Yo‘ldosheva


Download 1.16 Mb.
bet64/93
Sana22.11.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1794757
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

Savol va topshiriqlar

  1. Maktabda so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalishini o‘rganish nima uchun katta ahamiyat kasb etadi?

  2. 1 —4-sinflarda so‘zning morfemik tarkibini o‘rganish tizimi mohiyatini tushuntiring.

  3. Siz o‘quvchilarni bir xil o‘zakli so‘zlarning muhim belgilari bilan qanday tanishtirardingiz? Bu tı:shunchani shakllantirishga qanday shan lar yordam beradi?

  4. So‘z yasovchi qo‘shimchaning tilimizdagi ahamiyatini o‘zlashtirishda o‘quvchilarga qanday yordam beriladi?

  5. Shakl yasovchi qo‘shimchalarni o‘rganishning o‘ziga xos xıısusiyatlarini tushuntiring.

  6. Dasnırga muvofiq so‘zning tarkibi va yasalishiga oid dars ishlanmasini tayyorlang.



So‘z turkumlarini o‘rganish metodikasi


So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratilishi, ya’ni so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.
So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga: 1 ) leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni shaxs, narsa, harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma'nolari), 2) morfologik
(so‘zning turli shakllari tizimi) va 3) sintaktik (turli morfologik shakl- larning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslaniladi. Demak, so‘z turkıımlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan gunıhdagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma’nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zanır.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z turkumlari (ot, sifat, son, ol- mosh, fe'l) bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-gram- matik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qıılay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomoni.arini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe'1ning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:

  1. so‘z nimani bildirishi (shaxs, narsa, belgi, miqdor va tartib, harakat yoki holat);

  2. qanday so‘roqlarga javob bo‘1ishi;

  3. o‘zgarish-o‘zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mav-

jtıdligi;

  1. gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasi da kelishi.

O‘quvchilar mana shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkum- larini taqqoslaydilar. Ular nimani o‘rgangan1ariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya va chııqurlasha boradi. Dasturga ko‘ra, boshlang‘ ich sinfda so‘zlar dastlab javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlariga q‹ırab guruhlanadi. 3-sinfda
„So‘z turkumi“ tushunchasi shakllantiriladi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar (so‘z ttırktımlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘p1ikda qo‘11anishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe'llar, ot, sifat, son va fe'lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xısısi- yatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘qııvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe'llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar. Quyidagi jadvalda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z turkumlari ytızasi dan bilimlari hajmi ko‘rsatilgan:

So‘z turkumlari

Ot

Sifat

Son

Olmosh

Fe'l



1. Shaxs, narsa va joy nomini
bildiradi.



1. Shaxs va narsaning belgisini bildiradi.

1. Shaxs, narsaning sanog‘i va tartibini bildiradi.

1. Kislıili k olmoshlari
shaxsni bildiradi va ot o‘ na ida qo‘llanadi.



1. Shaxs, narsaning harakatini bildiradi.




nima?, qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladi.

2. Qanday? yoki qanaqa?
so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

2. Necha? yoki
nechanchi? so‘rog‘iga
javob bo‘ladi.

2. Kishilik olmoshlari kim? so‘rog‘iga javob
bo‘ladi.

2. Nima qildi?, nima qiladi?, nima qilyapti? nima qilrnoqclıi? kabi so‘roqlarga
javob bo‘1adi.

3. Birlik va ko‘plikda qo‘ llanadi.

3.
O‘zgarmaydi.



3.
O‘zgarınaydi.



3. Ular birlik va ko‘plikda
bo‘ladi.

3. Bo‘lislıli va bo‘lislısiz shaklda
qo‘l1anadi.

4. Egalik qo‘slıiıııclıalari bilan o‘zgaradi.



4. Gapda
ikkinchi darajali bo‘1ak vazifasi da keladi.

4. Gapda
ikkinchi darajali bo‘lak vazifasi da keladi.

4. Kishilik
olmoshlari kelishik qo‘slıimclıalari bilan qo‘1lanadi.

4. Shaxs-son qo‘slıimclıa1ari bilan tuslanadi.



5. Kelishik qo‘slıimclıalari bilan turlanadi.



3. Sifatlar
yasaladi.

5. Sonlar
yasalmaydi.

5. Ular gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida
keladi.

5. Uch zamonni bildiradi.

6. Gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘Iak
vazifasi da keladi.









6. Olmoshlar yasalmaydi.



6. Gapda kesim vazifasida keladi.

7. Otlar yasaladi.










7. Fe'llar yasaladi.



O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmzsi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gullarli so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun 2-sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yoritadi: nima? — gul, bu so‘z narsani bildiryapti, ko‘plikda qo‘llanadi gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday?
so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu — sifat; gulladi so‘zi nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, narsaning haraka- tini bildiryapti, bo‘1ishsiz shaklda qo‘l1anadi — gullamadi, bu — fe’1.
Boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so'z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsus tanishtirishni ko‘zda tııtmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z ttırkumlarining bel- gilari bilan amaliy tanishtiradi.
So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, 1ug‘atini yangi ot, sifat, son, fe'l- lar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida mun- tazam ish olib boriladi, o‘qtıvchi1ar ko‘p ma'noli so‘z1ar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta'limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘1ash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikma1arini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.


OTNI O‘RGANI SH M ETO DIKAS I

„Ot“ mavzusini o‘rganish tizimi maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘1ib, bunda shu so‘z turkumining ıımumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog‘liq1ikda o‘rgani1adi, shuningdek, otdan nutqda to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.


Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchıın material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish vazifalari quyidagilar:

  1. „ot“ haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;

  2. kim ? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildir- gan) otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish;

  3. kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar va geografik nomlari bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish;

  4. otlarda son (otning birlik va ko‘plikda qo‘1lanishi) bilan ta- nishtirish;

  5. otlarni egalik qo‘slıimchalari bilan to‘g‘ri qo‘11ash ko‘nikmasini shakllantirish;

  6. otlarning kelishiklar bilan ttırlanishi va kelishik qo‘shim- chalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;

  7. o‘qtıvchi1ar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish;

  8. so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, ıımumlashtirishni bilish.

Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, „Ot“ mavzusini o‘rganishning mııayyan bosqichida bajarish lozim bo‘lgan bir vazifani hal qilishga ko‘proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1 —2-sinflarda so‘z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so‘roq1ari) o‘rganiladi, 3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko‘p1ikda qo‘1lanishini o‘zlashtirishga aha- miyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo‘shimcha1ari bilan qo‘llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimcha1arining yozilishini o‘rganishga e'tibor qaratiladi. O‘qııvchilarning ntıtqi va tafakktırini o‘stirish vazifasi esa mavzuni o‘rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o‘rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o‘qııvchilar 1ug'atini boyitishga, bog‘lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o'stirishga qaratiladi.
So‘z ttırktımi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalcıri), jr va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog’), o‘sim1ik1ar (yaxta, beda, gul), voqealar (yig’in, majlis), ta- biat hodisalari (shamol, bo ’ron, yomg’ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (‹ıhillik, klfChlilik, samimiyat), harakat-holat (tıyqu, sevinch, kurash), o‘rin va vaqt (yok, bahor, joy) nomlarini bildiradi.
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko‘plikda qo‘llanadi, egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko‘proq ega, to‘ldirtıvclıi, aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim vaz ifasi da keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe'l bilan birika oladi.
Otning ma’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o‘quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi.
Otni o‘rganishda izchillik. Otni o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o’quvchilaı shaxs-narsalarni va ularning nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar, so‘zning leksik ma’nosiga e'tibor ko‘proq qaratiladi, ma’nolarini hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavot- lar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. So‘zlarni leksik ma nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o‘xshash tomonlarini aniqlash, umumlashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilar so‘zning aniq ma nosini yetarli bilmaydilar, so‘zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish zarur.
Keyingi bosqichda otning leksik ma'nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim?’yoki nima ? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O‘quvchilat’ kim ? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlardan farq- lashni, ularni so‘roq berish bilan ajratishni o‘rganadilar, o‘quvchilarda mavhum grammatik tafakkur o‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasi shakllana boradi.
2-sinfda otlarning leksik ma nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.
„Ot“ tushunchasini shakllantirish uchun shu so‘z turkumiga kiradi- gan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo‘lgan belgilarni, ularning nutqimizdagi o‘rnini ko'rsatish muhim ahami- yatga ega. Shu maqsadda mavzuni o‘rganishga bag’ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so‘zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o‘sim1iklar va hayvonlarni, tabiat hodisalarini, voqealarni bildiradigan so‘zlar guruhlarga ajratiladi. Shu so‘z1arning hammasi uchun umumiy bo‘lgan belgilar aniqlanadi: bu so‘zlar shaxs, narsalami bildirib kim ? yoki nima ? so‘ı’og‘iga javob bo‘ladi.
Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sifat va boshqa so‘z turkumlari dan yasalgan mavhum ma’nodagi ya. shiliL, go zallik, ishonch, sevinch, o ’kinclı, qo ’rqinch, tayanclı kabi) otlar bilan ta- nishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o‘qtw’chilar qiziqib so‘Yasalar, ot ning bolalar o’rgangan belgilari asosida {nima? so’rog‘ip•:ı javob bo‘1ishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi. Otlar-
ning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun o‘qituvchi o‘qislı kitobidan matn tanlab, o‘qtıvchilarga mat ndagi otlarni topish ni, so‘ngra matnni shiı so‘zlarsiz o‘qishni topshiradi. O‘qııvchilar matn- dagi otlarni tııshiı'ib qoldirib o‘qiganda, matn mazmunini tushunib bo‘1masligini anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot att'o1ımizni o‘rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu so‘z1arsiz bir-biriınizga o‘z fikrimizni tushtı ntira olmaymiz.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling