Yoqub Saidov


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/58
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1379313
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Bog'liq
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2

Savol va topshiriqlar: 
1. Sayfi Saroyi va uning «Gulistoni bit-turkiy» asari xususida so’zlab 
bering? 
2. «Gulistoni bit-turkiy» asarining qo’lyozmalari va ilmiy o’rganilishi 
bo’yicha nimalarni bilasiz? 
3. «Gulistoni bit-turkiy» asarining tuzilishi va til xususiyatlarini aytib 
bering? 


4. «Gulistoni bit-turkiy» asari qanday lug`aviy-badiiy xususiyatlarga ega? 
ESKI O’ZBEK ADABIY TILI MANBALARI VA ULARNING TIL 
XUSUSIYATLARI
 
E‘ t i b o r q a r a t i l a d i g a n m a s a l a l a r: 
1. O’zbeklarning alohida etnik birlik (elat) siftida shakllanishida tilning 
o’rni va ahamiyati. 
2. O’zbek etnonimining kelib chiqishi bo’yicha qarashlar. 
3. Eski o’zbek adabiy tiliga oid badiiy asarlar tilida lahjaviy 
xususiyatlarning ifodasi. 
4. Eski o’zbek adabiy tili davrida yaratilgan asarlar va ularning til 
xususiyatlari. 
 
XIV asrning ikkinchi yarmidan XIX asr oxirlarigacha mavjud bo’lgan 
yozma kitobiy til eski o’zbek adabiy tili nomi bilan yuritiladi. O’rta asr turkiy 
adabiy tillari tarixidagi eng katta va ahamiyatli davr eski o’zbek tili davridir. 
Ushbu til eski turkiy tilning adabiy-lisoniy an’analari ta’siri ostida shakllandi va 
o’zbek elatining umumxalq adabiy tili sifatida amalda bo’ldi.
O’zbeklar alohida etnik birlik (elat) siftida dastlab O’rta Osiyoning 
markaziy viloyatlari — Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy 
Turkistonning g`arbiy mintaqalarida shakllangan. O’zbek xalqining asosini 
hozirgi O’zbekiston hududida qadimdan o’troq yashab, sug`orma dehqonchilik, 
hunarmandchilik bilan shug`ullanib kelgan mahalliy sug`diylar, baxtariylar, 
xorazmiylar, farg`onaliklar, yarim chorvador qang`lilar, ko’chmanchi 
sakmassaget kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, 
Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo’ylaridan 


turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham o’zbeklar 
etnogenezida ishtirok etganligi tarixdan ma’lum
1

Ma’lumki, elatning shakllanishida til muhim ahamiyatga ega. O’zbeklar 
alohida etnik birlik (elat) bo’lib shakllangan davrda shu elat kishilariga xos 
umumiy til ham yuzaga kelgan. Agar o’zbek ajdodlarini alohida etnik birlik 
(elat) bo’lib shakllanish davrini IX-X asrlar deb tushunsak, uning elat tili ham 
shu asrlar ichida shakllangan bo’lishi mumkin.
2
O’zbek etnonimining kelib chiqishi bo’yicha fanda aniq to’xtamli fikrga 
kelingan emas. Ayrim mualliflar Dashti Qipchoqda ko’chib yurgan turk-
mo’g`ul qabilalarining bir qismi o’zlarini erkin tutganliklari sababli «o’zbek», 
ya’ni «o’z-o’ziga bek» deb atagan desalar, boshqalar «o’zbek» etnonimini Oltin 
O’rda xoni O’zbekxon nomi bilan bog`laydi, boshqa yana bir guruh olimlar esa 
o’zbek nomi Oq O’rda (Dashti Qipchoqning sharqiy qismi)da ko’chib yurgan 
turk-mo’g`ul qabilalariga taalluqli bo’lgan degan fikrni bildiradilar. 
Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat 
turkiy sulolalarga o’tishi munosabati bilan o’zbek xalqi etnogenezining yaquniy 
bosqichi boshlandi. G`arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida hozirgi o’zbeklarga 
xos turkiy etnos qaror topdi. Mazkur davrda o’zbek xalqiga xos elatni 
belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik o’zlikni 
anglash, etnosning uyushqoqligi ma’lum bir davlat doirasida bo’lishi, din 
umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllandi. Bu 
davrda o’zbeklarning umum elat tili qaror topdi. Movarounnahr va unga 
tutashgan mintaqalarda yashovchi turkiyzabon aholi: qarluq, chigil, yag`mo, 
tuxsi, xalach, arg`in, o’g`uz, qipchoq, uz, qang`li singari urug`lar o’zlarini bir 
xalq sifatida anglay boshlaganlar. XI-XII asrning birinchi yarmida o’zbeklar 
xalq sifatida shakllangan.
3
1
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. –Т.: ЎзМЭ‚ 2006. -12-том. –Б. 108. 
2
Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. –Т.: Шарқ, 2001. –Б. 71. 
3
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. –Т.: ЎзМЭ‚ 2006. –Б. 109. 


Amir Temur va temuriylar davrida yuz bergan yuksak iqtisodiy va 
madaniy taraqqiyot natijasida Movarounnahrda adabiy til takomillashdi. Ilmiy 
asarlarda ushbu davr tiliga nisbatan «turkiy», «chig`atoy tili», «O’rta Osiyo 
turkiy adabiy tili» terminlari qo’llaniladi. Nazarda tutilgan davr o’zbek adiblari 
o’z tillarini turkiy til deb nomlaganlar. Eski o’zbek adabiy tili qadimgi va eski 
turkiy tilning bevosita davomi va hozirgi o’zbek adabiy tilining asosi 
hisoblanadi. Hozirgi o’zbek adabiy tili mazkur til zaminida yuzaga keldi va 
taraqqiy etdi.
Eski o’zbek tilining muhim xususiyatlaridan biri shuki, bu davrda 
yaratilgan asarlar tilida arabcha, forscha so’z va iboralar ko’p miqdorda 
qo’llanildi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra kitobiy til bilan jonli til o’rtasida 
katta tafovut yuzaga keldi. Bulardan tashqari, lahja xususiyatlari ham hududlar 
bo’yicha keskin farq qilgan. Bunday xususiyatlar adabiy asarlarda o’z aksini 
topdi. Movarounnahrda yozilgan adabiy asarlar tili bilan Xorazmda yozilgan 
adabiy asarlar tili o’rtasida ma’lum lahjaviy farqlar sezilib turadi. 
Keyingi asrlar, ya’ni XV-XVI asrlarda yaratilgan, chunonchi, Alisher 
Navoiy va Bobur asarlarida qarluq, o’g`uz va qipchoq lahjalarining 
xususiyatlari aralash holda qo’llangan. Eski o’zbek tilining ilk shakllanish 
davrida yaratilgan badiiy asarlar tilida lahjaviy xususiyatlar yaqqol aks etgan 
bo’lsa, keyinchalik esa bunday lahjaviy xususiyatlar aralashib ketdi. Yagona va 
umumiy adabiy til shakllanish jarayoni boshlandi, tilning barqarorlashgan 
me’yorlari yuzaga keldi.
Alisher Navoiy, shubhasiz, eski o’zbek adabiy tilini eng yuqori 
pog`onaga ko’tardi. Uning badiiy-ilmiy asarlari asosida eski o’zbek adabiy tili 
mislsiz darajada taraqqiy etdi. Adib o’zining nazmiy va nasriy asarlari bilan bu 
tilni kamolotga etkazdi, uni davlat tili maqomi darajasiga olib chiqishga, uning 
ijtimoiy-siyosiy huquqlarini har tomonlama himoya qilishga harakat qildi.
Alisher Navoiydan keyin ijod etgan Boburning nasriy «Boburnoma» 
asarida eski o’zbek adabiy tili ancha soddalashtirildi, jonli so’zlashuv tiliga 


mumkin qadar yaqinlashtirildi. Bunday xususiyatni Alisher Navoiydan keyin 
ijod etgan deyarli barcha adiblarning nasriy asarlarida kuzatish mumkin. Nasriy 
asarlar tilini xalq jonli so’zlashuv tiliga yaqinlashtirish, u asosida yaratish 
tamoyili amalda bo’ldi. Nazmiy asarlarda esa eski o’zbek adabiy tili an’analari, 
xususan, Alisher Navoiy she’riy asarlari tili me’yorlari davom etdi.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib nasriy asarlargina emas, nazmiy 
asarlar tili ham jonli tilga yaqinlashdi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqalar 
shoirlarning asarlari ana shular jumlasidandir. Ayni shu davr, ya’ni XIX asr 
oxiri XX asr boshlari eski o’zbek adabiy tilidan hozirgi o’zbek adabiy tiliga 
o’tish bosqichi hisoblanadi.
1
E’tiborga sazovor yeri shundaki, o’rta asrlarda eski o’zbek tili (“chig`atoy 
turkiysi”) O’rta Osiyodagi barcha turkiy xalqlar uchun umumiy adabiy til 
sifatida xizmat qildi. Temuriylar davrida takomillashib, yuksak bosqichga 
erishgan eski o’zbek adabiy tilining an’analari O’rta Osiyo turkiy xalqlari 
orasida uzoq davom etdi. Turli o’lkalarda – kerak Qashqarda, kerak Hirot, Yazd 
yoki Samarqandda bo’lsin yashab ijod etgan adabiyot ahlining asarlari bir-biriga 
tushunarli tilda ekanligining boisi ham shunda. O’zbek tili tarixida ushbu 
an’analar XX asr boshlariga qadar saqlanib qoldi
2

Aytilganidek, eski o’zbek adabiy tili qadimgi va eski turkiy til davrida 
yaratilgan yozma yodgorliklar tili an’analari ta’sirida shakllandi. Bu til uzoq 
tarixiy davr mobaynida amalda bo’ldi. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Gadoyi, 
Yaqiniy (“O’q va Yoy munozarasi” nomli nasriy asari muallifi), Amiriy 
(“Dahnoma” va “Bang va Chog`ir arasinda munozar” asarlari muallifi), Alisher 
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug` allomalar o’zlarining 
o’lmas asarlari bilan eski o’zbek tilini yuksak bosqichga ko’tardilar, uning 
keyingi takomil yo’lini belgilab berdilar.
1
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. –Т.: ЎзМЭ‚ 2006. -5-том. -Б.219 
2
Содиқов Қ. Тарихий лексикография / Ўқув қўлланма. –Т.: Тошкент давлат Шарқшунослик институти, 
2012. –Б. 39. 


Ulardan keyin, ya’ni XVI asrda ijod etgan Muhammad Solih 
“Shayboniynoma” nomli katta hajmli she’riy badiiy-tarixiy asari, Majlisiy 
“Qissai Sayfulmuluk” nomli dostoni, Hoja “Miftahul-adl” (Adolat kaliti), 
“Gulzor” nomli ahloqiy-ta’limiy prozaik asarlari, XVII-XIX asrlarda ijod etgan 
Turdi va Mashrab g`azallari, Abulg`ozi Bahodirxon “Shajarai tarokima” va 
“Shajarai turk” kabi tarixiy asarlari, Munis “Munisul-ushshaq” atalmish devoni, 
Ogahiy “Tavizul-oshiqin” nomli devoni va “Firdavsul-iqbol” nomli tarixiy 
asari, Gulxaniy “Zarbulmasal” asari bilan eski o’zbek adabiy tili taraqqiyotiga 
munosib hissa qo’shdilar. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling