Yoqub Saidov


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/58
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1379313
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
Bog'liq
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2

o’l tarzida qo’llanganini aytib o’tish mumkin. Ohangdoshlik hodisasi shoir 
asarlari tilida o’z ifodasini topgan: ko’ngul (ko’ngil), yuzung (yuzing), o’lum 
(o’lim) kabi. 
Aytilganidek, 
asar tilida qo’llangan ayrim so’zlar hozir ham o’zbek 
tilining shevalarida, chunonchi, Xorazm shevasida faol qo’llanilib kelmoqda. 
Bunga misol tarzida ulu (ulug`, katta yoshdagi odam) so’zini aytish mumkin. 
Misol: 
Kichilikda adab o’rganmagan er, 
Ulu bo’lsa, bil, andin xayr kelmas. 
Mazmuni: kichiklikda, ya’ni yoshlikda odob ilmini o’rganmagan kishi, 
bilgilki, yoshi katta bo’lib, qariganda ham u odobli bo’lmaydi, bunday kishining 
qo’lidan boshqalarga yaxshilik va ezguliklar qilish kelmaydi. Shoir aytmoqchi, 
odob-axloq ilmini yoshlikdan o’rganish kerak. Mazkur so’z Xiva va Urganch 
shevalarida hozirda ullï // ulli (ulug`, katta yoshdagi odam) tarzida qo’llaniladi. 
Asar tilida tatar tiliga xos ayrim so’zlar ham mavjud. Bunga misol sifatida 
ko’garchin (kabutar) so’zini aytish mumkin. Mazkur so’z o’g`uz shevalarida 


gävärjin, turkman tilida gövärjin, boshqird tilida kugärsin tarzida qo’llanilib, u 
yovvoyi kaptar ma’nosini bildiradi. 
Asar tilida -lik//-luk, -li qo’shimchalari asosida yasalgan so’zlar ko’p 
uchraydi: yamonlik (yomonlik), erlik (kishilik), kichilik (kichiklik, yoshlik), 
eyguluk (ezgulik), maslahatli kabi. Misol: Yamonlik qilgan erga, eyguluk qil. 
Mazkur qo’shimchalarning yangi so’z yasash imkoniyati keng, faollik darajasi 
esa yuqori bo’lgan. E’tiborli tomoni shundaki, so’zlarning tarkibida, xususan, 
oxirgi bo’g`inida lab unlisi bo’lgan so’zlarga -luk shakli qo’shilgan. Bundan 
shuni 
anglash 
mumkinki, 
shoir 
asarlari 
tilidagi 
eyguluk 
misolida
ohangdoshlikning lab uyg`unligi ko’rinishi ham mavjud bo’lgan. Izoh sifatida 
aytish mumkinki, bu qo’shimcha, ya’ni -luk vositasida mavhum ma’noni 
ifodalovchi ot yasalgan. 
«Gulistoni bit-turkiy» asari tilidagi o’zlashma qamtlam so’zlari, 
chunonchi, arabiy o’zlashma leksik birliklarning aksariyati hozirgi o’zbek 
adabiy tilida qo’llaniladi. Bunda so’zlar jumlasiga vatan, jabr, sodiq, rasm, lutf, 
faqir, shoir, bulbul, vasf, vazn, san’at, oshiq, umr, maslahat, vafo, davlat, 
mehnat, ilm, nasihat, xalq, odam kabilarni aytish mumkin. Ayrim izohtalab
eskirgan arabiy so’zlar ham bor. Masalan: munodiy (xabarchi, jarchi), tahammul 
(sabr, bardosh, chidam), aqrab (chayon), foniy (o’tkinchi, yo’q bo’luvchi), 
adam (yo’qlik), Mavlo (Xudo; sohib, sarvar), qavl (so’z, gap), ash’or (she’rning 
ko’pligi), munajjas (nopok, iflos), tafarruj (tomosha qilish, ko’ngil ochish), 
fazihat (yomonlik, rasvolik, sharmandalik), qaviy (kuchli, baquvvat), uqbo 
(oxirat, narigi dunyo) va boshqalar. Misol: 
Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash’or erur, 
Andin o’zga birla oshiqqa emak osh, or erur. 
Arab tiliga tegishli so’zlarning aksariyatini ma’rifat, din, ahloq-odob va 
adabiyotga oid so’zlar tashkil etadi. Ayniqsa, diniy tushunchalarni ifodalovchi 
leksik birliklar miqdori nisbatan ko’p.


Asar tilida eroniy (fors-tojik) tillardan o’zlashgan jahon, benishon, gunoh, 
dilshod, ozod, gadoy, gulshan, bog`, zog` (qarg`a), dilbar, chehra, gulzor, 
shakar, rost, donish (bilim, ma’rifat), rafiq (do’st, hamroh) kabi leksik birliklar 
ham qo’llangan. Misol: 
Su ichkanda dudog`ingdan su tomsa, 
Bitar qandu shakar ul yerda doyim... 
Ushbu baytda shakar so’zi forsiy o’zlashma bo’lib, u arabiy qand so’zi 
bilan sinonim tarzida qo’llangan. Alohida ta’kidlash o’rinliki, shoir asarlari 
tilida mavjud forsiy tilga tegishli o’zlashma so’zlar turli sohalarga oid bo’lib, 
ularning mazmun-mohiyatini hozir ham izohlarsiz tushunish mumkin. 
«Gulistoni bit-turkiy» asari tilida ko’p miqdorda bo’lmasa ham ayrim joy 
nomlari – toponimlar uchraydi. Ular quyidagilar: Qamishli, Xitoy, Chin, Hijoz 
(Makka va Madina shaharlari joylashgan hudud), Ka’ba va Shom (Suriya) 
kabilarni aytib o’tish mumkin. Keltirib o’tilgan joy nomlaridan ayrimlari, 
chunonchi, Chin, Shom kabilar hozir iste’molda emas. Asarda ma’lum 
miqdorda 
kishi ismlari – antroponimlar ham qo’llangan. Ularni quyidagi 
guruhlar bo’yicha tasnif etish mumkin:
1) payg`ambarlar nomi: Iso (Iso alayhissalom), Xalil (Ibrohim 
alayhissalom);
2) adabiyotda timsol bo’lgan shaxslar nomi: Qorun (xasislikda nom 
chiqargan shaxs, Sharq adabiyotida xasislik timsoli hisoblanadi); No’shiravon 
(Anushirvon, Eron shohi, Sharq adabiyotida adolat ramzi hisoblanadi);
3) badiiy asarlar qahramoni nomi: Rustam (“Shohnoma” asari
qahramoni), Majnun, Layli (“Layli va Majnun” dostoni qahramonlari);
4) hukmdor va shoirlar nomi: Faridun (Eronning peshdodiylar sulolasiga 
mansub oltinchi hukmdori); Hoja Ishoq (shoir Hoja Ishoq Xorazmiy).
Shoirning mazkur kishi ismlari – Iso, Qorun, No’shiravon, Rustam

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling