Yo’nalishi talabalari uchun
Ovqat hazm qilish a`zolarining taraqqiyoti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og`iz bo`shlig`i
Ovqat hazm qilish a`zolarining taraqqiyoti
Hazm a`zolari tizimining ko`pchilik a`zolari ichki embrional parda – entodermadan taraqqiy qiladi. Og`iz bo`shlig`i va to`g`ri 76 ichakning ostki qismlari esa tashqi embrional parda - ektodermadan taraqqiy qiladi. Ichak nayi devorining mushak va seroz qavatlari mezenxima to`qimasidan rivojlanadi. Og`iz bo`shlig`i Hazm a`zolari sistemasining boshlang`ich qismi, ovqat 1- marta shu bo`shliqqa qabul qilinib, tishlar vositasida maydalanadi va so`lak yordamida namlanib, kimyoviy parchalanish boshlanib, me`daga o`tkazish uchun tayyorlanadi. Og`iz bo`shlig`i; og`iz dahlizi va xususiy og`iz dahlizidan iborat. Og`iz dahlizi old tomondan yuqori va pastki lablar, yon tomondan lunjlar, orqa tomondan yuqori va pastki jag` tishlar hamda milklar bilan chegaralangan. Lablar - tashqi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda bilan qoplanib, uning asosini aylanma mimika mushagi tashkil qiladi. Xususiy og`iz bo`shligi berk turganda ikki yon va old tomondan tishlar chegaralaydi. YUqori devorini qattiq va yumshoq tanglay hosil qiladi hamda burun bo`shlig`ini og`iz bo`shlig`idan ajratib turadi. Og`iz bo`shlig`ini shilliq pardasida mayda bezlar joylashgan. Og`iz bo`shlig`idan halqumga o`tish joyiga tomoq bo`lib, yuqoridan yumshoq tanglay chodiri, ikki yon tomondan tanglay ravoqlari, pastdan tilning orqa yuzasi va til ildizi bilan chegaralanib turadi. Tishlar Tishlar ovqatni tishlab uzib olish, maydalash, so`zlarni to`g`ri talaffuz etishda faol ishtirok etadi. Tishlar og`iz dahlizi bilan xususiy og`iz bo`shlig`ini orasiga chegara bo`lib joylashgan. SHilliq pardaning suyaklardan so`rg`ichlari hisoblangan tishlar epiteliy va mezenximadan rivojlanadi va jag` suyaklarining maxsus tish katakchalariga mix kabi joylashadi. Odamlarda tishlar ikki marta almashinadi. Bolalarda sut tishlar 6-7 oylikdan boshlab 3 yoshgacha chiqishi davom etadi. Ular 20 ta bo`lib, 6-7 yoshdan boshlab, doimiy tishlar bilan almashina boshlaydi. Har bir tish uch qismdan iborat: toj qismi (karona dentis), tish ildizi, tish bo`yinchasi. Tishlar kimyoviy tarkibiga ko`ra suyakka yaqin, lekin juda zich joylashgan. Tish toji dentin moddadan tuzilgan bo`lib, ustini emal o`rab turadi. emalning ust tomoni juda yupqa, shoxsimon 77 kutikula pardasi bilan qoplangan. 2.0.1.2 2.1.0.2 3.2.1.2 2.1.2.3 2.0.1.2 2.1.0.2 3.2.1.2 2.1.2.3 Sut tishlar Doimiy tishlar formulasi formulasi Tish bo`yinchasi va ildizi tsement moddadan tuzilgan. Doimiy tishlar 32 ta bo`lib, 4 xilda nomlanadi: 1.Kurak tishlar - har bir jag`da, ovqatni kesib olishda mo`ljallangan. Ular ildizi 1 ta toj qismi keng yassi. 2.Qoziq tishlar - har jag`da 2 tadan, bir ildizli bo`lib, ular ovqatni uzib olish uchun xizmat qiladi. 3.Kichik oziq tishlar - har jag`da 4 tadan bo`lib, qoziq tishlardan keyin joylashgan. Ular ildizi ayrisimon bo`ladi. 4.Katta oziq tishlar - har jag`da oltitadan bo`lib joylashadi. Birinchisi katta, uchinchisi eng kichik bo`lib, oxirgi o`rinda chiqadi shu sababli aql tish deyiladi. Aql tish umuman chiqmasligi ham mumkin. Ularni 3 ta ildizi bo`ladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling