Yoqub Saidov


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/58
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1379313
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Bog'liq
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2

tïlmach (tarjimon) [AZ,31], quna//duna (ikki yoshli ho’kiz bolasi) [AZ,38], 
uchmaq (jannat) [AZ,38], tamu (do’zax) [AZ,38], buz (qirov) [AZ,38], käshir 
(sabzi) [AZ,41], yazïq (kamchilik, ayb) [AZ,50], tabu (xizmatchi) [AZ,50], igi 
(yaxshilik) [AZ,50], shag`ïr (may) [AZ,51], bursh (qarz) [AZ,55], susmor 
(to’qmoq) [AZ,56] kabilarni aytib o’tish mumkin.


Mazkur guruhdagi so’zlarning aksariyati hozirda o’zbek xalq shevalari
chunonchi, qipchoq-o’g`uz shevalarida qo’llaniladi. Bunga misol sifatida kent, 
kärvich//kärbich, qapu, sürüg, käshir so’zlarini aytish mumkin. Kent so’zi 
Janubiy Xorazm shevalarida qishloq [O`XShL,141], kärvich so’zi Xiva, 
Urganch shevalarida g`isht [O`XShL,142], qapu so’zi Xorazm shevalarida 
eshik [O`XShL,156], sürüg so’zi Janubiy Xorazm va Qashqadaryo shevalarida 
guruh, to’da [O`XShL,244] va käshir so’zi Janubiy Xorazm shevalarida sabzi 
[O`XShL,66] ma’nolarida hozirda ham qo’llanishda davom etmoqda. 
Alohida ta’kidlab o’tish lozimki, “Attuhfa” so’zligida keltirilgan ko’plab 
so’zlar Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asarida uchraydi. 
Bunga misol sifatida tuturg`an//birinch (guruch) [AZ,16], üki//uxï [AZ,25], 
bäsräk (erkak tuya) [AZ,26] kabi so’zlarni aytib o’tish mumkin. “Attuhfa”da 
keltirilgan sinäk so’zi [AZ,26] “Devonu lug`otit turk” asarida ham mavjud 
bo’lib, Mahmud Koshg`ariy uni “shaharda pashsha, sahroda chivin ma’nosida 
tushunadilar”, deb aytadi [DLT,I,378]. 
Lug`atda sart so’zi qora xalq ma’nosida izohlangan. Uning arabcha nomi 
omi (savodsiz, o’qimagan; avom) deb keltirilgan [AZ,85]. Boshqa bir o’rinda 
sart//tat shaklida qo’llanilgan bo’lib, uning izohi shaharli deb izohlangan 
[AZ,44]. “Attuhfa” asari muallifi qipchoq tilida olam ma’nosida el va elkun 
so’zlari qo’llanilganligini aytib o’tadi [AZ,24]. 
Grammatikaga bag`ishlangan uchinchi bobda qipchoq tiliga xos 
morfologik va sintaktik xususiyatlar arab tili grammatikasi asosida talqin 
etilgan. Unda nazarda tutilgan tilga xos morfologik va sintaktik xususiyatlar 
alohida-alohida mavzular bo’yicha o’rganilgan. Mavzularning nomi 
“Olmoshlar”, “Ishorat ismlari”, “Kichraytirish”, “Ismi foil”, “Joy nomi”, 
“Qurol ismi”, “Masdar”, “Ko’pliklar”, “Sonlar”, “Gap tarkibi”, “Ega va 
kesimlar”, “Hol” kabilardan iborat. Masalan, muallif “Sonlar bo’limi”da 
qipchoq tilidagi sonlarni to’rtta darajaga ajratadi: birlar (birdan o’nga qadar 


bo’lgan sonlar) – bir, ikki, uch, dort, besh, alti, yadi, segiz, tog`uz; o’nlar 
(o’ndan yuzga qadar bo’lgan sonlar) – on, yegirmi, ottuz, qïrq, elli, atmish, 
yetmish, sksan, toqsan [AZ,9]. 
Shundan so’ng muallif yuzdan mingga qadar bo’lgan sonlar haqida fikr 
yuritadi. Bunday sonlar sifatida ikki yүz, үch yүz kabilarni misol sifatida aytib 
o’tadi. Mingdan katta miqdorni bildiruvchi sonlar xususida ma’lumot 
bermagan. Tartib, jamlovchi va taqsim sonlar to’g`risida qisqacha izoh berib, 
taqsim sonlarning –ar//-är affiksi bilan yasalganlari bo’yicha misollarni keltirib 
o’tadi: ikishar (ikkitadan), beshar (beshtadan) [AZ,128]. Izoh sifatida aytish 
mumkinki, mazkur shakl taqsim son ifodalanishining qadimgi usuli bo’lib, 
o’zbek tilida uning qo’llanishi, asosan, XV asrgacha davom etgan
1

Asarning qimmatli tomoni shundaki, unda turli soha va yo’nalishlarga 
oid leksik birliklar keltirilgan. Ularni ayrim mavzu guruhlari bo’yicha quyida 
tasniflashga harakat qilamiz: 
1. Qon-qarindoshlik va yaqinlik tushunchasini anglatuvchi so’zlar: 
ata//ada//äbä//dada (ota), ana (ona), qardash (yor-birodar), qïzqardash (singil) 
[AZ,11]; qïz [AZ,23]; küyäv (kuyov), qaynana (qaynona) [AZ,44]; avrat 
(xotin) [AZ,13] va boshq. 
2. Hayvon va parranda nomlari – zoologik terminlar: arslan (arslon), 
ïtlaqaz (bir xil qush), tavshan//qïyan (quyon), zag`isg`an (zag`izg`on) [AZ,15]; 
tog`an (lochin), ükü (uki), ördäk (o’rdak), avug`az (bir xil qush), qutan (qush), 
qalak (burni uzun qush), qaraqaz (xonaki g`oz), talaqaz (yovvoyi g`oz) 
[AZ,25]; sig`ir (sigir), qatïr (xachir), qarsaq//shaqal (chiya bo’ri) [AZ,26]; 
täkä (echki), qoduq (xo’tik), tüvä (tuya) [AZ,31]; eshäk, yapag`li (toycha), bota 
(bo’taloq), shishäk (echki bolasi) [AZ,46]; oqarchïn (kaptar), shörshäk (qari 
tuya), keklik [AZ,47]; ayu (ayiq), tavuq, chumuq (chumchuq) [AZ,55] va h.k. 
1
Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1973. – Б. 87. 


3. Shaxsning xarakter-xususiyatini ifodalovchi so’zlar: kösä, tamaqsav 
(ochko’z), shashi (kunduz ko’rmovchi), käshäl (sochi to’kilgan odam), taz 
(kal), kör, soqur (bir ko’zli), shapaqli (ko’z yoshi tinmay oquvchi) [AZ,12]; 
sangrav (kar), qingïrayäk (qiyshiq og`izli), sholaq (cho’loq), bükri, aqsaq 
[AZ,13] va boshq. 
4. Rang ma’nosini bildiruvchi so’zlar: aq, qara, qïzïl, sarï, yashil, kök, 
ala [AZ,11]; yilmanik (moviy rang), qara yuruz (xira qora) [AZ,12] va h.k. 
Bulardan tashqari lug`atda yana quyidagi mavzuiy guruhlarga kiruvchi 
so’zlar keltirilgan: kishi yoshini, vaqt, zamon tushunchasini ifodalovchi so’zlar, 
fitonimlar, uy-ro’zg`or buyumlari nomi, oziq-ovqat va ichimlik anglatuvchi 
so’zlar, tabiat hodisalari va koinot jismlari nomlari, etnonimlar, narsa-buyum, 
miqdor, hajm, o’lchov nomlari, harakat-holat hamda mavhum tushunchalarni 
anglatuvchi so’zlar. 
So’zlikda –chi affiksi bilan yasalgan so’zlar ko’p uchraydi. Bundan 
anglash mumkinki, mazkur davrda ushbu affiksning so’z yasash imkoniyati 
keng bo’lgan. U otga qo’shilib, kasb-hunar, mansab ma’nosini ifodalovchi ot 
yasagan. Bunga doir ayrim misollarni keltirib o’tamiz: tamg`achï, kemächi, 
elchi (tez chopar, pochtachi) [AZ,8]. So’zlikda -chi affiksi fe’lga qo’shilib,
kasb-hunar, mansab ma’nosini ifodalovchi otlar yasalgan so’zlar ham uchraydi: 
avlavchi (ovchi) [AZ,22], toquvchi  (to’quvchi) [AZ,46]. 
Shuningdek, -lik affiksi bilan yasalgan so’zlar ham asarda ko’p miqdorda 
mavjud. Ma’lumki, Mahmud Koshg`ariy “Devonu lug`otit turk” asarida bu 
affiksning jarangsiz [q, k] undoshlari bilan kelgan variantlari ot yasash uchun, 
jarangli [g`, g] undoshlari bilan kelgan variantlari esa sifat yasash uchun xizmat 
qilishini aytib o’tgan [DLT,I,167]. Lug`atda mazkur affiks bilan yasalgan 
quyidagi kabi so’zlar izohlangan: iglig (xastalik), qalïnlïq (qalinlik), aydinlik 
(yorug`lik) [AZ,36]. 


 “Attuhfa” asarida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, diniy va ma’rifiy 
sohalarga doir ko’plab qipchoq tili so’zlari keltirilgan bo’lib, ular asosida turkiy 
xalqlarning tarixini atroflicha bilish, o’sha davrga xos turmush tarzi 
xususiyatlarini aniq anglash imkoniyati mavjud. Alohida ta’kidlash o’rinliki, 
so’zlik turkiy leksikografiya tarixida katta ahamiyatga ega bo’lib, uning rivojida 
muhim o’rin tutadi. Shunga ko’ra asar turkiy tillar tarixini, uning taraqqiyot 
bosqichlarini o’rganishda, leksikasida yuz bergan semantik va miqdor 
o’zgarishlarini belgilashda asosiy manbalardan biri bo’lib qoladi. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling