roq va undov belgilari bilan ham savod o‘rgatish davridayoq tanishtiriladi. Bolalar so‘ras1ı mazmunini bildirgan gaplarni o‘qiydilar. O‘quvchilar bunday gaplarni ohangga rioya qilgan holda, ya’ni gapning oxirida ovozni ko‘tarish bilan o‘qishga o‘rgatiladi. Gapning mazmuni va intonatsiyasi so‘roq belgisini qo‘yishni talab etadi. Undov bel- gisini qo‘yishni o‘quvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va alohida ohangda o‘qilishi bilan bog‘laydilar. O‘quvchilar 2-sinfda „Gap“ bo‘limi mavzularini o‘rganish jara- yonida nuqta, so‘roq va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar. sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy ttıshtınchalar chi:qtır- lashtiriladi. Shtı vaqtdan boshlab o‘quvchi1ar gap oxiriga tinish belgilari sintaktik asosda qo‘yilishini anglay boshlaydilar. „Darak gap“ mavzusini o‘rganish bilan bog‘1iq holda nuqta qo‘yilishi, „So’roq gap“ mavzusi bilan bog‘liq holda so‘roq belgisi va „Undov gap“ mavzusini o‘t’ganish bilan bog‘liq holda undov belgisi- ning qo‘yilishi o‘rgati1adi. sinfda o‘quvchilar „Gapning uyushiq bo‘lak1ari“ ınavzusi o‘rganilganda sanash ohahgi bilan bog‘langan bo‘laklarda vergtılning vazifasi bilan tanishadilar.O‘qittıvchi ikki gapni o‘qib taqqoslash bilan nuqta va vergulda ohangning qanday berilishini ko‘rsatadi. Masalan, Biz oım tiliınizni sevib o'rganamiz (Gap oxirida ovoz pasayadi, pauza qilinadi). Men, Ra ’no, AlisJıer boshqc tillartıi ham sevib o ’ıgaııyayıniz (Men, Ra’no, Al ishcr so‘z1aridan sco‘ng ovoz bir oz pasayadi, xabar- ning davom etishi scziladi). O‘qııvchilar uyushiq bo‘lak1i gap tarkibidagi uyushiq bo‘laklarning ‹ıınıno, lekiıı, biroq so‘zlari bi lan bog‘1anganda vergtllnini; ishlatilishini ham amaliy o‘rganadilar. Boshlang‘ich sinflarda o‘qtıvchilar haı‘ xil mashqlarni ishlash orqali tire va ikki nuqtaning ishlati!ishi bilan amaliy tanishadilar. Savod o‘rgatislı davridayoq o qittıvchi o‘qııvchilar e'tiborini vergtıl, tiı‘e, ikki nuqtaning ishlatilishiga qaratadi, mat nni o‘qiganda bu tinish belgilariga rioya qilishni o‘rdatadi. Masalan, Olma, olcha, nok — meva. Kitob - bilim bıılog’i. Ona tili darslarida so‘zlarni gunıhlash mashqlarini bajarganda, o‘qituvchi I sinf o‘qtıvchi1arini tire va ikki nuqtaning qo‘yilishi bilan amaliy tanishtiradi. O'qittlvchi aniq misollar bilan sanab ko‘rsatilgan so‘z1ardan oldin ikki nuqta qo‘yi1ishini, har bir so‘zning vergul bilan ajratilishini ko‘rsatadi. Bunda o‘quvchilar tinish belgining nomini aytadilar, o‘qittıvchi eslatmasa hani, ulardan asta-sekin foydalana boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin punktuatsion xatoning ham oldi olinadi. Shunday qilib, o‘qituvchi o‘quvchi1arda punktııatsion ziyraklikni o‘stirib boradi. O‘qtıvchilarga tinish belgilarini ishlatish qoidalarini to‘la singdi- rish, ularni tinish belgilarini o‘z o‘rnida ongli ishlatishga o‘rgatish maqsadida sintaktik-punkttıatsion tahlil, tinish belgilari tushirib berilgan matnning tegishli tinish belgilarini qo‘yish, ta'kidiy eslatish diktant i, bayon va inshoda tinish belgilarining ishlatilishini izohlash kabi mashqlardan foydalaniladi. Ona tili darslarini o‘qish darslari bilan bog‘lash sintaksis va punktuatsiya elementlari ustida ishlashning metodik shartlaridaıı biri hisoblanadi. O‘quvchilar bu darslarda sintaksis *ohasidagi bilim- lariga asoslangan holda ifodali o‘qish, so‘zni aniq ishlatish, o‘z fikr- larini grammatik to‘g‘ri shakllantirishga o‘rganadilar. Shunday qilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining gap haqidagi elementar bilimlari og‘zaki va yozma nutqda gapdan ongli foydalanishni ta’minlaydi:. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling