Yonish jarayoni, uning turlari va hususiyatlari


Download 16.16 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi16.16 Kb.
#1201744
  1   2
Bog'liq
3-mavzu


MA’RUZA № 7


YONISH JARAYONI, UNING TURLARI VA HUSUSIYATLARI


Reja
1 Yonish jarayoni
2 Yonish turlari va xususiyatlari
Tayanch sо‘z va iboralar: Yong‘in, qizdirish jarayoni, yonuvchi modda, yondiruvchi muhit, yong‘in-texnik komissiyalari, profilaktika xodimlari


Yonish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir moddadan ikkinchi moddaga aylanishi, katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi.
Yonish bo‘lishi uchun asosan uch omil: 1) yonuvchi modda; 2) yondiruvchi muhit; 3) qizdirish jarayoni bo‘lishi shart. Yonuvchi modda deyarli hamma joyda bor: bular dar xil yog‘och mahsulotlari va jihozlari, qog‘oz mahsulotlari, ximiyaviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va umumiy har qanday organik moddalar yonadi. Yondiruvchi muhit bu bizni o‘rab turgan havo tarkibidagi kislorod bo‘lib, u ham hamma vaqt mavjud. Ba’zi bir hollarda yonish jarayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro‘y berishi mumkin. Endi qizdirish jarayoni bo‘lsa, yonish reaksiyasi vujudga keladi. Buning uchun ma’lum miqdorda qizdirish manba’i bo‘lishi kerak. Reaksiya boshlangandan keyin, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan isiqlik yonishning davom etishini ta’minlaydi. Shuning uchun yonayotgan zona alangalanish manba’i va yonish zonasi hisoblanadi. Bu zona harorati qancha katta bo‘lsa, yonish shuncha tez bo‘ladi.
Yonish jarayoni asosan ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchisida qattiq jismlari yonish jarayonida yonayotgan modda havo muhitidan ajralgan holda bo‘ladi. Kislorod bilan birikish yonish zonasidagi issiqlik natijasida o‘tadi va bu birikkan modda (yoki yonish mahsuloti) qizigan holatda yuqoriga qarab yo‘naladi va o‘z o‘rniga havo bilan kislorodni kirishiga sababchi bo‘ladi va bu holat yonuvchi modda tamom bo‘lguncha davom etishi mumkiin. Bu yonish havo harakati natijasida yonish zonasini kislorod bilan ta’minlaganligi uchun diffuziya yonishi deb yuritiladi. Bunday yonish yog‘och, ko‘mir, sham va boshqalar yonganda kuzatish mumkin.
Yong‘inlar ham asosan diffuziya tartibida bo‘ladi. Yonishning ikkinchi xili yonuvchi gazlar, yonuvchi suyuqliklarning parlari va yonuvchi moddalarning changlari havo bilan aralashgan holatdagi yonishi bu kinetik yonish deb ataladi. Bunday yonish hajmiy yonish jarayonida o‘tadi, ya’ni shu ma’lum hajmdagi modda baravar yonadi. yonish tezligi modda konsentratsiyasiga, haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bunday yonish yopiq hajmlarda yoki idishlarda bo‘lsa, portlash hodisasi ro‘y beradi.



Download 16.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling