Yoqub Saidov


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/58
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1379313
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2

Savol va topshiriqlar:
1.Ahmad Yugnakiy va uning «Hibatul-haqoyiq» asari xususida so’zlab 
bering ? 
2.“Hibatul-haqoyiq” asarining ilmiy o’rganilishi xususida nimalar bilasiz? 
3.“Hibatul-haqoyiq” asarining til xususiyatlarini aytib bering? 
4.“Hibatul-haqoyiq” asarining lug`aviy-badiiy xususiyatlari nimalardan 
iborat? 
 
 


“ATTUHFA” ASARIDA SO’ZLARNING IZOHLANISH 
TAMOYILLARI
 
E‘ t i b o r q a r a t i l a d i g a n m a s a l a l a r: 
1. Arab dunyosida turkiy tilni o’rganishga bo’lgan ehtiyojning ijtimoiy-
siyosiy sabablari. 
2. “Attuhfatuz zakiyatu fillug`atit turkiya” asariga umumiy tavsif. 
3. “Attuhfa” asarining tuzilishi va unda so’zlarning izohlanish 
tamoyillari. 
4. Hozirgi o’zbek adabiy tilining “Attuhfa” lug`atidagi leksik birliklarga 
munosabati. 
5. “Attuhfa” asarining ilmiy-tarixiy ahamiyati. 
Turkiy tillar tarixini o’rganishda “Attuhfatuz zakiyatu fillug`atit turkiya” 
(“Turkiy tillar haqida noyob tuhfa”) asari muhim o’rin tutadi
1
. U qipchoq tiliga 
xos maxsus asar bo’lib, arab tilida yaratilgan lug`atdir. Arab dunyosida XIII-
XIV asrlarda ma’lum ijtimoiy-siyosiy sabablarga ko’ra turkiy tilni o’rganishga 
ehtiyoj yuqori darajadaligi tufayli mazkur asar yozilgan. Fanda uning qachon, 
qaerda, kim tomonidan yaratilganligi noma’lumligicha qolmoqda. Kitobda 
muallifning nomi qayd etilmagan. Muallif “bu asarni qipchoq tili asosida 
tuzdim” deganiga ko’ra asar XIII-XIV asrlarda Misrda qipchoqlarning saltanati 
davrida yozilgan deb taxmin qilinadi. Ayonki, 1250-1517-yillarda Misrda 
davlatni mamluklar boshqargan. Mamluk so’zi arabcha bo’lib, qul, xususan, oq 
qul ma’nosini ifodalaydi. Mamluklarning asosini nasl nasabi turkiy va Kavkaz 
xalqlaridan bo’lgan qul jangchilar tashkil etgan. Ularni yoshligidan o’g`irlab 
olib ketishgan va maxsus harbiy ilmga o’rgatishgan. Ular nihoyatda jasur 
bo’lgan. Ayrimlari oddiy mamlukdan sarkarda, podsho darajasigacha 
1
Аттуҳфатуз закийату филлуғатит туркия (Туркий тил (қипчоқ тили) ҳақида ноёб туҳфа). / Таржимон ва 
нашрга тайёрловчи Солиҳ Муталлибов.. –Т.: Фан, 1968. -280 б. 


ko’tarilgan. Mamluklarning ikki sulolasi – Bahriylar va Burjiylar Misr va 
Suriyani uzoq vaqt boshqargan. Bahriylar, asosan, turkiy qavmlardan bo’lib, 
1250-1390-yillarda hukmronlik qilgan bo’lsa, Burjiylar esa, asosan, 
kavkazliklardan iborat bo’lib, 1390-1517-yillarda hukmronlik qilgan. “Attuhfa” 
asari Bahriylar hukmronligi davrida yaratilgan deb faraz qilish mumkin
1

“Attuhfa” asarining nasx xati bilan yozilgan bitta qo’lyozmasi ma’lum. 
Qo’lyozma hozir Istanbulda Validuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda. 
Asarni o’zbek tiliga Solih Mutallibov tarjima etgan. 
“Attuhfa” asari, asosan, qipchoq tilining fonetik, morfologik va leksik 
xususiyatlariga bag`ishlangan. Bu to’g`rida muallif asarning kirish qismida 
quyidagilarni yozadi: “Men bu asarda qipchoq tiliga asoslandim. Chunki eng 
ko’p qo’llanadigan til qipchoq tilidir. Turkman tilini bu ishda bayon qilmadim. 
Faqat juda zarurat bo’lgandagina ko’rsatdim” [AZ,8]. 
Bundan anglashiladiki, oldingi davrlardagidek XIII-XIV asrlarda ham 
qipchoqlarning ijtimoiy mavqei yuqori bo’lgan. Ma’lumki, qipchoqlar turkiy 
tillar tarixida alohida o’ringa ega bo’lib, juda ko’p turkiy xalqlarning 
shakllanishi hamda taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan. Qipchoq tili turkiy 
tillar oilasiga mansub o’lik tildir. Qipchoqlar qadimda yirik qabilalar ittifoqini 
tashkil etishgan. Ular Dashti Qipchoq cho’llaridan Qora dengiz bo’yi 
cho’llarigacha bo’lgan ulkan hududda yashagan va musulmon manbalarida 
«qipchoq», «qifchoq», yevropa manbalarida «kuman», «koman», «kun», rus 
manbalarida esa «polovest» deb atalgan
2

“Attuhfa” asari tuzilishiga ko’ra uch qism — kirish, lug`at (arabcha-turkiy) 
va grammatik qoidalardan iborat. Kirish qismida kitobning yozilish sababi, 
unda turkiy tilning qay lahjasiga asoslanganligi bayon etilgan. So’ng turkiy 
1
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 12 жилдлик, 3 жилд. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси
2005. Б. 157. 
2
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 12 жилдлик, 3 жилд. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 
2005. –Б 149. 


alifbo va imlo qoidalari, turkiy yozuvning imlo xususiyatlari to’g`risida ayrim 
ma’lumotlar berilgan. Muallif qipchoq tilida qo’llaniladigan harflar miqdorini 
23 ta deb aytadi va unda keng qo’llaniladigan 18 ta harfni keltirib o’tadi: alif, 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling