Yoqub Saidov
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2
arï (sariq) [AZ,11], ïccï (issiq) [AZ,45], tarï (tariq) [AZ,55], tiri (tirik) [AZ,55]
kabi so’zlarda uchratish mumkin. So’zlikda ayrim so’zlarning tarixiy- etimologik qatlamlari noto’g`ri belgilangan. Bunga arabiy odam [AZ,11], forsiy jahon [AZ,55] so’zlarini misol sifatida aytish mumkin. Ular lug`atda turkiy so’zlar sifatida qayd etilgan. Ayrim turkiy so’zlar izohlanganda, o’rni bilan ularning sinonimlari ham berilgan. Masalan: arabcha هأرما so’zi turkiy avrat va epchi; arabcha هما so’zi esa turkiy qarnaq va qaravash sinonim so’zlari orqali ifodalangan. Muhimi, lug`at qismida turkiy so’zlarni berganda e’tiborni o’ziga tortuvchi yozuv xususiyatlari kuzatiladi. Masalan, “alif” bilan boshlanuvchi ayrim so’zlar qo’shaloq “alif” bilan beriladi. Yoki kelib chiqishi asl turkiy bo’lgan ayrim so’zlar arab tiliga xos itboq ص, ط harflari bilan ham yozilgan. Buning o’ziga yarasha sababi bor. Chunonchi, qo’shaloq “alif” unlilardagi “birlamchi cho’ziqlik”ni ifodalashga xizmat qilgan: واا – a:v (“ov; tuzoq”); نيقاا – a:qïn (“sel, oqin”) singari. Turkiy tilga xos bo’lmagan itboq harflar esa, [c], [t] tovushlarining “yo’g`on” variantini bildirgan: ناغوص – sog`an (“piyoz”); اغماط – tamg`a (“tamg`a, muhr”) singari 1 . Ayonki, turkiy tillarda singarmonizm hodisasi muhim ahamiyat kasb etadi. Muallif ana shu hodisaning o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha ham ayrim nazariy ma’lumotlarni berib o’tgan. U qipchoq tilidagi jumla va uning tuzilishini tahlil etish jarayonida mazkur hodisani izohlab, quyidagilarni yozadi: 1 Содиқов Қ. Тарихий лексикография. –Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти¸ 2012. –Б 33. “Jumla ikki xil: ismli jumla, fe’lli jumla bo’lishi mumkin. Mavsul zarfda va majrurlarda -g`ï, -qï, -ki, -gi qo’shimchalari bilan ifodalanadi. Bu qo’shimchalar bir xil ma’noda bo’lib, -g`ï va -qï yo’g`on so’zlarda, -ki va -gi ingichka so’zlarda keladi”. Muallif turli tipdagi bog`lanishlar va aniqlovchili birikmalarni mavsul, qaratqich hamda o’rin-payt kelishiklarini majrur va zarf deb atagan. Masdar to’g`risida fikr yuritganda ham singarmonizm masalasiga to’xtalib o’tadi: “Masdarning belgilari ko’pdir. Ulardan biri yo’g`on so’zlarda - maq, ingichka so’zlarda -mäk shaklini qo’shish orqali yasaladigan turidir,” – deb yozadi muallif. Bunga misol sifatida almaq, turmaq, ketmäk, kelmäk kabi so’zlarni keltirib o’tadi [AZ,117]. Hozirgi o’zbek adabiy tilining lug`atdagi leksik birliklarga munosabatiga ko’ra so’zlarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhdagilarni hozirgi o’zbek tilida qo’llanuvchi so’zlar tashkil etadi. Bunga täŋri (tangri) [AZ,11], qïzïl (qizil) [AZ,11], qara (qora) [AZ,11], burun [AZ,13], qulaq (quloq) [AZ,14], arslan (arslon) [AZ,15], anïqladï (aniqladi) [AZ,19], körgäzdï (ko’rgazdi, ko’rsatdi) [AZ,21], qïz (qiz) [AZ,23], savuq (sovuq) [AZ,24] kabi so’zlarni aytib o’tish mumkin. Mazkur guruhga kiruvchi leksik birliklar hozirgi o’zbek adabiy tilida ham, jonli so’zlashuv tilida ham faol qo’llaniladi. Ikkinchi guruhdagilarni hozirgi o’zbek adabiy tilida qo’llanilmaydigan, eskirgan, iste’moldan chiqqan so’zlar tashkil etadi. Bunga doir so’zlar jumlasiga tamaqsav (ochko’z) [AZ,12], käshäl (sochi to’kilgan odam) [AZ,12], taz (kal) [AZ,12], sangrav (kar, soqov) [AZ,13], muŋ (befahm) [AZ,24], sug`an (piyoz) [AZ,26], baqcha (bo’ston) [AZ,28], qapu (eshik, darvoza) [AZ,28], Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling